6.5. Sport inshootlarini yoritilishiga qoyiladigan asosiy gigiyena talablar.
Koʻpchilik sport turlarida mashq mashgʻulotlari va musobaqalar vaqtida koʻrishni juda koʻchayishi bilan ta'riflanib, eng asosiy kuchlanishga kelib taqaladi. Sport inshootlarida tabiiy va sun'iy yoritilganlik qoʻllaniladi. Sport inshootlarida yoritilganlik quyidagi asosiy gigiyena talablariga javob berishi kerak:
Yetarli miqdorda, bir tekis tarqalishi, yaltirlash boʻlmasligi;
Sun'iy yoritilganlik, kunduzi yoritilganlikka yaqin boʻlishi kerak;
Yoritilganlik birligi (lk) – bu 1 m2 yuzani 1 lyumen yorugʻlik oqimi bilan yoritilganligiga aytiladi. Toʻgʻri tabiiy yoritilganlikka ega boʻlib, yopiq suzish suv havzalari, yopiq konkida uchish zali, tibbiy xona, xizmat koʻrsatish xonalariga ham quyosh nurlari tushib turishi kerak.
Sport inshootlarining yoritilganligi.
|
|
Koeffitsiyent qiymati
|
|
Xonani nimaga
|
|
|
|
|
Yon tomondan
|
Yuqoridan yoritilganlik
|
moʻljallanganligi
|
yoritilganlik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bir
|
Ikki
|
“Zenit”
|
Boshqa
|
|
tomondan
|
tomondan
|
yoritgichi
|
yoritgichlar
|
|
|
|
|
bilan
|
|
|
|
|
|
Yyengil atletika sport
|
0,2-0,22
|
0,17-0,18
|
0,12-0,13
|
0,14-0,15
|
oyinlari sport zallarida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yopiq suzish suv havzalari,
|
0,14-0,15
|
0,12-0,13
|
0,08-0,09
|
0,10-0,11
|
eshkak eshish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Sun'iy muz uchish zallarida
|
0,12-0,13
|
0,10-0,11
|
0,07-0,08
|
0,08-0,09
|
|
|
|
|
|
Yorugʻlik toʻsuvchilarini maydonini hisoblash koeffitsiyenti. Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (TYok) sport inshootlarida asosiy koʻrsatgich hisoblanadi. Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti deb xona ichidagi yoritilganlikni xonadan tashqaridagi yoritilganligiga boʻlgan nisbatiga aytiladi, u foizlarda hisoblanadi.
Sport inshootlarida tabiiy yoritilganlik. Uni manbai quyosh nuri hisoblanadi. Sport inshootlarini tabiiy yoritilganligi oynani qaysi tomonga qaraganligi, oynani yuzasi va qurilishi va oynani tozaligiga bogʻliq. Sport zallarida yaxshi yoritilganlikni ta'minlash uchun deraza romlari yuqori tomondan 30 sm pastroqda joylashtirish lozim boʻladi, deraza oynasini pastki qismi poldan 0,75-0,9 m balandlikda boʻlishi kerak. Sport zallarida derazani pastki qismi vertikal holatda poldan 2 m yuqorida joylashishi lozim. Yorugʻlik koeffitsiyenti oddiy kasrlarda ifoda etilib, kasrni suratida deraza oynalarini yorugʻlik oʻtadigan oynalar yuzi m2 da ifoda etiladi. Kasrni maxrajida polni yuzasi m2 larda ifoda etiladi. Sport zallari uchun yorugʻlik
koeffitsiyenti 1/6 dan kam boʻlmasligi, suzish suv havzalari uchun 1/5; 1/6 yechinib kiyinish xonalarida, choʻmilish xonalarida 1/10, 1/11 boʻladi.
Sport inshootlarida sun'iy yoritilganlik. Buning uchun lyuminetsent lampalar ishlatiladi. Choʻgʻlanma lampalarga nisbatan lyuminetsent lampalar quyidagi afzalliklarga ega;
Yorugʻlik spektri choʻgʻlanma lampaga nisbatan quyoshnikiga yaqin;
Ular deyarli “yumshoq”, har tomonga bir tekis yoyilgan yorugʻlik beradi va yoritadigan maydonida deyarli toʻla soya boʻlmaydi;
Ularni yorqinligi choʻgʻlanma lampaga nisbatan birmuncha kam (bu sport inshootlarida toʻsiqsiz ishlatilishiga sabab boʻladi).
Gigiyena me'yorlarga muvofiq ularni pulsatsiya yonib oʻchish darajasi sport oyinlari zallarida 15% dan kam boʻlmasligi kerak. Tennis va xokkey zallarida 10%, yyengil atletika, konkida uchish, figurali uchishda 20% dan kam boʻlmasligi kerak. Sport zallarida gorizontal yoritilganlik, suzish suv havzalarida pol yuzasi, suv yuzasida 150 va 50 lk boʻlishi, sport arenalarida 1000 lk dan kam boʻlmasligi, tomoshabinlar uchun tribunada 500 lk boʻlishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |