2.Bolalarning bog‘langan nutqi bosqichini о‘rganish.
Metodik kо‘rsatmalar.
Bog‘liq nutq darajasini о‘rganish uchun «Matnni qayta sо‘zlab berish» metodikasidan foydalaniladi. Bolalarga katta bо‘lmagan notanish hikoya yoki ertakni eshitish taklif qilinadi. Bolalarning qayta gapirib berishi yozib olinadi va quydagi kо‘rsatkich asosida taxlil etiladi. (2-jadval).
2-jadval.
Matnni tushunish
|
Bola asosiy fikrini tо‘g‘ri ifodalay oladimi.
|
Matnni tuzish
|
Qayta sо‘zlab berish matnini aniq va ketma-ket qurish qobiliyati.
|
Leksika
|
Matn leksikasini qо‘llashning tо‘liqligi, muallifning ifodaviy materiallarini о‘ziniki bilan almashtirish
materiallarini о‘ziniki bilan almashtirish.
|
Grammatika
|
Gap tuzishning tо‘g‘riligi, qо‘shma gaplarni qо‘llash qobiliyati.
|
Nutq ravonligi
|
Qayta - gapirish jarayonida pedagog tarafidan aytib turish holatining mavjudligi yoki mavjud emasligi, matnni qayta о‘qish zarurati.
|
Har bir kо‘rsatkich alohida baholanadi. Matnni qayta aytib berishning eng yuqori bahosi - 10 ball, 2 ball - tо‘g‘ri aytib berish; 1 ball - matndan ahamiyatsiz darajada chetga chiqish, grammatik xatolar, uzun pauzalarning yо‘qligi, aytib berishlarning kamligi;
0-ball - notо‘g‘ri qayta aytib berish. Matn tuzilishining buzilishi. Matn tuzilmasining nuqsoni, leksikaning kambag‘alligi, pauzalarning kо‘pligi, aytib berib turishga muxtojlik.
Shunday qilib, 10 ball baholash matnni aytib berishning yuqori darajasini kо‘rsatadi, 5 ball о‘rta darajani, 5 balldan past baho - past darajani kо‘rsatadi.
3.Bolalarning lug‘at boyligini о‘rganish.
Metodik kо‘rsatmalar.
Bolalarning nisbatan aniq sо‘zni tanish, umumlashtiruvchi sо‘zlarni qо‘llash qobiliyatini aniqlash zarur.
topshiriq.. tushuncha tasnifi.
Material: hayvonlar, kiyimlar, о‘yinchoqlar, mevalar,
sabzavotlar, transportlar kо‘rinishli 30 ta rasm. Pedagog bir necha rasmlarni umumlashtyruvchi tushunchani aytadi va tekshirilayotgan boladan tushunchani izoxlashni sо‘raydi, keyin muvofiq keluvchi rasmlarni ajratish topshiriladi. Masalan, hayvonlar qiyofasi bor rasmlarni ajratish.
Har bir topshirikda tо‘g‘ri tanlangan rasmlar soni aniqlanadi, har bir tо‘g‘ri tanlovga 1 ball beriladi. Notо‘g‘ri tanlov 0 ballga baholanadi. Yuqori baho 30 ball.
2-topshiriq. Antonimlar tanlovi.
«Aksini ayt» о‘yiniga о‘xshash shaklda о‘tkaziladi. Bolaga aytilgan sо‘zning qarama-qarshi ma’noli sо‘zni topish taklif qilinadi. 10 ta sо‘z beriladi (masalan: gamgin-quvnoq, yosh-qari, ingichka-qalin, qо‘rqoq-jasur, past-baland, yaqin-uzoq, qulmoq- yig‘lamoq, yugurmoq-turmoq, gaplashmoq-indamaslik).
Yuqori baho 10 ball tо‘g‘ri aytilgan antonim uchun, 0 ball notо‘g‘ri bajarilgan topshiriq uchun beriladi.
3-topshiriq. Sinonimlarni aniqlash.
«Boshqacha ayt» о‘yini kabi о‘tkaziladi. Bola aytga sо‘zga yaqin ma’noli sо‘zni aniqlashi zarur: 10 sо‘z biladi (masalan; quvnoq, qari, katta, qо‘rqoq, botir, yurmoq, yugurmoq, gapirmoq, kulmoq, yig‘lamoq).
Yuqori baho 10 ball. 1 ball tо‘plangan sо‘z, 0 ball notо‘g‘ri sinonim aytilgan bо‘lsa.
4-topshiriq. Aniqlovchilarni aniqlash.
Sо‘z о‘yini shaklvda о‘tkaziladi. Bolagi aytilgan sо‘zga imkon qadar kо‘p sifatlovchi topish taklif qilinadi. 5 ta sо‘z beriladi: koptok daraxt, olma, it, odam. (masalan: daraxt. U qanday? U haqida yana nima deyish mumkin? U yana qanday bо‘lishi mumkin?).
Yuqori baho-10 ball. Semantik jixatdan muvofiq keluvchi 3 ta aniqlangan sо‘zga 2-ball, 3 sо‘zdan kam aniqlansa-1ball, javob notо‘g‘ri bо‘lsa - 0 ball.
Lug‘at boyligini aniqlashga qaratilgan 4 ta topshiriqni bajarib bо‘lgach, umumiy baho hisoblanadi. Bolaning lug‘at boyligining yuqori darajasi 60 ballga, о‘rta darajasi 35-50 ballga, 35 balldan kami past darajaga tо‘g‘ri keladi.
4.Nutqning grammatik jihatini о‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |