Murakkab (mujassam) nuqson- ma’lum bir bog‘liqlikdagi nutqsonlar, masalan,nutqiy va kо‘rishdagi kamchiliklar va boshqa qо‘shilib keladigan nuqsonlar.
Tovushlarning almashtirilishi- u yoki bu tovushni talaffuz qila olishiga qaramasdan,bu tovushlarni nutqda almashtirishi bilan anmoyon bо‘ladigan nutq buzilishi ( masalan: ”shapka” о‘rniga sapka, “rom” о‘rniga lom ). Tovushlarning almashtirilishi – fonetik tizimni egallash jarayoning buzilishidan darak beradi. Bu jarayon meyorda 4-5 yoshda tugaydi. Bu vaqtga kelib bolalar tomonidan barcha tovushlar ravon talaffuz qilinadi va farqlanadi. Savodga о‘rgatish ta’sirida tovushlarni almashtirilishining 60% dan ortig‘i maxsus logopedik aralashuvsiz bartarf etiladi. Ammao, holat yuz bermasa, tovushlarning almashtirilishi, disgarfiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |