№
|
Unli fonemalar
|
Undosh fonemalar
|
1.
|
Unli fonemalar hosil bo`lishida o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida hеch qanday to`siqqa uchramasdan o`tadi.
|
Undosh fonemalarni hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida turli to`siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo`ladi.
|
2.
|
Unlilarni cho`zib talaffuz qilish mumkin.
|
Undoshlarni cho`zib talaffuz qilib bo`lmaydi
|
3.
|
Unlilar talaffuzida un paychalari albatta titraydi.
|
Undoshlar talaffuzida un paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.
|
4.
|
Unlilar bo`g in hosil qilib biladi: a-ka, o-i-la, mu-do-fa-a.
|
Undoshlar bo`g`in hosil qilib bilmaydi, ular bo`g`in tarkibida kelishi mumkin.
|