Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta



Download 13,99 Mb.
bet40/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Rangtasvir. Agar grafika san’ati davr mafkurasi bilan bog‘liq xolda rivoj topib uning g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lsa, rangtasvir san’atida bu masala birmunCha sust borib deyarli siyosatdan dastlabki yillarda uzoq bo‘ldi. Rassomlar san’atning bu turida o‘z shahsiy keChinmalarini tasvirladilar, o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda rasmlarnin ko‘proq ishladilar, Me’moriy obidalar, sharq ko‘Chalari va bozorlari, u yerdagi qizg‘in hayot shu san’atda ijod qilgan rassomlarning asarlarining mazmunini tashkil etdi. Bu yillarda rangtasvirda dastgoh san’at yetakChi o‘rinni egallab ijodiy izlanishlar aynan san’atning shu turida o‘z ifodasini topdi. SHu yillarda birinChi mahalliy rassomlar o‘zlarini ko‘rsata boshladilar.

O‘zbekistonda tavallud topib badiiy hayotga kirib kelgan rassomlar safi yanada ortib bordi. Turkiston o‘lka badiiy bilim yurti talabalari shu yillarda o‘z ijodlarini boshladilar. 20 yillarda Toshkent- non shahri sifatida ittifoqda dong taratgan O‘zbekiston poytaxti va uning shaharlariga Chekka o‘lkalardan ko‘plab rassomlar kirib keldi va badiiy hayotda ular ham faol ishtirok etib shu davr badiiy hayotini jonlantirib 20 asr o‘zbek san’atida o‘z izlarini qoldirdilar.

SHu davrda tashkil topa boshlagan turli rassomlik to‘garak va studiyalarga kelgan yoshlar moybo‘yoq, akvarel, guash va rangli qalamda rangtasvir alifbosini o‘rganib o‘zlarining dastlabki mashqlarini bajardilar, aksinCha Chekkadan kelgan rassomlar yangi davr talablaridan kelib Chiqib o‘z qarash va yo‘nalishlarini o‘zgartirib bordilar. O‘rganilayotgan davr rangtasvir san’ati o‘zining uslubiy rang barangligi bilan ajralib turadi.

Bu yillarda rangtasvirda nafaqat plastik masalalar, balki g‘oyaviy uslubiy masalalar ham munozarada bo‘ldilar. Voqelikni o‘ziga o‘xshatish, klassik shakllardan tortib yangi davr mazmuni uChun mutloq yangi shakl va vositalar topish masalalari muhim masalalardan biriga aylandi. Bu yillarda jahon xalqlari san’ati g‘oyaviy-plastik san’ati rivoji, XIX asr so‘nggi XX asr boshlarida rus san’atidagi g‘oyaviy-plastik masalalar borasida izlanishlar ham ko‘pgina san’atkorlarining qiziqishiga sabab bo‘lgan. Abstrakt san’at,uning ko‘rinishlari ham O‘zbekistonda o‘zining davomChilarini topdi. Suprematizm, kubofuturizm, primitivizm kabi yangi san’at uslublarida asarlar paydo bo‘ldi. Bu yillarda XIX asr so‘ngida yuzaga kelgan yangi san’at uslublari o‘zining mantiqiy rivojini oldi, jumladan impressionizm, postimpressionizm yutuqlari o‘zbekistonlik rassomlar ijodida o‘zining yangi qirralarini namoyon etdi.

Bu yillarda avangardga nisbatan realizm birmunCha mustahkam o‘rinni egallab boy yo‘nalish va tiplari kengilgi bilan harakterlanadi. Bu yunalish tarafdorlari borliqni o‘z shakllarida ishlashga qarshi Chiqmaganlari xolda, real shakllarning o‘zida ramziy ma’no topishga, obrazlarni timsol darajasiga ko‘tarishga harakat qildilar. Milliy san’at, sharq san’ati plastikasi 20 yillarida ko‘p rassomlar izlanishi maydoniga aylandi.

20 asrning birinChi Choragida o‘zbek san’atida impressionizmining ta`siri sezilarli o‘rinni egallagan. SHu yillarda ko‘pgina rassomlar impreseionizm ta`sirida asarlar yaratdilar. Bu xususiyat ularning kompozitsiya tanlash, rang surtmalarini ishlatish va taasurotni ifodalashda ko‘rinadi.

O‘qish yillari K.Korovin Tatevosyan ijodi...........................

..... Tatevosyan 1915 yilda Samarqanda ishlangan rasmlari bilan Moskva rassomlik , haykaltaroshlik va me’morlik badiiy yurtini himoya qildi. O‘qishni tugat-gaCh, yana Samarqandga qaytib o‘z ijodini davom ettirdi. Uning ijodi bilan impreesionizm uslubi O‘zbekiston san’atida o‘z qurilishini aniqrogi impressionizmning "o‘zbekCha ko‘rinishi yuzaga keldi. Impresionizm ta`siri va mahalliy mavzu - O‘rta Osiyo kishilari hayoti ,obidalari, serquyosh tabiati, nur va soya kengligi uniig asarlariga o‘ziga xoslik baxi etadi. ("CHoyxona" Peshin". (1915) "Samarqand". «Bozor ko‘rinishi» (1917) Fevral burjua inqilobi va ayniqsa oktyabr` to‘ntarishi Tatevosyan ijodida keskin burulish yasadi. U ham g‘oyaviy ham plastik masalalarda yangi qarashga o‘tdi. U ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatib sho‘ro hukmati g‘oyalarini tag‘rib etishda jonbozlik ko‘rsatdi. Ko‘Cha va maydonlarda targ‘ibot ishlari olib borib portretlar, shior, Chaqiriqlar ishladi. Impressionistik uslubdan deyarli voz keChib ko‘proq dekorativ yassi shakllarda, primitiv rassomlik va sharq miniatyura uslublari xalq amaliy san’atiga yaqin kompozitsiyalar yaratdi. Aylana, yarim aylana va yoysimon shakllar iChida kompozitsiya ishladi. Rang tanlash va ishlashda ham faktura harakterida ham rassom ijodi o‘zgardi. OChiq, ko‘p holdarda toza ranglar surat tekisligida suyultiridgan sillik, fakturada ishlatila boshlandi. Rassom har bir obrazni esa Chiziq plastikasini tugal va egiluvChan bo‘lishiga harakat qildi. SHu davrda ishlangan "Tut terish" (1918) va boshqa ishlarida rassom ijodining mana shu tomonlari namoyon bo‘ladi.

"Komunna o‘kuvChilari" asarida turli millat vakillaridan tashkil topgan o‘quvChilar guruhini dalada mehnat qilayotganliklari tasvirlanadi. Bu asari bilan rassom o‘zbek san’atida yangi davr hayotini aks ettaruvChi kartina muallifi sifatida tanildi.

A.Isupov hajm jihatidan katta bo‘lmagan lekin kolorit jihatidai go‘zal asarlar, shuningdek renesans va sharq plastikasi uyg‘unligida mahalliy mavzularda o‘ziga xos asarlar muallifi siftida o‘z nomini qoldirdi.Isupov 1915-18 yillarda Samarqandda harbiy hizmatda bo‘lib yurgan kezlarida O‘rta Osiy san’ati va madaniyatiga qiziqib qoldi, uni iChidan turib o‘rgandi, feodal shahar hayoti, odamlarning turmush tarzi, me’moriy yodgorliklariga qiziqib qaradi. 1918 yili harbiy xizmatdan bo‘shaganidan keyin shu yerda qolib Turkiston o‘lkasiga bag‘ishlangan turkum asarlar yaratishga kirishdi. Uning kiChik hajmdagi janr asarlari ko‘p xollarda borliqning o‘zidan ishlangan bo‘lib, rassomning hayotdan olgan taasurotlari rangtasvirning plastik imkoniyatlari orqali oChiladi. Ishlayotgan ob’ektining eng muhim belgilariga urg‘u beradi, issiq- sovuq ranglar kontrasti pishiq yeChilgan kopozitsiya va qalamsuratning o‘tkir va yuksak mohirona ishlatilishi uning harbir ishiga qaytarilmas joziba baxsh etadi. Uning "TemirChi qoshida" (1923), "Qimmatbaho sovg‘alar rastasi" (1923) kabi asarlarida xalqning o‘ziga xos hayoti, shahar turmush tarzi erkin rang surtmalarida jonli talqin etiladi. Rassom sharq an’analari,Evropa san’ati Renesansi an’analarini ham o‘zlashtirdi , ular uyg‘unligida asarla,to‘zal mustaqil kompozitsiyalar yaratishga ham harakat qilganligi uning shu yillarda yaratgan «SHarq madonnasi», «Onalik» va boshqa shu usulda ishlagan asarlarida ham namoyon bo‘ladi. Rasm.




Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish