Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


-mavzu. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 2,16 Mb.
bet20/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

4-mavzu. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari



REJA:

1. Eshitishi qismani pasaygan zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriladigan ish logopedik ta’sir

2. Zaif eshituvchi bolalarda nutqning lug‘at va grammatik tizimini buzilishi.

3. Zaif eshituvchi bolalarda yozma nutqningi buzilishi



Tayanch iboralar: Fonetik-fonematik buzilishlar, zaif eshituvchi bola, karlik, endogen, ekzogen, fonema.

Eshitishi qismani pasaygan zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriladigan ish logopedik ta’sir samarali qо‘llanishi mumkin.

F.F. Rau, L.V. Neyman va V.I. Beltyukovlarning ta’riflashicha, "zaif eshitish deb eshitishning shunday pasayishiga aytiladiki, bunda nutqni idrok qilishda qiyinchiliklar tug‘iladiki, biroq maxsus yaratilgan shart sharoitlarda (ovozni kuchaytirish, gapiruvchining bevo-sita quloqqa yaqin kelishi, tovush kuchaytiruvchi asboblarni qо‘llash, va hakozo) eshitishi yordamida nutqiy muloqotga kirishish har holda mumkin bо‘ladi ."

Zaif eshituvchi bolalarni karlardan farqli ravishda zaif eshituv-chilar deb nomlash qabо‘l qilingan (karlar uchun tovush kuchaytirgich asboblar qо‘llanilsa ham nutqni idrok qilish imkoniyati bо‘lmaydi).

Eshituvchining yaqqol va turg‘un pasayishi nafaqat nutqni idrok qilish, balki ekspressiv nutqning buzilishiga (yoki rivojlan-masligiga) ham olib keladi. Bu holda, har bir aniq holatda ekspressiv nutqning buzilishi (rivojlanmaganligi) darajasi eshitishning pasayishi darajasiga (daraja qanchalik og‘ir bо‘lsa shunchalik yomonlashadi), zaif eshitishning boshlanish vaqtiga, bola rivojla-nishining shart-sharoitiga (nutqning rivojlanishi va saqlanishi bо‘yicha maxsus choralarni qо‘llash uning birmuncha yaxshi holatini ta’minlaydi) bog‘liq bо‘ladi.

Eshituvi pasaygan bolalar uchun bevosita eshitish kamchiligi bilan bog‘liq nutq komponentlarining (tarkibiy qismlar) shakllanma-ganligi xosdir. U nutqning barcha tomonlarini qamrab oladi. Biroq, zaif eshituvchilarda eshituv funksiyasi holati bilan bog‘liq bо‘lmagan nutqiy kamchiliklarning shakli ham kuzatiladi. Bо‘lar duduq-lanish; nutq tempining buzilishi, rinolaliya, optik disgrafiya va disleksiya, dizartriya, mexanik dislaliya, ovoz buzilishi, alaliya, erta bolalar afaziyasi.

Fonetik-fonematik buzilishlar

Fonematik tizimning normal faoliyat kо‘rsatishi barcha nutq tovushlarining bexato eshituv differensatsiyasi imkoniyatini (akustik jihatdan yaqin tovushlarni qо‘shganda ham) va ularning tо‘g‘ri talaffuzini kо‘zda tutadi. Fonetik tizim holatini harakterlovchi bu ikki tomon, erta paydo bо‘lgan zaif eshitishda normal shakllana olmaydi.

Zaif eshituvchilarda nutq tovushlarini eshitish differensatsiyasi, eng avvalo, ular tomonidan idrok qilinuvchi tovushlar chastotasi diapazonining chegaralanganligidan aziyat chekadi. Bundan tashqari, bolalarda nutq-eshituv analizatorining markaziy bо‘limida analitik-sintetik faoliyatning ikkilamchi rivojlanmasligi kuzatiladi. Bu eshituv ta’sirlovchilarining periferiyasidan kelib tushuvchi "sifatsizlik"dan kelib chiqadi (tovushlarni eshitib idrok qilishning butunlay yо‘qligi yoki ularning barcha formantlarini ham idrok qilmaslik).

Birinchi darajadagi zaif eshituvchi bolalar quloq suprasi yaqinida, odatdagi suhbat balandligidagi ovozda talaffuz qilingan 75% kо‘p bо‘lmagan undoshlarni farqlaydilar. Bunda quloqdan 0,5 m. masofadagi uzoqlikda undoshlarni farqlash 60% gacha pasayadi, 2m. masofada esa hatto 40% gacha farqlash imkoniyati pasayadi, bunday sharoitda bog‘langan nutqni idrok qilish imkoniyati faqat nutqni tо‘liq egallagan bolaning о‘zida mavjud bо‘lgan sо‘z va iboralarning yaxlit obraziga tayanganligi sababligina sodir bо‘ladi. Bunda bola sо‘z va iboradagi yetishmaydigan qismini anglaydi (kо‘pincha xato anglaydi). Agarda bola mukammal nutqga ega bо‘lmasa, bunday anglash imkoniyati bо‘lmaydi. Shu sababli bir xil darajadagi (biroq nutqiy rivojlanishi turli darajada bо‘lgan) zaif eshituvchi bolalar nutq tovushlarini turlicha payqaydilar. Aynan xuddi shu sabab tufayli bir xil darajadagi zaif eshitish holatida tovushlarni eshitish differensatsiyasi holati birinchi bо‘lim о‘quvchilariga qaraganda II bо‘lim о‘quvchilarida nisbatan yomonroqdir. Biroq L.G. Parmonova tadqiqotlariga muvofiq hatto zaif eshituvchilar maktabining birin-chi bо‘limida ham 78% dan kо‘proq yuqori sinf о‘quvchilari 4dan 45 juftgacha undosh tovushlarni eshitib farqlamaydilar. Ayniqsa, sirg‘aluvchi s va z tovushlarini farqlash qiyin kechadi. Boshqa fonetik guruhga kiruvchi undosh tovushlarni eshitib farqlash birinchi bо‘lim о‘quvchilari uchun unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.



II bо‘lim zaif eshituvchi о‘quvchilari uchun aynan sirg‘aluvchi va shovqinli tovushlarni idrok qilish birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari, toza akustik xususiyatlar, bu tovushlar talaffuzida" nisbatan kech farqlana boshlanishidan dalolat beradi. Bu yerda nutq harakat analizatorining nutq eshituv analizatoriga tormozlovchi ta’siri kuzatiladi.

Demak, nutq tovushlarini eshitish differensatsiyasining holati zaif eshituvchilarda, birinchi bо‘lim singari II bо‘lim xususiyatiga kо‘ra shunday - u, bolalarning tovush talaffuzini mukammal о‘zlash-tirishini (keyinchalik yozuvni ham) ta’minlay olmaydi.

Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzining shakllanishi nutq eshituv analizatorining mukammal emasliga tufayli normaga qaraganda ma’lum miqdordagi kamchiliklar bilan kechadi. Nutq eshituv analizatori nutq-harakat analizatoriga nisbatan о‘zining "yetakchi roli"ni kerakli darajada amalga oshirolmaydi. U yoki bu nutq tovushini eshitib idrok qilish yoki uni о‘xshash tovushlardan farqlab olish imkoniyatining yо‘qligi tufayli.bola mustaqil, bu tovushlarning tо‘g‘ri artikulyatsiyasini ham egallay olmaydi. Bundan tashqari, zaif eshituvchi bolalarda nutq harakat analizatori qurilishi va faoliyatida buzilishlar bо‘lishi mumkin va bu tovush talaffuzidagi kamchiliklarga asos bо‘ladi.

Tovush talaffuzi buzilishi ayniksa II bо‘lim zaif eshituvchi о‘quvchilarida kо‘p uchraydi. Buning ustiga nafaqat undosh tovushlar, balki unlilar ham buziladi. Biroq, L.G.Paramonovaning ma’lumotiga kо‘ra, zaif eshituvchilar maktabi birinchi bо‘limida, hatto yuqori sinflarida tovush talaffuzi kamchiliklari mavjud. II bо‘lim zaif eshituvchilari singari bu yerda ham tovush talaffuzining polimorf buzilishlari holati kо‘proq. Bunday buzilish tovushlarning kо‘pgina fonetik guruh,ini qamrab oladi. (har bir о‘quvchiga 11tadan notо‘g‘ri talaffuz qiluvchi tovush tо‘g‘ri keladi). Birinchi bо‘lim eshituvchilarida nafaqat artiqо‘lyatsiyey jihatdan murakkab tovushlar, balki, nisbatan artiqо‘lyatsiyey jihatdan oddiy undoshlar talaffuzi ham buziladi_ (lab-lab, lab-tish, til oldi t,d,n va boshqalar)/

Birinchi bо‘limda II bо‘limga qaraganda unli tovushlar talaffuzida kamchiliklar kamroq kuzatiladi. Uning asosida faqat nutq - eshituv analizatori emas, balki bir vaqtning о‘zida nutq -harakat analizatori ishining mukammal emasligi yotadi. Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzi buzilishining uchta asosiy shaklini ajratib kо‘rsatish mumkin:

1.Nutq apparati sensor bо‘limining yetishmovchiligida, ya’ni eshituv analizatorining tulikqsiz faoliyatida bir nutq tovushini boshqasi bilan almashtirish harakterli, ("gilos" о‘rniga "giloz","soat" о‘rniga "shoat"). Tovushlarni almashtirishga ¬qaraganda ularni bо‘zib talaffuz qilish birmuncha kam kuzatiladi. Bu ularni boshqa tovushlardan aniq eshitib farqlash imkoniyatining yо‘qligi yoki moye keluvchi tovush chastotalarining parsial tushishi tufayli, ularni eshitib idrok qilishi imkoniyatining butunlay yо‘qligi bilan botik. Tovush talaffuzi buzilishining sensor shaklida, nutq apparati motor bо‘limining tо‘zilishi yoki ishlashida normadan chetga chikish odatda kuzatilmaydi. Bolaning og‘zaki nutqida mavjud tovush almashtirishlar, odatda yozuvda ham moye keluvchi harflarni almashtirish kо‘rinishida aks etadi.

Zaif eshituvchilar maktabining quyi sinflarida tovush talaffuzi buzilishining bunday shakllari odatda birinchi о‘rinda turadi.

2. Nutq apparati motor bо‘limining yetishmovchiligi okibatida, ya’ni artiqо‘lyatsiyey organlar tо‘zilishi yoki ishlashdagi kamchiliklar. Buzilish odatda tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz qilishi bilan ifodalanadi. (tisharo "s" va boshqalar)

3. Bir vaqtning о‘zida ham sensor, хam motor yetishmovchilikka asoslangan tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli. Bunday hollarda, bir bolaning о‘zida ayrim tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar о‘xshash fonemalarni (s-z) eshitib farqlash imkoniyatining yо‘qligi bilan bog‘liq bо‘lsa, boshqa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulyatsion apparat tо‘zilishi yoki ishlashidagi kamchiliklarga bog‘liq bо‘ladi (masalan, "r" tovushini buzilib talaffuz etish til yuganchasining kaltaligi sababli yoki tisharo "s" til uchi mushaklarining falaji sababli). Gohida bir bolaning о‘zida aynan bir tovushlarni bо‘zib talaffuz etish, bir vaqtning о‘zida ham motor, ham sensor kechadi. Bunda ma’lum tovushni talaffuz qilish uchun muhim bо‘lgan artikuilyatsion harakatlarni bajarish imkoniyatining yо‘qligi, uni akustik jihatdan yaqin tovushlardan eshitib farqlash imkoniyatining yо‘qligi bilan qо‘shilib keladi.

Zaif eshituvchi bolalarda tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli kо‘p uchraydi.

Demak, zaif eshituvchilarda fonetiko-fonemktik buzilishlar, kо‘pgina nutq tovushlarini eshitib farqlashdagi yaqqol ifodalangan qiyinchiliklar va kо‘p hollarda murakkab sensomotor buzilishiga asoslangan tovush talaffuzining polimorf buzilishlarida namoyon bо‘ladi.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish