Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat



Download 90,88 Kb.
bet11/13
Sana22.04.2022
Hajmi90,88 Kb.
#574396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SHODIYA

Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat.
Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bolishi mumkin bolgan alohida shaxs sifatida munosa­batda boladilar. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini tola his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o'zgarishiga asos boladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituvchiga ishonch hissi bolib, bunda o‘qituvchining o'quvchiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o‘qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh uruglarining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, bolalar. O‘qituvchining har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, ki­chik maktab yoshidagi o'quvchilar rivojida yetakchi bolgan o‘quv faoliyati o‘qituvchi shaxsi va o‘quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda kattadir.
Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan mu- nosabatlarida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan boladi. Bunga sabab bir tomon­dan o‘qituvchining doimiy ravishda unga ko'rsatadigan faol ta’siri bolsa, ikkinchi tomondan o‘quv jamoasining ko‘rsatadigan ta’siridir1. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravish­da normativ talablar qo‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va tevarak atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta o‘zgarishlar boladi. Oilada endi bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari bolgan shaxs sifatida qabul qilinadi va bu o‘z-o‘zidan bola bilan bolgan munosabatlarda o'z aksini topadi. Atrofdagilar bilan mu­nosabatda esa bola o‘z «Men»ini namoyon etishga harakat qila­di. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar ta’sirida bolaning individual xulq-atvori shakllanadi. Faqat o'qituvchigina o‘quvchisiga turli qat’iy talablar qo‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, bolaning ijtimo- iylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar — ijtimoiy mako- ni tizimida standartlashuviga olib kela oladi. O‘qituvchining muno- sabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bolib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiyfaollikdir. O‘qituvchining dars jarayonida har bir o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatishi uchun qulay imkoniyati bor. O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. «Bolakat- ta» munosabati «bola-ota-ona» munosabatidan tashqarida yuza­ga keladi. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini toliq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ular­ning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlanglch sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga tola amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi.


Download 90,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish