Nazorat savollar
Salomatlik tushunchasi?
Salomatlik mezonlari?
Bolalar va о‘smirlarda salomatlik darajasini belgilash?
VIII JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN
SHUGʻULLANUVCHILARNING SHAXSIY GIGIYENASI
8.1. Shugʻullanuvchilarni kun tartibi
Shaxsiy gigiyena umumiy gigiyenaning bо‘limi bо‘lib, tanani, ogʻiz bо‘shligʻini parvarishlash bilan bogʻliq bо‘lgan masalalarni yaratish va aholi о‘rtasidagi gigiyenik malakalarni tarbiyalashni о‘rganadi va ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyenaning talablarini bajarish sogʻliqni saqlashda katta ahamiyatga ega bо‘lib, yuqumli va boshqa kasalliklarning tarqalishiga yо‘l qо‘ymaydi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishini nazorat qilib turishda sport kamandalari shifokorlar, jismoniy tarbiya о‘kituvchilari, sport murabbiylari muhim rol о‘ynaydi. Shaxsiy gigiyena me`yor va qoidalariga rioya qilmaslik faqat kasallikkagina olib kelmay, balki sportchining chidamliligi va ishlash qobiliyatini pasaytirib, xatto vaqtincha sport bilan shugʻullanishni tо‘xtatib quyishga olib keladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida oyoqning shilinishi, sovuq urishi, shuningdek yiringli yaralar va zamburugʻga oid teri kasalliklar paydo bо‘lishi bilan bogʻliqdir.
Trenirovka qiluvchi sportchining kundalik rejimi sport bayramlarida va oddiy hayot sharoitlarida tanani parvarish qilish uchun kerak bо‘lgan umumiy va maxsus tadbirlar yetarli darajada kо‘rilgan bо‘lishi kerak. Bu sohada shuningdek sanitariya maorifi ishlarni olib borishi zarur
8.2. Teri gigiyenasi
Teri bir qator fiziologik funksiyalarni bajaradi. Terida juda kо‘p nerv tolalarining uchlari joylashganligi sababli tashqi taasurotni qabul qilishda birinchi analizator hisoblanadi. Markaziy nerv tizimsi teri retseptorlari bilan kо‘p tomonlama aloqada о‘lib, organizmda fiziologik protsesslarni boshqarib turadi. Binobarin teri dastlab sezgi organi uchun katta hamiyatga ega bо‘lib, temperatura, ogʻriq va tarktil sezuvchanlikka egadir.
Organizmga mexanik, fizik va ximik taasurotdan, shuningdek mikroblarni о‘tishidan saqlashda teri tо‘siq vazifasini о‘taydi. Teri ajratish organi sifatida katta ahamiyatga ega. Organizm terla shva kо‘p miqdorda issiqlik chiqarish yо‘li bilan
qonda va tо‘qimalarda hosil bо‘lgan bir qancha zararli moddalardan ozod bо‘ladi. Teri osti yogʻ bezlari terini qurshab qolishdan, ortiqcha ter bilan qoplanishdan saqlaydi va uning elastiklik xususiyatini hamda mexanik taasurotlarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi. Teri organizmda gaz almashinishida ishtirok etadi va u bakteritsit xususiyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |