Psixoterapiyani korreksion pedagogikada qо‘llash imkoniyatlari
Sо‘nggi yillarda korreksiyaning shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy –psixologik qonunuiyatlarini qо‘llashga asoslangan psixologik metodlarini jadal rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda psixoterapiyaning notibbiy modellari, xususan, psixologik modeli paydo bо‘ldi.
Maxsus maktablar amaliyotida psixterapiyaning roli haqida gapira turib, shuni qayd etish lozimki, psixoterapiya keng ma’noda defektolog – pedagoglarning faoliyatida har doim mavjud bо‘lgan. Har qanday maxsus о‘quv muassasasidagi bolalarda birlamchi nuqsondan tashqari, ikkilamchai shaxsiy va xulq – atvor buzilishlari, intellekt buzilishdari, hissiy va psixoseksual rivojlanishdagi buzilishlar mavjud bо‘ladi. Shunga bog‘liq ravishda о‘qituvchilar va tarbiyachilar kо‘pincha psixoterapevtik metodikalarga murojaat qilishadi. Psixoterapiya va korreksion pedagogika о‘rtasidagi о‘xshashlik shundaki, bunda kattalar tomonidan rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning boshqarilishi bо‘lib, bunda maxsus sharoit yaratiladi va og‘zaki ta’sir etish metodlaridan foydalaniladi. Shu bilan birgalikda kо‘p hollarda psixoterapevtik ta’sir kо‘rsatish anglanmagan subyekt tomonidan psixikaga bevosita ishontirish orqali ta’sir etilishiga tayanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar 8 turdagi ( yordamchi maktablarda ) maxsus ta’lim muassasalarida psixterapevtik xizmatni tashkil etish zaruratini ta’kidlaydi. Ma’lum psixoterapevtik usullarni tanlash bolalarning intellektual va shaxsiy xususiyatlariga, ularning ijtimoiy rivojlanish sharoitlarining о‘ziga xosligiga bog‘liq bо‘ladi.
Intellektida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning ishonuvchanligini namoyon bо‘lish darajasini tadqiq qilishda shu narsa aniqlandiki, kuchli ishonuvchan bolalar guruhini ( 24%) tashkil etgan bо‘lsa, sо‘zli ishontirishga umuman ta’sir kо‘rsatmaydigan bolalar guruhini ham yetarlicha katta qismi ( 22%) tashkil etib, bu oligofren bolalarni ta’lim tarbiyasi va ijtimoiy moslashishidagi qiynchiliklarning asosiy sababi hisoblanadi.
Ishontirishni mantiqiy qurilmalarni idrok qilish qobiliyati past, shaxsiy – irodaviy sohasidagi nuqsonlar yaqqol namoyon bо‘lgan bolalarga nisbatan qо‘llash zarur. Pisxoterapiya yordamida bola oldiga о‘zi amalga oshira olmaydigan maqsadlarni qо‘yish mumkin; atrofdagilar bilan munosabatini yaxshilash va о‘rnatish; yashirin imkoniyatlarini ochish; haqiqiy hayotda va ziddiyatli vaziyatlarda о‘zini boshqarishni о‘rgatish mumkin va hakozo.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan psixokorreksion ishlar ularni maxsus maktabga kelgan vaqtidan boshlaboq boshlanishi va ikkita asosiy vazifani bajarishi kerak- ulardagi maxsus yetilmagan funksiyalarni bartaraf etish va individual va shaxslararo muammolarini barataraf etishga xizmat qilishi kerak. Demak, kichik maktab yoshidagi ruhiy rivojlanishi sustlashgan о‘quvchilarda maqsadga yо‘naltirilgan о‘yinli faoliyatni qо‘llash ularda о‘qishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga, sinfdoshlari va о‘qituvchilar bilan muloqot qilish kо‘nikmalarini muvoffaqiyatli egallashga, bolalarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini ortishiga xizmat qiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashagn bolalarga mо‘ljallangan maxsus maktab internatlardagi shrta bо‘g‘in bolalari bilan psixokorreksion ishlarda korreksiyaning ijtimoiy psixologik trening kо‘rinishidagi individual va guruhli metodlari qо‘llaniladi, ular о‘quvchilarda о‘zlarini qadrlash, boshqalar shaxsini harmat qilish, о‘zini tо‘g‘ri tutish kо‘nikmalarini shakllantirishga yо‘naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |