Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha barqarorligi, anglanganligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bilan oladi, ancha chuqur va kuchli bolib qoladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik, ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi. Darslarda va tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlarda ular quvnoq va tetik boladilar.
Bunday holat esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma bolib hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional hayoti ta’lim va tarbiyaning ta’siri ostida ancha kengayadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farqli ravishda kichik maktab davrida hislarning yo‘nalganligida katta tabaqalanish yuzaga keladi.
Bu yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari ularning faoliyatida namoyon boladi va rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarining har bir faoliyat natijalariga baho bera oladilar. Baho kishida qoniqish va qoniqmaslik hislarini yuzaga keltirishi mumkin bolib, bu hislar bolani yaxshi o‘qishga ruh- lantiradi. Ba’zan past baho olish orqali yuzaga kelgan salbiy hislar chuqurlashib, o‘qituvchining noto‘g‘ri reaksiyasi va kattalarning doimiy tanbeh va tanqidlari oqibatida bolaning xarakter xislati- ga aylanib qolishi mumkin. Boshlanglch sinf o‘quvchilarining faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga yordam beruvchi asosiy hislardan biri intellektual hislardir. Odamning aqliy faoliyati bilan bogliq bolgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqish, taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsiz- lik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga kiradi.
Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tugll- ganida, vazifa va masalalarni hal qilish choglda, biror yangilikni o'zlashtirish va bilish choglda paydo boladi va his qilinadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari bilish jarayonida rivojlanadi. O‘quv faoliyatida bolalar katta hajm- dagi bilimlar va faktlarga duch kelib, ular bolalarda taajjublanish, ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib, qiziquvchanlik, urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos boladi. O‘qish jarayonida yoshi kattalashib, tajribasi orta borgan sari, oqilona urinchoqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning ilmiy tadqiqot ishlari bilan samarali shug'ullanishini rag‘batlantiradi. Bilishga qiziqish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bolgan xususiyatlardandir. Bilishga qiziqish kichik maktab davrida o'ziga xos yo‘nalishni oladi. Ular har bir o‘rgangan narsalariga taajjublanish bilan qaraydilar.
Respublikamizda M.G.Davletshin rahbarligida M.A.Maqsudova tomonidan «Birinchi sinf o‘quvchilarida ta’lim jarayonida bilishga oid qiziqishlarning o‘sishi» mavzuida ilmiy tadqiqot olib borilgan1.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quv yilining boshida o‘quvchilar o‘z qiziqishlarini «yoqadi», «yaxshi ko‘raman» kabi umumiy motivlar bilan namoyon qilsalar, 1-sinf o‘quvchilarining o‘qish faoliyatidagi muvaffaqiyatlari munosabati bilan ularning bu faoliyati mazmuni naqadar o'qishga berilishida aks etar ekan. O‘quv yilining oxirida bolalar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan faoliyat turlari — konstruktorlik, mehnat turlari bilan qiziqa boshlaydilar. 1-sinf o'quvchilari bilish qiziqishlarini samarali rivojlanish shart-sharoitlari ta’limda samarali metodlarni qo‘llashga bog‘liqdir. Jumladan, mashq va vazifalarning mazmunini tanlash, o‘quvchilarning darsdagi diqqatini faollashtirish, ishning o‘yin shakllari, musobaqa turlari va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |