3. Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to`g`ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: CHoyxona mudiri YUsufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o`xshaydi. Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligi o`rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deb ataladi.
4. Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to`g`ri qo`llamaslik natijasida ham xatoliklar kelib chiqadi: CHanoqlardagi lo`ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so`zi o`rnida tovlanadi so`zi ishlatilishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |