Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabasi Sobirova Ma`muraning biokimyo fanidan tayyorlagan.
Mustaqil ishi
Mavzu: Fosfolipidlarning metobolizmi
Fosfolipidlar almashinuvi.Fosfolipidlar almashinuvi (letsitinlar va kefalinlar) neytral yog`lar almashinuviga o’xshash bo’lib, ular ichak traktida glitserin va yog` kislotalariga parchalanadi, ichak devorlarida ularning qaytar resintezi sodir bo’ladi.
Ovqat bilan fosfolipidlar yetarli qabul qilinmasa, ular to’qimalarda neytral yog`lar va aminokislotalar (serin va metionin) hisobiga sintezlanadi.
Xolin va metioninning miqdori oziq moddalar tarkibida yetishmagan holatlarda bu jarayon to’xtaydi va jigarda yog` kislotalarni to’playdi.
Odatda jigarda 4-5%ga yaqin yog`lar bo’ladi. Oziqa tarkibida oqsillar oz bo’lsa, bunday holatlarda jigarda yog`lar miqdori 30% gacha yetadi, ya`ni jigarda yog` infiltratsiya holati vujudga keladi. Jigarda yog` to’planish holatlarini xolin va metionin ishtirokida oldini olish mumkin.
Fosfolipidlar qonda lipoproteinlar orqali transport qilinadi. Fosfolipidlar hamma to’qima va hujayralarda uchraydi, ular hujayra struktura komponentlari (yadro, mitoxondriya, mikrosoma) tarkibiga kiradi. Hujayra struktura komponentlarida fosfotidlar doimo yangilanib turadi, buning uchun fosfolipidlar doimo ozuqa bilan kirishi yoki organizmda sintezlanib turishi kerak. Eng muhim fosfolipidlar hujayra endoplazmatik to’rida sintezlanadi. Fosfolipidlarning biosintezida 1,2 -diglitseridlar (fosfotidilxolinlar va fosfotidiletanolaminlar sintezida), fosfotid kislota (fosfotidilinozitlar sintezida) va sfingozin (sfingomiyelinlar sintezida) muhim rol o’ynaydi. Sitidintrifosfat (STF) deyarli barcha fosfolipidlarning sintezida ishtirok etadi.
Sterinlar almashinuvi. Hayvon organizmidagi asosiy sterinlardan-xolesterin uglevodlar va yog`lar almashinuvining kichik molekulali mahsulotlaridan sintezlanadi.
Nishonlangan atomlar yordamida jigarda xolesterin sirka atsetati va mevalonat kislotadan sintezlanishi aniqlangan.
Atsetil-koenzim A shaklidagi ikki molekula atsetat kondensatsiyalanib, atsetoatsetilkoenzim A hosil qiladi. Mana shu moddaga uchinchi atsetilkoenzim A (atsetatning faol shakli) molekulasi birikishi natijasida β - oksi - β - metil - glyutarilkoenzim A hosil bo’ladi. Shu oxirgi birikmadan osongina mevalonat kislota hosil bo’ladi:
Mevalonat kislota - xolesterin sintezida muhim oraliq modda bo’lib, bir qancha oraliq birikmalar orqali birma-bir skvalen, lanosterin va nihoyat, xolesteringa aylanadi:
Xolestrin (C27)
Organizmda xolesterin biologik jihatdan muhim sterinlar bo’lib, buyrak usti bezlari gormonlari, o’t kislotalar, vitamin D va boshqalarni hosil qilish uchun qisman material bo’lib xizmat qiladi.
Normada jigar 4-5% atrofida yog`lar saqlaydi. Ozuqa tarkibida oqsillar oz bo’lsa, bunday holatlarda jigarda yog`lar miqdori 30% gacha etadi, ya`ni jigarda yog` infiltratsiya holati vujudga keladi. Jigarda yog` to’planish holatlarini xolin va metionin ishtirokida oldini olish mumkin. Fosfolipidlar qonda lipoproteinlar orqali transport qilinadi. Fosfolipidlar hamma to’qima va hujayralarda uchraydi, ular hujayra struktura komponentlari (yadro, mitoxondriya, mikrosoma) tarkibiga kiradi. Hujayra struktura komponentlarida fosfotidlar doimo yangilanib turadi, buning uchun fosfolipidlar doimo ozuqa bilan kirishi yoki organizmda sintezlanib turishi kerak. Eng muhim fosfolipidlar hujayra endoplazmatik to’rida sintezlanadi. Fosfolipidlarning biosintezida 1,2 -diglitseridlar (fosfotidilxolinlar va fosfotidiletanolaminlar sintezida), fosfotid kislota (fosfotidilinozitlar sintezida) va sfingozin (sfingomiyelinlar sintezida) muhim rol o’ynaydi. Sitidintrifosfat (STF) deyarli barcha fosfolipidlarning sintezida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |