Nutqning yо‘qolishi- bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida mavjud nutqiy kо‘nikmalar va kommunikativ malakalarni yо‘qolishi.
Tanglay yoriqliklari- yumshoq yoki qattiq tanglay tuzilishidagi tug‘ma anomaliyalar. Anomaliyalarning namoyon bо‘lish darajasiga qarab , ochiq yoki yopiq (submukoz)tanglay yoriqliklari farqlanadi. Tanglay yoriqliklari og‘ir nutqiy nusonlarni keltirib chiqaradi: ovoz burunlanib chiqadi,kо‘p tovushlarning talaffuzi buziladi, nutq tushunarsiz bо‘ladi. Tanglaydagi yoriqliklar bevosita xirurgik yо‘l bilan davolanadi. Xirurgik operatsiya imkoniyati bо‘lmaganda, yumshoq yoki qattiq tanglaydagi yoriqliklar maxsus tayyorlangan protezlar bilan bekitiladi.
Reabilitatsiya-organizmning turg‘un buzilishlari,salomatlikning buzilishi oqibatida kelib chiqadigan hayotiy imkoniyatlarni chegaralanganligini bartarf etish yoki kompensatsiyalashga yо‘naltirilgan bir butun tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy- iqtisodiy tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: |