2. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va
ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida
gapirar ekan, ta’kidlab о‘tadiki: “Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq
haqida fikr yuritish masalani о‘ta tor tushunish bо‘lur edi, ya’ni, bu о‘rinda sо‘z
faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy
fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash
xususidagina borayotgani yо‘q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‘lgan
ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari
hayotiga daxldor masala sifatida о‘rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga
muvofiqdir”. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun
paydo bо‘lgani yо‘q. Prezident I.A.Karimovning о‘zi ham eslab о‘tganidek,
bizning ulug‘ ajdodlarimiz barchasi “о‘z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi
xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‘st-birodar
bо‘lib yashashga” da’vat etib kelganlar.
XX asrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus
olgan davr bо‘ldi. XX asr sо‘ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy
muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan
о‘zgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda
jо‘g‘rofiy-siyosiy ahamiyati va kо‘lami jihatidan noyob о‘zgarishlar rо‘y
bermoqda. Bu о‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar о‘rtasidagi о‘zaro
munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur
о‘ylab kо‘rishni, balki kо‘p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq
urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bо‘lgan kо‘p qoidalar, tamoyillar va
g‘oyalarni tubdan qayta kо‘rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va
bir-biriga bog‘liq tizim bо‘lib bormoqda, unda о‘zi - о‘zidan qanoatlanishga va
mahdudlikka о‘rin yо‘q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda,
xalqaro tuzilmalar bilan о‘zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda
mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qо‘ymoqda»
1
.
Insoniyat tarixi – XXI asrga qadam qо‘ydi. Mantiqan insoniyat о‘tmishdan
tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan
bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bо‘lishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak edi.
Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchiligi, ommaviy kasalliklar, diniy
aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bо‘lib о‘tdi. Xavf-
xatarlarga jiddiy razm soladigan bо‘lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni
qaram qilish siyosati yangi asrda yо‘qolmaganini, balki о‘zining shaklu
shamoyilini о‘zgartirganini tushunib yetamiz
2
. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy
davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid
soladigan, uni о‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning
boyliklaridan о‘z manfaati yо‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar
doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar»
1
.
Aslida, suverenitet davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki
siyosatni olib borishdagi tо‘la mustaqillikni anglatadi. Aynan suverenitet muayyan
davlat mustaqilligining birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa suverenitetning
1
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yо‘lida. T.: 6. - T.: «О‘zbekiston», 1998, 240-
241 - betlar.
2
AbbosxO‘jayev, Umarova N., QO‘chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. – Toshkent,
«Akademiya», 2007. 14-15-betlar.
1
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent, «O‘zbekiston», 2000, 3-bet.
qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bо‘la olmasligini anglatadi. Chunki
suverenitet davlatning boshqa davlatlarga tobe bо‘lmay, qaram bо‘lmay
yashashini, о‘zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga
bо‘ysunmay, mustaqil hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat
suverenitetining о‘rnatilishi mamlakatlar о‘rtasida tenglik qaror topishini shartlab
qо‘yadi hamda mutelik, о‘zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha
ta’zim-tavozega yо‘l qо‘ymaydi. Davlat suvereniteti mustamlakachilikning har
qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zо‘ravonliklarni
inkor etadi
2
.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e’tirof
etilganidek, «О‘zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish,
kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli
niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zо‘ravonlik о‘tkazish siyosatini mutlaqo qabul
qilmaymiz»
2
.
Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm,
«demokratiyani olg‘a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g‘arbona turmush
tarzini tiqishtirish, ma’naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik
tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf
tug‘dirmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yо‘llarini
izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne’mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy
boyliklarga tо‘la, xalqi soddadil va mehnatkash О‘zbekistonni о‘z ta’sir doirasiga
olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham
mustaqillikni asrab-avaylash, himya qili shva mustahkamlash О‘zbekistonda davlat
siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Davlatlar suverenitetini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni
tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana kо‘plab kulfatlar
solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan
2
AbbosxO‘jayev, Umarova N., QO‘chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. – Toshkent,
«Akademiya», 2007. 16-bet.
2
Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat.//Xalq
sO‘zi, 2005 yil 8 dekabr.
bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g‘oyalarni
fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.
Hozirgi voqelikda milliy istiqlol g‘oyasi va yot mafkuralar orasidagi
munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush
shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik
uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini
egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy
infiltratsiya, dezoriyentatsiya, mafkuraviy qо‘poruvchilik harakatlarini qо‘llash
orqali xalqimizda О‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg‘otishga,
davlat siyosatini obrо‘sizlantirishga, odamlarning о‘zini Vatan, millat himoyasidan
chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar.
Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident Islom Karimov «Insoniyat tarixida
diniy ongning ajralmas qismi bо‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor
kuch sifatida emas, balki, buzg‘unchi kuch, hatto, fanatizm (о‘ta ketgan
mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini kо‘rsatuvchi misollar kо‘p. Aynan
fanatizm illatiga yо‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik
tо‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bо‘ladilar»
1
, - deya alohida ta’kidlaydi.
Shuningdek, О‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi о‘rnini hisobga olib, ular
diniy oqimlar О‘zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Markaziy Osiyoga
yoyilishiga umid qiladilar. Chunki diniy allomalari ayni Movarounnahrdan
chiqqanligi bu о‘lka xalqi milliy xarakteri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli
hissasini qо‘shganligini biladilar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning
mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati
tamoyillarini qoralab, davlat va xalq о‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid
qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini
susaytirish, yengish va о‘zlarining soxta g‘oyalarini singdirishni birinchi vazifa
qilib oldilar.
1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bO‘sag‘asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‘zbekiston, 1997. 326 b. 37-b.
Yoshlarni g‘oyaviy ta’sir kо‘rsatish yо‘li bilan о‘z saflariga tortish masalasi
vahhobiylar harakatida hamma vaqt ham asosiy о‘rin olib keldi. Ularning
qarashlariga kо‘ra, yoshlarning bir marta о‘qigan namozi keksalarning yetmish
marta о‘qigan namozidan foydaliroqdir. Islom esa о‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy
hayotning ma’naviy asosi bо‘lganligi sababli, yoshlar turli ijtimoiy-siyosiy
g‘oyalar va da’vatlarning, fan va texnika taraqqiyotining ta’siriga berilishi mumkin
emas.
XXI asrda ham g‘oyaviy tortishuvlar tо‘xtamayapti. Shu bois xalqimizning
ertangi mafkuraviy birligini ta’minlash g‘oyaviy tarbiyaning izchil, doimiy asosga
qо‘yilishini taqozo etdi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozim:
1.
Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi uchun о‘zida
ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, tо‘kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy
birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bо‘lishi kerak.
2.
Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim
qismining g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi.
3.
Qarshi targ‘ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning
tezkorligida bо‘lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh
xususiyatlarini, oliy о‘quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin
bо‘lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish kо‘zda tutiladi.
4.
Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bо‘layotgan voqealarni
mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.
II-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA
TAXDIDLAR
VA
UNGA
QARSHI
KURASHDA
MAFKURAVIY
IMMUNITET.
1. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish zaruriyati.
Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar mavjud.
Ularni bartaraf qilish muammosi Prezidentimiz Islom Karimovning diqqat-
e’tiborida bо‘lib kelmoqda. Yurtboshimizning konsepsiyasiga kо‘ra, ma’naviy
tahdidlarni fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat
bilan bartaraf qilish mumkin. Bular muhim qarash bо‘lib, hozirgi ma’naviy-
mafkuraviy faoliyatimizda metodologiya vazifasini о‘tamoqda. Xо‘sh, fikrga
qarshi fikr bilan qanday kurash olib bormoq kerak, degan savol tug‘iladi.
Avvalo, har bir kishida mustaqil fikrlash imkon qadar kengroq
dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va ma’lumot
darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega. «Ma’lumki, har qanday kasallikning
oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi.
Biz fazandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning
muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bо‘lsa, avvalo
ularning qalbi va ongida ma’fkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki,
yoshlarimiz milliy о‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon
bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‘lib yetishsin. Ana shunda johil
aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz
uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham, ularga о‘z ta’sirini о‘tkaza olmaydi»
9
.
Insonda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur, bu birinchidan .
Mafkuraviy immunitet shaxs ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyalar
ta’siridan himoya qilishga hizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va
9
Irgashev I. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.2005. 165-b
qadriyatlar tizimidir
10
. Demak, insonda birinchidan, mafkuraviy immunitetni
shakllantirib borish lozim. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun о‘ziga xos
xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda
mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin.
“Avesto”da: “Bilim – kо‘zning chirog‘i” deb uqtirilgan. Buning ma’nosi
shuki, faqat bilim vositasida inson mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bо‘lishi
mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam bir yoqlama
g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “Fikrga qarshi faqat fikr tamoyilining
mazmunidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «har bir inson hayotida g‘oyat muhim
ahamiyatga ega bо‘lgan ana shunday fikrlarni unib-о‘sib kelayotgan yoshlarning
ongiga singdirish ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota-
ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatida, shu muqaddas yurt fuqarosi
sifatidagi muqaddas burchimizdir»
11
.
Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga
oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar
majmui bо‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi
12
. Mafkuraviy
profilaktika g‘oyaviy bо‘shliqni bartaraf etish biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot
va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda
g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usuli va yо‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar
qо‘llaniladi.
Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida
gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda
uning rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatgan, eski zamonlardan qolib ketayotgan
noma’qul odatlar haqida ham ochiq sо‘z yuritishimiz zarur.
Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch о‘z
manfaatini ifodalovchi mafkurasini qо‘rqituv, zо‘rlik yо‘li bilan boshqalarga
10
Quronov M. Ma’naviyat va yangilanayotgan jamiyat. Mafkuraviy tahdid va yoshlar tarbiyasi.
– T., “Akademiya”, 2008, 11-bet.
11
Karimov I. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 94-b
12
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati. –T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2009. 296-b
tiqishtirish
13
. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, dunyoning ayrim
hududlarida ana shunday harakatlar natijasida ma’naviy yо‘qotishlar yuz
berayotgani, millatning asosiy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan
chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti ongli yashash tarzi jiddiy xavf
ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Mamlakatda insonparvar, demokratik
jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy
ekstremizm, diniy fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va
jinoyatchilik, mahalliychilik va urg‘u-aymoqchilik, ekologik muammolar,
“ommaviy madaniyat” tajovuzi va hokazolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon
bо‘layotir. Ayniqsa о‘rta asr xalifaligini qayta о‘rnatish g‘oyasi hamda xalqaro
terrorchilik
va
diniy
ekstremizm
markazlari
orqali
moddiy-g‘oyaviy
ta’minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi tinchlik va
barqarorlik uchun katta xavf bо‘lib turibdi.
О‘ziga xos ma’naviy tahdidlardan yana biri «ommaviy madaniyat» hodisasi
hisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» – bir guruh shaxslar tomonidan о‘ylab
topilgan va ongli ravishda targ‘ib qilinadigan, biror millat madaniyatiga daxli
bо‘lmagan g‘oyalar, odamlar va udumlar yig‘indisidan iboratdir. Prezident Islom
Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida haqiqat va xolislikdan
yiroq bо‘lgan, faqat g‘arazli siyosiy manfaatlarni kо‘zlaydigan bunday qarashlar
hech kimga naf keltirmasligi va hech kimning obrо‘siga obrо‘ qо‘shmasligini
ta’kidlab о‘tar ekan, bu haqda shunday degan edi: “Kommunistik mafkura va
uning axloq normalaridan voz kechilganidan sо‘ng jamiyatda paydo bо‘lgan
g‘oyaviy bо‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan,
ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini о‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat”
yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Yot g‘oyaga qarshi biz о‘z olijanob g‘oyamizda maktablarimizda, akademik
litseylar, kasb-hunar kollejlarida, oliy о‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha
qatlamlarida bizga mutlaqo begona bо‘lgan zararli intilishlarga, xuruj va
13
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati. –T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2009. 297-b
harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri
odamlar erkin fikrlarini aytishga о‘rganishlari kerak. Biror shaxs insonda ezgulikka
nisbatan yovuzlikning ustuvor bо‘lishini isbotlab bergan emas. Aksincha,
insonning beg‘ubor bolalik davri uning ongida ezgulik tuyg‘usini shakllantiradi.
Shu ma’noda inson ongi yovuz va johil g‘oyalardan himoya qilinishi kerak.
Himoya tizimida bu ish milliy g‘oya asosida inson ongida ezgulik, adolat, haqiqat
va mas’uliyat g‘oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik, jaholat, nodonlik va
befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy g‘oyaga ega inson yovuz
g‘oyalarni farqlay oladi, bu “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya”tamoyilining
mazmunidir. Zero, milliy mafkuramizning maqsad va vazifalari quydagilar bilan
belgilangan:
1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish.
2. Shu g‘oya atrofida uyushtirish.
3. G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish.
4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish.
5. G‘oyaviy tarbiyalash.
6. G‘oyaviy immunitetni shakllantirish.
7. Harakat dasturlari bilan bog‘liq.
G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashga intilish hissi inson qalbida e’tiqod, odam qalbidagi dunyoqarash о‘z-
о‘zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa
bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda
g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.Chunki eng kuchli qirg‘in qurollari ishlab
chiqilgach, sayyoramizni bir necha marta yо‘q qilib yuborishga qodir bо‘lgan
yadroviy bombalar zaxirasi tо‘planib qolgan paytda zо‘ravonlik va jaholatga yо‘l
qо‘yib bо‘lmaydi. Shu boisdan ham mafkuraviy immunitetni shakllantirish
hususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurasha olish kо‘nikmalaridir. Har qanday kasallikning oldini olish
uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham
farzandlarimiz qalbida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning
muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bо‘lsa,
ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur.
Ma’rifat vositasida kurashish deb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur
anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi. Prezidentimiz
Islom Karimov ma’naviy tahdidlarni asosli fikr, g‘oya va ma’rifat bilan bartaraf
etish masalasini ilgari surdi. Bu muhim va ahamiyatli konsepsiyadir. Chunki fikr,
g‘oya va ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi. Shu sababli
Prezidentimiz ma’naviy qadriyatlar masalasiga alohida diqqat qaratadi. Unga kо‘ra,
ma’naviy qadriyatlarga tayanib milliy о‘zlikni saqlab qolish mumkin. Negaki,
biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy
qoidalarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, о‘z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi.
Ma’naviyat
nafaqat
xalqimizning
kо‘pmingyillik
tarixi,
ijtimoiy
taraqqiyotning barcha jabhalariga bevosita ta’sir kо‘rsatgan, ayni chog‘da xalqimiz
mentaliteti ham ma’naviy qadriyatlar asosida shakllangan va Sharq sivilizatsiyasi
bevosita ma’naviyat, ilm-fan, axloq, ruhiy poklik asosida yuzaga kelgan. Xuddi shu
jihatdan ham Sharq insoniyat taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasiga о‘ziga xos
madaniyat va ma’rifat olib kirgan.
Ma’naviyat о‘z navbatida jamiyatning ham umumiy manzarasiga, ham har bir
shaxs intellektual-ruhiy qiyofasiga mutanosib ta’sir kо‘rsatadi. Fuqarolarning
ma’naviy-ma’rifiy darajasi esa, о‘z navbatida, jamiyatning umumiy holatini
о‘zgartiradi. Yangilangan axloqiy yetuklik va ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotini
belgilaydi va yalpi taraqqiyotning yangidan-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
“Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan,
odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan,
vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”
14
.
Albatta bunday omildan barqarorlikni ta’minlashda о‘rinli foydalanish talab
etiladi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim-tarbiya tizimi oldiga qator vazifalarni qо‘yadi:
14
Karimov I. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 24-b
Birinchidan,
о‘quvchi-yoshlarda
vatanparvarlik,
daxldorlik,
vijdon
uyg‘oqligi, fidoyilik, el-yurtga sodiqlik, davlat siyosatiga xayrixohlik kabi
fazilatlarni tarbiyalashga alohida e’tiborni kuchaytirish zarur.
Ikkinchidan, о‘quvchi –yoshlarda ozd shaxs va erkin fuqaroning asosiy
jihatlarini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ular atrofda bо‘layotgan turli
voqealarga, g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan о‘z mustaqil fikrini bildirpa olishlari
lozim. Ular mafkuraviy xurujlarning ta’siriga, sirtmog‘iga tushub qolmasliklarini
ta’minlash davr talabidir.
Uchinchidan, ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi о‘rni beqiyos.
Chunki odamning kundalik hayotiy faoliyatining moddiy va ma’naviy asoslari bir-
biriga uyg‘unlashib borishiga erishish talab etiladi. Bozor munosabatlariga о‘tish
davrida jamiyat a’zolarining о‘z salohiyati va iste’dodini rо‘yobga chiqarish uchun
ularga birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhiti, ham qonuniy, ham amaliy
shart-sharoitlar yaratib berdik.
Tо‘rtinchidan, istiqlol tufayli о‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy
rivojlanish jarayonlari: ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan
uyg‘un rivojlanib borishini ta’minlashga keng e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |