31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; dо`st, artist, g`isht kabi sо`zlarda d, t tovushi ba'zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi о`zlashma sо`zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday sо`zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qо`shilsa, sо`z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi.
32. ’ – tutuq belgisi:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim, ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi о`zlashma sо`zlarda unlidan keyin shu unli tovushning chо`ziqroq aytilishini ifodalash uchun qо`yiladi; mо`jiza, mо`tadil, mо`tabar kabi sо`zlarda о` unlisi chо`ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qо`yilmaydi;
2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi о`zlashma sо`zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qо`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |