NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR SIRTQI TA’LIM 302-GURUH TALABASI RAXMONOV ZOKIRNING BEOGEOGRAFIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL TA’LIMI O’QITUVCHI:QURBONOVA .SV.M Mavzu:
О‘simliklarning ekologik guruhlari
REJA:
1.О‘simliklarning yashash sharoitiga nisbatan ekologik guruhlari. Galofitlar,
yorug‘sevar, soyasevar о‘simliklar,
2.O`simliklarni haroratga moslashgan ekologik girihlari
3.Yo`rug`likka moslashishiga ko`ra ekologik guruhlari
4.Namlikka ko`ra moslashgan ekologik guruhlar
5.Tuproq tarkibiga ko`ra moslashgan ekologik guruhlar
6.Geterotrof oziqlanuvchi о‘simliklar (parazitlar)
О‘simliklarning hayotiy shakllari. Hayotiy shaklllarning ekologo-morfologik klassifikatsiyasi
Tiriklikning hamma xillari va xislatlari kosmik hodisalar bilan chatishib ketgan. Yer yuzida hayotning kelib chiqishi va tirik organizmlarning faoliyati abiotik omillardan quyosh nuriga bog'liqdir. Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh radiatsiyasi asosiy energiya manbai bo'lib, sayyorada issiqlik balansi, organizmlarda suv, gaz, va modda almashishi, o'sish va ko'payishi, avtotrof organizmlar tomonidan organik moddalarning hosil bo'lishi va organizmlarning hayot-faoliyatini to'la o'tishi uchun yashash muhitini hosil qiladi. Shunga ko`ra o`simliklar yo`rug`lik, harorat, namlik, tuproqning tatarkibi va xususiyatlari, relief shakllariga bo`g`liq xolda tarqaladi va o`sib rivojlanadi.
O`simliklarning yo`rug`lik omiliga ko`ra moslashgan guruhlari.
Yorugsevar-geliofitlar, soyasevar-ssiofitlar, fakultativ geliofitlar о‘simliklar. Yorug‘lik о‘simlik barglarining ham morfologik, ham anatomik tuzilishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Kо‘pchilik yorug‘sevar о‘simliklarning tuzilishi kserofitlarning tuzilishiga yaqin keladi. Chunki quyosh nuri tо‘g‘ri tushishi barglar qizishiga va transpirasiyaning kuchayishiga sabab bо‘ladi. Soyasevar о‘simliklarning barglarida esa gigromorf о‘simliklarning belgilari paydo bо‘ladi. Soyasevar о‘simliklarning morfologik tuzilislari turlicha bо‘lib, hayotiy shakllari jihatidan ularning kо‘pchiligi yer bag‘irlab, о‘rmalab о‘sadilar. Bunday о‘simliklarning poyalari xlorofillning yetishmaganligi sababli tez va kuchli о‘sadi, ingichlashadi, kuchsiz yog‘ochlanadi, natijada poya va barglari och kul- rang tusga kiradi. Bu shakldagi poyalar о‘zlarini tikka ushlab tura olmaydilar, nam yetarli bо‘lganda bо‘g‘imlarida juda tez qо‘shimcha ildizlar paydo bо‘ladi. Kо‘pincha о‘simliklarning poyalari bunday kuchli chо‘zilishi natijasida, barglari rivojlanmagan mо‘rt stalonlarni hosil qiladi.
О‘simliklarni yorug‘likka bо‘lgan munosabatiga kо‘ra uch guruhga ajratish mumkin:
1. Yorug‘sevar о‘simliklar, Ular faqat yorug‘lik yetarli bо‘lgandagina yaxshi о‘sishlari va rivonijlari mumkin. Bunday о‘simliklarga dasht va chо‘l zonalarida о‘suvchi о‘simliklarni, о‘tloqlardagi (yaltirbosh, ajriqbosh, mastak va boshqalar), о‘rmonlarning birinchi qavatini tashkil etuvchi uzun bо‘yli daraxtlar (qarag‘vay) va efemeroidlarni kо‘rsatish mumkin.
2. Soyasevar о‘simliklar. Ular yorug‘lik deyarli kuchsiz tushayotgan joylarda о‘sadilar. Yorug‘lik tik tushganda, ayniqsa boshqa turlar bilan raqobatga bardosh bera olmaydilar.
3. Fakultativ yorug`sevar yoki oraliq о‘simliklar. Yuqoridagi ikki guruh о‘simliklardan tashqari turlar ham uchraydiki, Ularning kо‘pchiligi yorug‘sevar hisoblanib, uncha yorug‘lik yetishmasa ham yoki ortiqcha yorug‘lakda ham о‘sib rivojlanaveradilar. Ularga о‘rtacha iqlimli zonalardagi о‘rmon va о‘tloqlardagi о‘t о‘simliklar – qо‘ng‘irbosh, oqsо‘xta va boshqalar, daraxtlardan arg‘uvon, shumurt, qoraqarag‘ay kabilar misol bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |