Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t. B. Zayniddinov, A. Sodiqov va r. Iminjanov



Download 1,25 Mb.
bet3/61
Sana26.02.2022
Hajmi1,25 Mb.
#467237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
2 5201684091035980967

uslublari

Har qanday jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlaridan keyin sportchilarda charchash holati yuz beradi. Ana shu charchash holatidan oldingi holatga qaytish, ya`ni ayrim organlarning funktsional holatini tiklanishi 6-8 sutkadan keyin sodir boʻladi. Sportchilar ish qobiliyatini tiklantiruvchi vositalarni asosan 3 guruhga boʻlish mumkin. Bular pedagogik, psixologik va mediko-biologik tiklantiruvchi vositalardir.


Bu vositalar ichida eng muhimi pedagogik tiklantiruvchi vosita hisoblanadi.1 Pedagogik tiklantiruvchi vosita sportning kun tartibida (rejimida) va


trenirovkani tashkil etish jarayonida oʻz aksini topadi:





  • sportchi shugʻullanishi (mikro va makrotsikl) hamda koʻp yillik tayyorgarlik davrlarida va ogʻirliklarni toʻgʻri tashkil etishda;




  • musobaqa va trenirovka oxirlarida sogʻliq holatini profilaktika qiladigan faol dam olishlarni tashkil etish jarayonida;




  • mashgʻulotlarni turli xilda amalga oshirishda;




  • sutkalik trenirovkalarni tashkil etishda ertalabki tayyorlovchi, kechki paytdagisi esa tinchlantiruvchi harakterga ega boʻlishini ta`minlashda;




  • yuklamalarni tanlashda individual qoʻllashni amalga oshirish musobaqa va birinchiliklarda toʻliq qiymatli badan qizdirish mashqlarini amalga oshirishda;




  • toʻliq qiymatli tiklanish uchun passiv dam olishni tashkil qilish, o’z-o’zini

massaj qilishni amalga oshirish, musiqa ostida mashqlar bajarish.


Bu jarayonlarni amalga oshirishda quyidagi omillar katta ahamiyatga egadir:


a) Mashqlar va trenirovkalarni har xil sharoitlarda amalga oshirish (stadion, oʻrmon, park, daryo qirgʻogʻi va boshqalar);





  1. Har xil snaryadlar (koʻkalamzorlashtirish, amartizatsiya beruvchi sun`iy materiallarni qoplash va boshqalar).






1SPORT AND EXERCISE PSYCHOLOGY The Key Concepts Second Edition Ellis Cashmore First published 2002 This edition published 2008.

  1. Tashqi muhitni psixikaga ta`sir qiluvchi omillarini hisobga olish (yoritilganlik, rang, xonalar, musiqa, ionizatsiya, simobli-kvartsli lampalar yordamida polning rangi va boshqalar).

Psixologik tiklantiruvchi vositalar tiklanish jarayonida fiziologik tizimlarni va ish qobiliyatini vujudga kelishini yaxshilaydi. Bunga quyidagilar kiradi:


- ishontirib uyquni keltirish;


- avtogen trenirovka va uning modifikatsiyasi; - muskulni bo’shashtirish;


- maxsus nafas olish mashqlari.


- sog’lom turmush tarzini tashkil qilish va salbiy ta`sir koʻrsatuvchi vositalarni yoʻqotish;


- individual xususiyatni hisobga olib har xil xizmatlarni tashkil etish. Mediko-biologik tiklantiruvchi vositalarga trenirovka va musobaqa davrida ish


qobiliyatini tiklovchilar kiradi.





  1. Katta kompleksli gigiyenik tadbirlar (toʻliq qiymatli ovqatlanish, vitaminlashtirish, biologik qiymatini oshirilgan mahsulotlar, har-xil ovqat aralashmalari, kun tartibi, shaxsiy gigiyena va boshqalar).




  1. Har xil fizioterapiya va balneologik vositalar (elektr, yorugʻlik, issiqlik muolajalari, aero va gidroaeroinizatsiya, togʻ va dengiz iqlimlari va boshqalar).




  1. Xap-xil massaj turlari (qoʻl, apparat, kombinasiyalashgan, oʻz - oʻzini

massaj).




  1. Davolovchi vositalar (kislorod, refleks terapiyalar va boshqalar).




  1. Farmokologik vositalar.

Organizmni tiklanishiga fizikaviy omillar katta ahamiyat kasb etadi (ultrabinafsha nur, suv bilan davolash muolajalari).


Medik-biologik tiklantiruvchi vositalar orasida ayniqsa massaj juda katta ahamiyatga ega.


Massaj qoʻl bilan (davolash, kosmetik, gigiyena va sport) hamda apparat tipiga boʻlinadi. (Vibratsion, gidrovibratsion, pnevmovigratsion, pnevmomassaj, gidromassaj, ultrazvuk massaji, baromassaj va boshqalar) turi massaj qilish turiga


boʻlinadi, hamda kombinirovkaning (birgalikda) bunda qoʻl va apparat massajlari birgalikda qoʻllaniladi.

Sportchilarda sutkada 4 marotabalik ovqatlanish amalga oshiriladi. Musobaqa oldidan 2 kun davomida trenirovkani kamaytirib, koʻproq uglevodli ovqat ratsioni amalga oshiriladi. Nonushta 25 foizni tashkil etadi. Ovqat tarkibida yogʻlar miqdori kamaytirilib, selyulozani miqdori oshiriladi. Tushlik 35 foizni tashkil etadi. Uning tarkibida hayvon oqsili miqdori koʻpaytirilishi kerak (goʻsht) uglevod va yogʻlar ham oshiriladi. Kechki ovqat 25 foizni tashkil etadi. Uning tarkibida sut mahsulotlarini oshirilishi, baliq va butkadan iborat boʻlishi kerak. Asosiy ovqatdan trenirovkagacha 1,5-2 soat oʻtishi lozim (marafon va boshqalarda 3 soat (tezlik va kuch talab qiladigan sport turlarida). Bunda qoʻy va choʻchqa yogʻlari va qovurilgan goʻshtlar uzoq hazm boʻladi (4-5 soat). Qaynatilgan goʻsht 3-4 soat, qaynatilgan baliq 2-3 soat hazm boʻladi. Trenirovkadan va musobaqalardan keyin ovqatni 30-40 daqiqadan keyin iste`mol qilish kerak.





Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish