XIX asr 60-yillarida Qoʻqon xonligida boʻlgan M. Mixaylov maʼlumotlariga koʻra, Namangan bozorlarida Buxoro sallalari va qoʻy terisidan tayyorlangan Xiva telpaklariga talab katta boʻlgan va ular bozorlarda yuqori narxlarda sotilgan. Qoʻqon va Xiva xonliklarining savdo aloqalarida turkman argʻumoq otlari muhim ahamiyat kasb etgan. XIX asr 60-yillarida Toshkentda boʻlgan P.I. Pashino qayd etishicha, Toshkent bozorlariga qimmatbaho hisoblangan turkman argʻumoq otlari Xiva va Buxoro xonligidan olib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |