6.4. Qurilish mollariga boʻlgan asosiy gigiyena talablar
Sport inshootlarini qurishda ishlatiladigan qurilish mollariga qoyiladigan asosiy gigiyena talablar quyidagilardan iborat.
Issiqlikni kam oʻtkazishi;
Shovqinni kam oʻtkazishi;
Kam gigroskopik xususiyatli;
Yetarli havo oʻtkazuvchanlik.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan holatdagi qurilish mollaridan sport inshootlari devorlari, yuqorigi tom qismi ajratib olib quriladi, soʻngra unda bezash ishlari bajariladi. Sport inshootlari qurishda aksariyat temir beton va gʻisht ishlatiladi, uni bezash uchun polimer moddadan yasalgan qurilish mollari ishlatiladi. Ularni koʻp amalda foydalanish ularni issiqlikni ajratib ushlab turishi va tozalash uchun qulayligi inobatga olingan.
Sport zallarini pollari koʻpchilik holatda yogʻoch taxtalar bilan qoplangan boʻladi, kiyinib yechinish xonasida kiyimlarni saqlash xonalari, ovqatlanish xonalari, massaj xonalari, yoʻlaklar issiqlikni oʻtkazmaydigan sifatli linoliumlar bilan qoplanadi. Bunday xonalarda vaqti-vaqti bilan tozalash mashinalar yordamida olib boriladi. Ayrim vaqtlarda sport zallarida sifatli linolium ishlatishga ruxsat etiladi. Ayrim xonalarda suv oʻtkazmaslik maqsadida sopol plitalar yordamida olib boriladi (choʻmilish xonasi, hojatxona, vannalar).
Sport zallari devorlari 1,8 m balandlikda yogʻli boyoqlar va lak bilan qoplanadi. Bu hoʻllangan latta bilan tozalashni yyengillashtiradi, sifati yaxshilanadi. Sport inshootlarida bezash uchun ishlatiladigan qurilish mollari quyidagi asosiy gigiyena talablarga javob berishi kerak. Ular quyidagilar:
Odamni salomatligiga zararsiz;
Yetarli darajada uzoq muddat xizmat qilishi;
Yuqori issiqlik, shovqin, suv oʻtkazmasligi;
Tozalash uchun qulay boʻlishi.
Sport inshootlarini transportga, uni toʻxtash joyiga yaqin boʻlishi, jamoat transportlari toʻxtaydigan bekatga imkoniyat darajasida yaqin boʻlishi eng kamida 500 m masofada boʻlishi maqsadga muvofiq.
Sport inshootlarini koʻkalamzorlashtirish va yashil oʻsimliklar maydoni. Yashil oʻsimliklar sport inshootlarida havoni ifloslanishini yozda 40-60% ga kamaytiradi, qishda esa 10-15% ga kamaytiradi, shamoldan muhofaza qiladi. Gigiyena me'yorlarga muvofiq yashil oʻsimliklar yer hududini perimetri boyicha uni kengligi 10 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Gigiyena me'yorlari asosan sport inshootlari oynasi janubga yoki janubi-sharqqa qaragan boʻlishi, uni uzun oʻqi sharqdan gʻarbga qaragan yoki shimoldan janubi sharqqa qaragan boʻlishi lozim. Agar yuqoridagilarga amal qilinmasa kunni issiq vaqtlarida juda qizib ketadi.
Sport inshootlari quriladigan vaqtda toʻgʻridan-toʻgʻri quyoshni koʻzni qamashtiradigan ta'siri inobatga olinadi. Shu sababli sport maydonlari, sport yadrosi quriladigan vaqtda uni uzun oʻqi shimoldan janubga oʻtgan oʻqdan 200 farq bilan burilgan boʻlishi lozim. Yadro irgʻitish, disk uloqtirish shimol tomonga shimoli sharqqa yoki sharqqa yoʻnaltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |