Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 90,88 Kb.
bet10/13
Sana22.04.2022
Hajmi90,88 Kb.
#574396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SHODIYA

Taajjublanish hissi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda bun­day his ularga qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror nar­sa ta’sir qilganida tug‘iladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kutmagan voqealar sodir bo‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o‘tadi. Bu hoi samarali bilish faoliyatining doimiy yo‘ldoshidir. «Voqealarni ku­zatib borayotganimizda biz o‘zimizda tug‘ilgan hislardan mamnun bo‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir (D. R. Dekart).
Kutilmagan bir narsa sababli tug‘ilgan taajjublanish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni dastlabki qarashda kam uchraydigan va odatdan tashqari bolib ko‘ringan narsalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirishga majbur etadi. Shunday qilib, taajjublanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hodisalarni bilishga g'oyat dara­jada rag‘batlantiradi.
Hayron qolish hissi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda hayron qolish hissi kuchli bo‘lib, tushuntirilayotgan yangi mate­rialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiy- nalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bo‘lib tur- gan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda bolada hayron qolish hissi tug'iladi. Bu his ham kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga yo‘llovchi kuchli vositadir.
Ishonch hissi. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab yoshidagi bolalarning tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xu­losalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bolganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.
Shubhalanish hissi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida tug‘ iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bolib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har to- monlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. «Samarali ilmiy faoli­yat uchun doimo shubha bilan qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur» (I.P. Pavlov). Bu hislar bola qiyinchiliklarni yengib, o‘z ishida malum muvaffaqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravish­da rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bola o‘qish va yozishni bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani yechishni o‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. O‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bolish hissini iloji boricha ko‘proq yuza­ga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlanglch sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Ki­chik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari uning bi­lish qiziqishlari bilan bogliqdir. Boshlanglch sinf o‘quvchisi nima bolganiga, qayerda, qachon va qanday qilib bolganiga juda qiziqa- di, shuningdek, uni «Nima uchun boldi?» savoliga javobga nisbatan shu voqea bilan bogliq bolgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u o‘qib berishga yoki yozib berishga qolqib, uyalib xijolat tort-sa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish kerak, ana shunda u tortinmaydigan bolib qoladi. Qayta-qayta doskaga chiqaverish natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat bu-tunlay «so‘nib qolishi» va yo‘q bolib ketishi mumkin.
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorlana berishi emas, balki odamning salbiy kechinmalardan qutulish istagi muhim rol o‘ynaydi.
«Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez olib ketadigan hislarga ya’ni, bolaga bir xilda ta’sir qiluvchi va mazmuni chuqur bo‘lmagan obyektlar sababli tug‘iladigan hislargagina taalluqlidir.
Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tug‘dirgan obyekt­lar bizga qayta-qayta ta’sir o‘tkaza berganida yo‘q bolib ketmaydi, balki, aksincha, yana ham kuchli va barqaror bolib qoladi.
Masalan, musiqa asarlarini qayta-qayta eshitish natijasida bizning estetik hislarimiz chuqur va kuchli bo‘lib qoladi. O‘zimiz yaxshi ko‘rgan, o‘zimiz uchun qadrli bolgan joylarga har safar borganimizda bizning shu joylarga bo‘lgan hislarimiz, mehrimiz, odatda, kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib qoli- shi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi his­lar ba’zi nisbatlarda bir-birini yo‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bolib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan sabab paydo bolib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qolishi mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yiglab turibdi. Onasi shu paytda kelib qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bolishiga kuchli sababchi boladi, shuning uchun ham bola­da ko‘z yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo boladi. O‘quvchidagi cho‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yoli bi- langina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yoli bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin.
Masalan, birinchi sinf o‘quvchisining xavotirligining sababi uning o‘z kuchiga ishonmaganligida bolsa, unga oson bajara oladigan vazifalarni berish kerak. Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalishi bolada ijobiy hislarning tugllishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning uchun ham doska oldida u o‘zini dadilroq his etadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy his­lar, o‘rtoqlik, do‘stlik hislari katta o‘rin ola boshlaydi. Vatanparvarlik, vijdoniy burch hissi va shu kabi hislar paydo boladi va o'sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar, o‘qish mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz o'qituvchining shaxsiy namunasi ta’sir ko'rsatadi. O‘qishning boshida aynan shu o‘qituvchi shaxsi kichik maktab yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi. Birinchi vaqtlarda o‘quvchi sinf jamoasi bilan o‘qituvchisi orqaligina bog‘langan bo‘ladi. O‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-e’tibori va hislari qaratilgan markaziy figura bolib hisoblanadi. Bilimli, mahoratli, bolalarni sevuvchi pedagog o'qishning keyingi bosqichlari- da ham o‘quvchilarining o‘ziga bolgan shunday munosabatini saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat, bogliqlik usto- zi va sinf jamoasi, o‘rtoqlari, do‘stlari o‘rtasida bolinadi. Shunga qaramasdan boshlanglch sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi asosiy avtoritet hisoblanadi. U o‘qituvchisi haqida uyida jo‘shib va hurmat bilan gapiradi. O‘qituvchining ta’siri ostida asta-sekinlik bi­lan o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo boladi. Bu esa bolalardagi oltoqlik hissining rivojlanishiga zamin boladi. Bola­lar o‘qishda past o‘zlashtirayotgan oltoqlariga yordam berish­ga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va kuchli boladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchiliklarni: o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-ona- larning qarshiliklarini ham yengishi kerak. Bunday vaziyatlarda bolada shakllanayotgan mas’uliyat hissi qiyinchiliklarni yengishga va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi sinfda o‘quvchi o‘qituvchisining tanbehlari o‘rtoqlarining oldida yoki o‘ziga yolglz berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda o'rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bolib qolishi bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida toliq his etayotganidan va oltoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.
Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni idrok qilish jarayonida namoyon boladi. Uchinchi sinfga borib bolalar ustozi o‘qiyotgan she’rlarning nafaqat mazmuniga, balki o‘qilishidagi go‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni o‘qiyotganlarida va kinofilmlarni ko‘rayotganlarida bolalar aso­san asar qahramonlarining axloqiy sifatlarini baholaydilar. Badiiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsatilishi kerak. Ana shunday o‘rgatish bolgan taqdirdagina kichik maktab yoshidagi bolalar ularga mos bo‘lgan musiqiy asarlarga emotsional baho bera oladilar.

Download 90,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish