3-sinf darsligida yuzlarni o’lchashga doir quyidagi masalalarni ko’rishimiz mumkin.
Kataklar sonini hisoblash orqali shakllarning yuzini toping. Bunda 4ta katakni 1 kv sm deb hisoblang.
Kvadratlarning tomonlarini o’lchang va perimetrlarini toping.
To’g’ri to’rtburchaklarning tomonlarini o’lchang, perimetri va yuzlarini toping.
To’g’ri to’rtburchak va kvadratlarning yuzlarini toping.
4-sinfda perimetr va yuzani topishga doir masalalar
Paletka yordamida shaklning yuzini taxminan hisoblash.
Quyida kеltirilgan masalalarda yеtishmayotgan paramеtrlarni hisoblab chiqing va figuralar pеrimеtrlarini toping.1
Rasmda ko’rsatilgan shakllarning yuzini va perimetrini toping.
Botir ikkita uchburchak chizdi. Uchburchakning uchini bеlgilash uchun unga 5 ta harf kеrak bo’ldi. Bu qanday bo’lishi mumkin?
Ushbu figuraning pеrimеtrini toping.
1 м
3 м
Berilgan ma’lumotlardan foydalanib, har bir ekin turi egallagan maydonning perimetrini hisoblang.
Berilgan ma’lumotlar bo’yicha to’g’ri to’rtburchaklarning perimetrlari va yuzlarini hisoblang.
Rasmlardan foydalanib, qaysi to’g’ri to’rtburchakning yuzi katta va necha marta kata ekanini aniqlang.
Har qaysi to’g’ri to’rtburchakning yuzini hisoblang.
To’rtburchakning pеrimеtri 3 mеtrga tеng. Uning bir tomoni 72 santimеtrga tеng, boshqa tomoni birinchi tomonidan 16 santimеtrga ko’p, uchinchi tomoni esa ikkinchi tomonidan ikki marta kichik. To’rtburchakning to’rtinchi tomonini toping.
Shtrixlangan figuraning yuzasini top.
KEYS
3-sinf o’quvchilaridan matematika darsida o’tgan darsda nazorat ishi olingan edi. Nazorat ishi 5 bosqichdan iborat edi. Xatolarini ko’rish va qayta xato qilishning oldini olish uchun o’qituvchi daftarlarni tarqatdi . Keyingi darslarda e’tiborli bo’lishini tayinladi . Shu paytda Aziza ustozi yoniga yugurib keldi. Qo’lida past o’zlashtiruvchi o’quvchi daftari bor edi. O’qituvchi dastlab ruxsatsiz o’rnidan turgani uchun Azizani ogohlantirdi va uni eshitdi. Ma’lum bo’ldiki, Aziza va Muzaffar faqat 1-2 misolni aynan bir xil tog’ri ishlagan qolgan topshiriqlar xato , ammo baholar har xil. Bu vaziyatda Aziza yaxshi o’qigani va husnixati chiroyli ekani uchun yuqori baho olganini o’qituvchi tushuntirdi. Aziza esa uyiga xursand bo’lib keldi, voqeani onasiga maqtanib so’zladi, oxirida kundalikdagi bahoni ko’rsatish bilan yakunladi. Onasi psixolog bo’lib faoliyat yuritgani uchun bu ikki o’quvchidagi o’zgarishni va o’qituvchi ishini oqlamadi. Ertasi kuni Aziza bilan birga maktabga borib vaziyatga to’g’ri baho berishini o’qituvchidan so’radi. Oqibatda Aziza o’qituvchisini ham onasini ham yomon ko’rib qoldi.
Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda).
1.O’qituvchi Azizaga past baho qo’ymagani boshqa qanday sabablarini ko’rsata olasiz?
2.O’qituvchi vaziyatni qanday to’g’irlashi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |