Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“PEDAGOGIKA TAʼLIM
I RIVOJI
–
TARAQQIYOT
STRATEGIYASI DRAYVERI”
MAVZUSIDA
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
www.TDPU.uz
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“PEDAGOGIKA TAʼLIM
I RIVOJI
–
TARAQQIYOT
STRATEGIYASI DRAYVERI”
MAVZUSIDA
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
www.TDPU.uz
Ta’lim jarayonida boshqaruvning psixologik jihatlari.
Muxiddinov G‘ayratjon Saloxiddin o‘g‘li
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Talabalarni turar joy
bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi
Bugungi kunda rahbar nafaqat bir tashkilotning yetakchisi, avvalo o‘zining faoliyati
va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo‘lishi, yuksak intellektual tafakkur
sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib
yashaydigan, qat’iyatli shaxs bo‘lishi lozim.
Rahbar ta’lim muassasasi boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu
esa undan ilg‘or tajribalarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib o‘z
faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvni talab qiladi.
Agar rahbarda boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim, tajriba, pedagogik
mahorat, ko‘nikma va malakalar yetarli bo‘lmasa ta’lim jarayonini boshqarishda
vujudga keladigan turli muammolarning o‘z vaqtida, oqilona yechimini topishda uning
ojizligi sezilib qoladi. Ularning oldini olish hamda pedagogik xodimlar faoliyatini
takomillashtirish va natijada o‘quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan
biri rahbar boshqaruv faoliyatining ilmiy asosda tashkil etish hamda faoliyat
jarayoniga ta’sir etuvchi jamoadagi jobiy psixologik muhitni yarata olish maqsadga
muvofiqdir.
Muassasa rahbari psixolog sifatida turli toifadagi, fel-atvordagi xodimlar bilan
doimiy muloqotda bo‘lar ekan, uning psixologik bilimlardan yaxshi xabardor bo‘lishi
va psixolog sifatida qo‘lostidagi xodimlari oldida o‘zini tuta bilishi, o‘qituvchilariga
o‘zi tutgan yo‘lini faqat tushuntirish emas, balki ularning fikrlarini tinglay olishi,
hamfikr, hammaslaklikni to‘g‘ri qo‘llay olishi lozimdir. Rahbar qabuliga kelgan har
bir fuqaroning fikrini to‘liq eshitish, tegishli javoblarni fuqaroning shaxsiyatiga
tegmasdan, bosiqlik bilan tushuntirib, savolga javoblarni berish talab etiladi.
Rahbar shaxsi boshqaruvning psixologik usullariga ega bo‘lishi zarur, ya’ni, bu
Do'stlaringiz bilan baham: |