O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI
TABIIY VA ANIQ FANLAR FAKULTETI
“5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI”
TA’LIM YO’NALISHI
K U R S I SH I
Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika ta’limining innavotsion axborot muhiti
BAJARDI: MO’M 302- guruh talabasi Esanov Sirojiddin
ILMIY RAXBAR: Matematika va informatika fanlarini o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Turdiyev X
Termiz 2021
Mundarija
Kirish
I bob:Matematika fanini o`qitishda noan’anaviy ta’lim yondashuvlari.
1.1Rivojlantiruvchi, muammoli va shaxsga yo`naltirilgan ta’lim. Ularning maqsad va vazifalari, afzallik va kamchiliklari
1.2 Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari
II bob:Umumiy o`rta ta’limi muassasalarida matematika fanini o`qitishning asosiy vazifalari
1.1 Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
1.2 Fanga oid electron o’quv adabiyotlari
KIRISH
Mamlakatimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda, ularni kasbga yo`naltirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati salmoqlidir. SHuning uchun umumta’lim fanlari mazmuni milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga va boy o`tmish merosimizga asoslangan bo`lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog`i lozim. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida matematika fanining mazmuni va uni o`qitishning umumiy maqsad va vazifalari O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga mos davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o`zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo`lishi - yoshlarimizdan fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi. Bu esa mamlakatimiz ta’lim tizimiga matematikani o`qitishning xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti umumta’lim maktablarida matematika fanini o`qitishga yangicha yondashuvni, o`quvchilarning bu fanidan o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalarining mazmuni va darajasiga yuqori talablarni qo`ymoqda. Bugungi kunga kelib, o`quv axborotlari hajmining haddan tashqari ko`payib ketganligi o`quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularni “o`qish va o`rganishga o`rgatish”ni talab qilayapti. Jadallik bilan o`zgarib va rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko`rsatish va yashash o`quvchilardan nafaqat shunchaki tayyor bilimlarni o`zlashtirishni, balki turfa ko`rinishdagi ma’lumotlarni mustaqil izlab topish va qayta ishlashni hamda ulardan turli hayotiy vaziyatlarda samarali foydalanishni taqozo etmoqda.
Shuningdek, oxirgi paytlarda maktabda matematika fani bo`yicha o`quvchilar o`zlashtirishi nisbatan past bo`lib kelmoqda. Bu qaysidir ma’noda matematika fani mazmunining birmuncha nazariy, ilmiy, mantiqiy va aksiomatik tuzilishga ega ekanligi, matematika fani mazmunining hayotiy masalalarga kamroq bog`langan holda o`qitilishi hamda matematika fanini o`qitish metodikasining takomillashmagani bilan ham izohlash mumkin. Shulardan kelib chiqib, matematika fanini o`qitishga ham zamonaviy talablar qo`yilmoqda va uni kompetentsiyaviy yondashuv asosida qayta ko`rib chiqishni taqozo etmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi
187-sonli “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori “Ta’lim to`g`risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o`qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o`quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari 2017-2018 o`quv-yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etildi.
Ular asosida umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida o`quv dasturlari yangidan ishlab chiqildi, belgilangan tartibda tasdiqlandi hamda umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazildi. Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari va o`quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tegishli mutaxassislar uchun 2017-2018 o`quv-yilidan boshlab maqsadli o`quv kurslari tashkil etildi hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari dasturlari va o`quv modullarining qayta ko`rib chiqilishi ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |