Millatlar va milliy manfaatlar, milliy ehtiyojlar mavjud ekan, ularni nazar-pisand
qilmaslikka aslo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Bir millatning manfaatlari boshqa millat va
elatlarning manfaatlaridan ajratilmagan holda о‘rganilishi lozim. Milliy va umumilliy
manfaatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratib yoki bir-
biriga qarama-qarshi qо‘yib bо‘lmaydi. Umumilliy manfaatlar milliy manfaatlarga
qaraganda ustuvor turadi. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda milliy manfaat xalqaro
munosabatlarda ikki ma’noda ishlatiladi:
1. Ma’lum bir davlat siyosatining maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi tadqiqot
quroli sifatida.
2. U yoki bu davlat siyosatini oqlash uchun ishlatiladigan keng ma’nodagi siyosiy
tafakkur tо‘g‘risidagi tushuncha sifatida.
Har ikkala ma’noda ham milliy manfaat davlat siyosatining tashqi muhit bilan о‘zaro
munosabati vositasi deb qaraladi. U faqat suveren davlatga xos va asosan tashqi siyosatga
taalluqli: ichki rang-baranglik asosan davlat manfaati (jamiyat manfaati) deb hisoblanadi
16
.
Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, islohotlarning samaradorligi va umuman
mamlakatning ichki taraqqiyoti davlatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining
samaradorligi bilan bog‘liqdir. Bu о‘rinda shuni ta’kidlab о‘tish muhimki, О‘zbekiston
jahon xamjamiyatining mustaqil subyekti sifatida о‘zining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy
faoliyatini respublika rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan mustaqillik g‘oyalariga
asoslangan milliy g‘oya ruhida olib boradi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda
16
Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati. – T., JIDU, 2005, - B. 72.
О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat faoliyati sohasidagi milliy istiqlol g‘oyasi
asoslarini о‘quvchilarga quyidagicha talqin etish lozim:
Birinchidan, tashqi siyosatni teng huquqlilik va о‘zaro manfaatdorlik tamoyillari
asosida tashkil etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
Ikkinchidan, biron-bir davlatning ta’sir doirasiga tushib qolishga yо‘l qо‘ymaslik,
jahondagi barcha mamlakatlar bilan о‘zaro munosabatlarni mafkuraviy qarashlardan qat’i
nazar о‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilash;
Uchinchidan, ikki tomonlama va kо‘ptomonlama shartnomalar asosida о‘zaro foydali
aloqalarni о‘rnatish;
Tо‘rtinchidan, mamlakatning jahon xо‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimotida keng
ishtirok etishi uchun ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etish.
Siyosiy masalalarini mustaqil hal qilish tajribasi amalda bо‘lmagan bir sharoitda
О‘zbekiston Prezidenti mamlakat yetakchisi sifatida respublika tashqi siyosiy faoliyatini
rivojlantirishning milliy-g‘oyaviy negizlarini belgilab berdi. Bu negizlar I.A.Karimovning
“О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li”
17
kitobida о‘z aksini topdi va milliy-
ma’naviy davlat konsepsiyasi darajasiga kо‘tarildi. Prezidentimiz I.A.Karimov zimmasiga
yо‘q narsani yaratish mas’uliyati yuklangan edi.
Aynan milliy g‘oya insonlarni milliy g‘ururli, or-nomusli, halol-pok, iymonli,
e’tiqodli, sadoqatli, vatanparvar etishga chorlaydi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek,
“...xalqimizning asriy an’analari, urf-odatlari, tili va ruhiga asoslangan holda milliy
mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mushtaraklikda kelajakka ishonch,
ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, insonparvarlik, vijdonlilik, mardlik va
chidamlilik adolat, bilimga va ma’rifatga intilish tuyg‘usini odamlar qalbi va ongiga
yetkazish uchun xizmat qilmog‘i darkor. U davlat fuqarolarining buyuk maqsad yо‘lidagi
ruhiy yaqinlashuviga hamkorlik etmog‘i lozim”
18
.
Shu ma’noda, u jamiyatning о‘z milliy g‘oyalari atrofida mustahkam jipslashuvi,
fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi asosida hayotda mafkuraviy
jarayonlarning muvofiqlashuvidan manfaatdor. Bosh islohotchi sifatida davlat ijtimoiy-
17
Karimov I.A. О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li. – T.: О‘zbekiston. 1992
18
Abilov U. Milliy g‘oya: ma’naviy omillar. – T.: Ma’naviyat, 1999. – B. 5.
siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib, jamiyatda
milliy istiqlol g‘oyalarini keng yoyish borasida faoliyat olib boradi.
Buni xorij tajribasida ham yaqqol kо‘rish mumkinligiga о‘quvchilar e’tiborini
qaratish zarur. Bu mamlakatlarda yuzaki qaragandagina, g‘oyaga, mafkuraga u qadar katta
e’tibor berilmaydigandek tuyuladi, xolos. Masalan, AQShni olaylik. Bu yerda har bir inson
ongiga “Sen amerikaliksan, ozodsan”, “sening ozodligingga daxl qilishga xech kimning
xaqi yо‘q”, degan g‘oya bolaligidan singdiriladi.
Natijada bu mamlakat fuqarosi, dunyoning qayerida bо‘lmasin, “Men-
amerikalikman” deb g‘ururlanadi va atrofdagilarni ham shu fikrga bо‘ysindiradi. Yoki
Angliya va ingliz tili amal qiladigan davlatlardagi maktablarda “men” sо‘zini bosh harf
bilan, “siz” sо‘zini esa, aksincha, kichik harf bilan yozishga о‘rgatiladi
19
.
Shuning uchun Ismoil Gaspirali “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi kо‘pdir. Ulug‘
yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan о‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz...
Ovrupada nimani kо‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-xushli insonlardek “Bu
nimadir? Oqibati nima bо‘ladi?
Vijdon va xaqqoniyatga uyg‘unmi?” deya aql tarozisiga tortib olamiz”, – deb
ta’kidlagan edi
20
. Bu da’vat bugungi murakkab bir sharoitda о‘z dolzarbligini yо‘qotgani
yо‘q. Chunki ota-bobolarimiz о‘gitlarida о‘zlikni anglash, dunyoviylikka intilish, bosiqlik
va bag‘rikenglik bizga meros qolgan. Bular esa о‘z navbatida ajdodlarimiz orzu qilgan
mustaqillik, mamlakatda tinchlik-totuvlikni ta’minlashning asosiy omillaridir.
Dunyoni termoyadro xavfidan qutqarish, xalqlar va davlatlar о‘rtasida mо‘tadil
iqlimni vujudga keltirish, diniy ekstremizm, fanatizm, xalqaro terrorizmga qarshi
kurashish, narkotik moddalarning tarqalishiga chek qо‘yish singari global muammolarni,
mintaqaviy mojarolarni bartaraf etishda yuksak siyosiy madaniyatga erishish XXI asrning
dolzarb masalalaridandir. Prezident I.A.Karimovning BMT 48-sessiyasida ushbu global
muammolar yechimi yuzasidan bildirgan quyidagi mulohazalari e’tiborga molikdir:
“Dunyo mojarolarini hal etishda sharqona munosabatlar ilmini egallash zarur”. Sharqona
19
G‘aniyev A. G‘arb olamidagi axloqiy muammolar. – T.: Voris, 2007, – B. 6.
20
B.Qosimov Milliy uyg‘onish. - T.: Ma’naviyat. 2002. – B. 33.
munosabatlar esa asrlar davomida shakllangan va Prezidentimiz tomonidan asoslangan
milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillarida о‘z aksini topgan. Ular quyidagilar:
- insonparvarlik tamoyili;
- milliy maxdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bо‘lish;
- adolat, tinchlik, tenglik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini о‘zida ifoda
ettirish;
- jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga
yetkazishda ma’naviy-ruhiy omil bо‘lish;
- insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish
va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish;
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bо‘lgan kishilarning bir
zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yо‘lida hamkor va hamjihat bо‘lib
yashashini anglatadi
21
. Diniy bag‘rikenglikning rivojlanishi va mustahkamlanishi barcha
insonlarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy istiqlol g‘oyasining maqsadlarini amalga oshirish
yо‘lida birlashtiradi. U nafaqat insonlarning ongidan, balki qalbidan о‘rin olishiga yordam
beradi. Bu g‘oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun dunyo xalqlarining
hamkorligini nazarda tutadi. Hamkorlik esa halollik va poklik, mehr-shafqat, yaxshilik,
tinchlik va dо‘stlik kabi insoniy fazilatlarga tayanadi. Shuning uchun Prezidentmiz
I.A.Karimovning “Insonning insoniyligini uyg‘otmoqchiman” degan fikrlari muhim
ahamiyatga ega. Dars yakunida о‘quvchilar diqqatini quyidagi fikrlarga qaratish zarur:
1. Jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish va О‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos
keladigan kо‘p tomonlama siyosat yuritish davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashning
muhim shartidir.
2.
Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosatining asosida davlatlar
mustaqilligi, respublikalardagi barcha xalqlarning manfaatlari, uning farovonligi va
xavfsizligi yotadi.
21
Milliy itsiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: О‘zbekiston faylasuflar milliy
jamiyati. 2001. – B. 168.
3.
Jahonni, xususan, Markaziy Osiyoni mafkuraviy bо‘lib olishga urinishlarning
asosida muayyan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy geosiyosiy manfaatlar yotadi. Xalqlarni
ma’naviy-mafkuraviy tobe etishga bо‘lgan harakat – hozirgi davrning asosiy xususiyatidir;
4.
Hozirgi globallashuv davrining xususiyatlari
mafkuraviy jarayonlarning
umuminsoniy, gumanistik bunyodkorlik yо‘nalishini kuchaytirish uchun mintaqadagi har
bir davlatdan nafaqat о‘z ichki imkoniyatlaridan, balki tashqi omillardan ham oqilona
foydalanishni taqozo etadi.
1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg‘ulot vaqti-2 soat
O‘quvchilar soni: 25 – 35 gacha
Nazariy mashg‘ulot rejasi
1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning
konseptual asoslari
2. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi
tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.
3.
G‘oyaviy
tahdidlarga
nisbatan
mafkuraviy
immunitetni
shakllantirish omillari
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga Jahon taraqqiyotining turli darajalari. Ma’naviy
xurujlarning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari va unga qarshi kurashda
ta’lim tizimi oldidagi vazifalarni tushuntirib berish.
pedagogik vazifalar:
O‘quvchilarga
Jahon
mafkuraviy
manzarasini
unda
kechayotgan
turli
darajadagi xurujlar haqida tushuncha berish.
Ma’naviy xurujlarning milliy rivojlanishga
o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari.
Iqtisodiy globallashuv ta’sirini tushuntirib
berish.
O‘zbek xalqi ma’naviy-ruhiy qiyofasi
takomillashuvi
mafkuraviy
tazyiqlarga
qarshi kurashning muxim omili ekanligini
tushuntirish.
O‘quv faoliyati natijalari:
O‘quvchilar Jahon mafkuraviy manzarasini
unda kechayotgan turli darajadagi xurujlar haqida
xususida ma’lumotga ega bo‘lishadi;
Ma’naviy
xurujlarning
milliy
rivojlanishga
o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari. Iqtisodiy
globallashuv ta’sirini tushunib etishadi.
O‘zbek
xalqi
ma’naviy-ruhiy
qiyofasi
takomillashuvi
mafkuraviy
tazyiqlarga
qarshi
kurashning muxim omili ekanligi haqida tushuncha
hosil qilishadi.
Ta’lim berish usullari
“piramida”, “Qanday”, “FSMU”, “Insert”
texnologiyalardan foydalanish, muammoli usul,
munozara, suhbat, aqliy hujum, tezkor-so‘rov
Ta’lim berish shakllari
Jamoaviy, guruhlarda ishlash;
Ta’lim berish vositalari
Ma’ruza matni, o‘quv materiallari, marker, skotch,
qog‘oz
Ta’lim berish sharoiti
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun
mo‘ljallangan auditoriya
Monitoring va baholash
Og‘zaki nazorat: savol-javob
Mavzu
О‘ZBEKISTONNING
BARQARORLIGI
VA
HAVFSIZLIGIGA RAXNA SOLUVCHI TAHDIDLARGA
QARSHI
MAFKURAVIY
IMMUNITETNI
SHAKLLANTIRISH YО‘LLARI
Mavzu : “О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi
tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari” mavzusida
nazariy mashg‘ulotning
TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
jarayonlari
vaqti
Faoliyat mazmuni
O‘qituvchi
O‘quvchi
1 bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)
1.1.
Ma’ruzaning
mavzusi,
rejasini
e’lon
qiladi,
o‘quv
mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi
(1-ilova)
Tinglaydi,
mavzu nomini
yozib oladi
1.4. Mashg‘ulotni o‘tkazish shaklini e’lon qiladi
Yozib oladi
2 bosqich.
Asosiy
jarayon
(40 daqiqa)
2.1. Mavzu rejasining birinchi punkti rejasi bo‘yicha ma’ruza qiladi
(2-ilova) Ma’ruza bo‘yicha “piramida” usulidan foydalangan holda
o‘quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Globallashuv
nima? (3-ilova)
2.2. Mavzu rejasining ikkinchi punkti bo‘yicha ma’ruza qiladi (4-
ilova). Ma’ruza bo‘yicha «Qanday” usulidan foydalangan xolda
o‘quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Ma’naviy
tahdidlarni tahmin etuvchi vositalar nima? (5-ilova)
Yozadi, savolga
javob beradi.
Yozadi, savolga
javob beradi.
Mavzuning uchinchi punkti e’lon qilinadi.
(6-ilova)
Mavzuda bayon etilgan masalalarni mustahkamlash «Kichik
guruhlarda ishlash» orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi.
“FSMU” texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar
beradi (7-ilova). Bu texnika guruhlarda ijodiy ishlashga yordam
beradi, qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi.
Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh
topshiriqlarini - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga
yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida
e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri
ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.
Savollarga javob
beradilar, erkin
bahs-munozara
yuritadilar
Guruhlarda
ishlaydilar.
3 bosqich.
Yakuniy
bosqich
(30 daqiqa)
3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.
Tinglaydilar
3.2. O‘quvchilarning baholash mezonlarini e’lon qilinadi
Yozib oladi
3.3. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar beradi (8-ilova)
Javob yozadi
3.4 Navbatdagi mashg‘ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi va
“Aqliy xujum” usulida jadvalga mustaqil ta’limga tayyorgarlik
ko‘rishlarini so‘raydi (8-ilova).
”Insert” usulida
jadvalni
to‘ldiradi.
1-ilova
MAVZU:
О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga
qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari
.
Reja.
1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari
2. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va ularning namoyon
bо‘lish xususiyatlari.
3. G‘oyaviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga Jahon mafkuraviy manzarasini unda
kechayotgan turli darajadagi xurujlar haqida tushuncha berish. Ma’naviy xurujlarning milliy
rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari. Iqtisodiy globallashuv ta’sirini tushuntirib
berish
O‘quv faoliyatining natijasi: O‘quvchilarga Jahon mafkuraviy manzarasini unda kechayotgan
turli darajadagi xurujlar haqida bilimga ega bo‘lishadi.
2-ilova
1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari
Insoniyatning aql salohiyati o‘sib borgani sari uning ehtiyojlari ham oshib bormoqda. U
bugun kechagiga qaraganda, ertaga esa undan-da ko‘proq yaxshi yashashga, moddiy-ma’naviy
barkomollikka ershishga va farovon hayot kechirishga intilmoqda. Aslida bu insoniyat
taraqqiyotining mazmuni, uning hayot kechirish qonuniyati va falsafasi hisoblanadi. Agar ana
shu intilish bo‘lmaganda insonlarning boshqa mavjudodlardan farqi ham qolmagan bo‘lur edi.
Shunday ekan uning intilish va harakatlarining nimasi yomon? Muammo, ana shu
intilishlarda moddiy manfaatdorlikka bo‘lgan intilish bilan ma’naviyatni unga mos ravishda
rivojlantirishga bo‘lgan zaruriyat o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolib borishida namoyon
bo‘lmoqda. Buni yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlar o‘zlarining ulkan intellektual
salohiyatlari bilan fan, texnika va texnologiyaning eng zamonaviy turlarini yaratib, ular
vositasida mintaqalarda mavjud bo‘lgan xom-ashyo resurslarini qo‘lga kiritishning eng jirkanch
uslublaridan foydalanib, ana shu mintaqa xalqlarini avvalo moddiy jixatdan qaram qilish hamda
bu omil vositasida ularni o‘ziga xos ma’naviyatini ham barbod qilish yo‘li bilan uning o‘rniga
o‘zlarining
ma’naviyatini
ommaviylashtirishdek
ma’naviy
amaliyotida
namoyon
bo‘layotganligida ko‘rish mumkin.
3-ilova
1-o‘quv to‘shiriq
«piramida» organayzerini to‘ldiring
Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari?
4-ilova
2-MASALA BAYONI. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi
tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.
Globallashuvning insonlar, millatlar, mamlakatlar va mintaqalarga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri
bugunning o‘zida yaqqol namayon bo‘lmoqda. U iqtisodiyoti yuksak taraqqiy qilgan yirik
mamlakatning yetakchiligini ta’minlashga, ularning kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot
yo‘liga kirayotgan mamlakatlar resurslarni qo‘lga kiritish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Siyosat
sohasida xuddi ana shu mamlakatlarning o‘zlarining demakratik qadriyatlarni ommalashtirishga
xatto kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham millatlar, halqlar va mamlakatlar hayotiga joriy
qilishdek mudxish amaliyotni qo‘llash imkoniyatini ham kengaytirmoqda. Bu jarayonning
milliy-ma’naviy hayotga, axloqiy qadriyatlar, urf-odat va an-analarning yemirilishiga
o‘tkazayotgan ta’siri ayniqsa shiddat bilan rivojlanmoqda. Bu salbiy jarayonning bugungi
oqibatlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh sekretari Kofe Anan shunday
baholagan edi: “millionlab va millionlab fuqarolar o‘zlarining shaxsiy tajribalaridan shunga amin
bo‘lmoqdalarki, globallashuv taqdirning mukofati emas, balki ularning moddiy farovonligini
yoki ularning odatga aylanib qolgan turmush tarzini barbod qiluvchi kuchdir. Bu fikrning
aytilganiga 9 yildan ortiq vaqt o‘tdi.
5-ilova
1-o‘quv to‘shiriq
«Qanday» organayzerini to‘ldiring
Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |