Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/60
Sana14.03.2021
Hajmi1,57 Mb.
#61549
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yollari (1)

Pedagogik 
tizim 
muhiti 
fazoviy-
predmetli 
aspektalarini 
takomillashtirish 
*mini-kutubxonalar va axborot stendlari tashkil etish; 
*о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorgarlikning 
dastlabki 
shart-sharoitlarini 
shakllantirishga 
yо‘naltirilgan  didaktik  va  kо‘rgazmali  materiallarni 
tanlash va tizimlashtirish; 
Guruhlarda  “ijod  sahnalari”,  “sensor”,  “motorika” 
sahnalarini tashkillashtirish va zaruratga qarab, predmetli 
mazmuni 
dastlabki 
shart-sharoilarni 
rivojlantirish 
maqsadlariga  muvofiq keladigan “nutqli” zonalar tashkil 
etish.  
 
Ta’lim muhiti ijtimoiy aspektlari ta’lim va tarbiya jarayoni qatnashchilari 
о‘rtasidagi  munosabatlarni  qamrab  oladi.  Ularda  nafaqat  bolalar  va  kattalar 
о‘rtasidagi  aniq  о‘zaro  munosabatlar,  balki  yanada  umumiy  maqsadlar  – 
rivojlantirish, tarbiya va ta’lim yо‘nalishlari, uning ijtimoiy ahamiyati aks etadi. 
Pedagoglar, 
ota-onalar 
о‘rtasidagi 
о‘zaro 
hamkorlikdagi 
harakatlar 
insonparvarlik,  bolaning  shaxsiy  xususiyatlarini  bilish  va  ta’lim  integratsiyasi, 
ijobiy  emotsional  muhit,  MTM  ishlari  maqsadlariga  erishishni  ta’minlashga 
yо‘naltirilgan  bolalar  va  kattalar,  jamoa  pedagoglari  о‘rtasidagi  shaxsiy-
oriyentirlovchi  о‘zaro  ta’sir,  о‘zaro  aloqalarni  hisobga  olish  hisobiga 
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish 
maqsadlariga erishiladi. 
Shunday qilib, xususan, har bir MTM mutaxassisi о‘z dasturiy vazifalarini 
hal  etishi,  yagona  ta’lim  muhitida  turli  mutaxassislarning  kasbiy  faoliyat 


84 
tizimining  yig‘indisi  bolarni  maktabda  bilim  olishga  tayyorlash  va  ularni 
ijtimoiylashtirishni umumiy maqsad sifatida kо‘zda tutishi lozim. 
О‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishni  dastlabki  shart-sharoitlarining 
qо‘pqirraliligi va murakkabligi, ular buzilishining tez-tez takrorlanishi - har xil 
soha  mutaxassislarini  ushbu  jarayonda,  ya`ni  ularning  shakllanishi  va 
korreksiyasida ishtirok etishlarini nazarda tutadi. 
MTM  mutaxassislari  tomonidan  bir  birini  tо‘ldiruvchi  majmuaviy  va 
parsial  (majmuaviy  dasturlarning  ayrim  bо‘limlarining  о‘rnini  bosuvchi) 
dastrulardan  foydalanish,  dasturiy  mazmun-mohiyatni  amalga  oshirish  va 
tarbiyalanuvchilarga  beriladigan  о‘quv  yuklamasi  meyorlarining  murakkabligi 
pedagogik  jamoa  xodimlari  о‘rtasida  о‘zaro  aloqalarni  tashkil  etish 
qiyinchiliklarida  о‘z  aksini  topadi.  Bu  esa  ta’lim  tizimi  butunligini  buzadi  va 
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorgarlikning  dastlabki  shart-sharoitlarini 
shakllantirish bо‘yicha majmuaviy ishlarni amalga oshirishga halal beradi. 
Biz  tomondan  tashkil  etilgan  о‘zaro  aloqaning  bosh  maqsadi  -  har  bir 
mutaxassis  potensialidan  foydalanish,  pedagogik  jamoa  barcha  subyektlarining 
intilish, kuch-g‘ayratini birlashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni о‘qish va 
yozishni о‘zlashtirishga tayyorlash ishlarida muayyan faoliyatlarning bir biriga 
aloqasi yо‘qligi, ularning tarqoqligini bartaraf etishdan iborat. Ya`ni, bolalarda 
ushbu kо‘nikmalarni о‘zlashtirishga tayyorlashning dastlabki shart –sharoitlarini 
shakllantirishga majmuaviy yondashishni tashkil etish lozim. 
Yu.K.Babanskiy  majmuaviy  yondashish  mazmun-mohiyatini,  avvalo, 
pedagogning  tarbiyaviy-ta’limiy  harakatlari,  birinchidan,  bola  shaxsining 
umumiy shakllanishi, ikkinchidan, uning maqsadli yо‘naltirilgan ta’sirlariga olib 
boruvchi  bir  butun  tizimga  integratsiyasiga  yо‘naltirilishida  kо‘rdi.  Bunga  esa 
pedagog jamoa a’zolari о‘rtasida о‘zaro aloqalarni tashkil etishga transdissiplinar 
yondashilgandagina  erishish  mumkin
1
.  T.N.Simonova,  A.A.Ushakovalarning 
“Serebral  paralich  bolalarni  reabilitatsiya  qilish  individual  dasturini  ishlab 
chiqishga  transdissiplinar  yondashish  asoslari”  tahliliga  asosan  biz  о‘qish  va 
                                                           
1
 Бабанский Ю.К. Оптимизация учебно-воспитательного процесса – М.: 1982. – Б. 216. 


85 
yozishni о‘zlashtirshning dastlabki shart-sharoitlarini shakllantirish yо‘nalishida 
pedagogik tizim subyektlarining о‘zaro aloqasini tashkil etish modelini tuzdik
1

Pedagogik  tizim  subyektlari  о‘rtasida  о‘zaro  aloqalarni  tashkil  etishga 
transdissiplinar  yondashish  mohiyati,  bizning  nazarimizda,  jamoaning  har  bir 
a’zosiga  uning  oldida  turgan  dasturiy  vazifalarni  hal  etish  boshqa 
mutaxassislarning  dasturiy  ta’minoti  potensial  imkoniyatlaridan  foydalanish 
imkonini beradi, bu bilan shakllanayotgan funksiya, kо‘nikma yoki jarayonlarga 
ta’sir kuchayadi. 
Buning  uchun  biz  tomondan  ta’lim  jarayoni  ishtirokchilarining  о‘zaro 
hamkorikdagi  harakati  tizimi  ishlab  chiqildi,  bu  tizimda  uslub  va  psixologik-
pedagogik chora-tadbirlar hajmi mutaxassislar guruhi tomonidan amalga oshirildi 
(faol guruh tomonidan). Bolalar potensialini hamkorlikdagi tahlili ularda kerakli 
funksiyalar,  kо‘nikmalar  va  jarayonlarni  rivojlantirish  chora-tadbirlari  optimal 
rejasini ishlab chiqish imkonini berdi. Guruh tarkibiga kiruvchi mutaxassislarning 
davriy  yig‘ilishlarida  faol  guruh  a’zolarining  ish  samaradorligi  baholandi, 
rejalarga  tuzatishlar  kiritildi,  amalga  oshirilgan  muayyan  ishlar  yakuni  kо‘rib 
chiqildi.  Guruhlar  soni,  ulardagi  ishtirokchilar  soni  va  profili  (sohasi)  biz 
tomondan ajratib kо‘rsatilgan ish yо‘nalishlari va hal etilishi talab etiladigan aniq 
vazifalar bilan aniqlandi. 
Mutaxassislar  guruhi  oldida  turgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal  etish 
uchun  uning  koordinatorlari  belgilandi.  Har  bir  faol  guruhda  bu  funksiyani 
shakllanayotgan jarayonlar va kо‘nikmalar sohasida puxta bilimga ega bо‘lgan 
mutaxassis  bajaradi  va  u  rivojlantirish  borasidagi  vazifalarni  guruhning  har  bir 
a’zosi  ishiga  “translyatsiya  qiladi”,  ya`ni  muayyan  vazifalarni  kо‘chiradi. 
Koordinator vazifalariga guruh a’zolarining dasturiy ta’minotini tahlil qilish, ish 
bosh  rejasini  tuzish,  belgilangan  vazifalar  yuzasidan  konsultatsiya  berish  va 
taqsimlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish kiradi. 
                                                           
1
  Симонова  Т.Н.,  Ушаков  А.А.  Основы  трансдисциплинарного  подхода  к  разработке  индивидуальной 
программы  реабилитации  детей  с  церебральными  параличами.  Труды  Астраханской  государственной 
медицинской академии. Астрахань, 2000,Т.19. – Б. 137-142. 


86 
Shunday  qilib,  eksperiment  о‘tkazilgan  MTMning  barcha  mutaxassislari 
nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarda  о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga 
tayyorgarlikni  shakllantirishning  barcha  bosqichlarida  butun  faoliyatlari 
davomida qatnashadilar. 
 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish