Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova


 Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

14.4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari 
 
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi XX-asrning oxirlarida AQSH olimlari 
tomonidan ishlab chiqilgan, so’ngra Yevropa davlatlarida qo’llanila boshlangan. 
O’zbekistonda mazkur usul geografiya ta’limi uchun J.O.Tolipova va 
A.T.G’ofurovlar (2002) tomonidan qo’llangan va uning ilmiy metodik asoslari 
ishlab chiqilgan. 
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining asosiy g’oyasi birgalikda yangi 
bilimlarni o’rganish va topshiriqlarni bajarish xisoblanadi. Mazkur usulni bir necha 
variantlari mavjud. Ulardan keng tarqalgani quyidagilardir: a)kichik guruhlarda 
ijodiy izlanishlarni tashkil qilish metodi; b) hamkorlikda o’qitishni “arra” usuli; 
v)kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish; “Birgalikda o’qiymiz” metodi; guruhda 
o’qitish (Tolipova, G’ofurov, 2002) 
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish usuli 1976 yil Sh.Sharon 
(Isroil) tomonidan ishlab chiqarilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi 
quyidagi qismlardan iborat: 
- 6 kishidan iborat o’quvchilar ijodiy guruhi tuziladi; 
- darsda o’rganiladigan mavzu yanada kichik modullarga (qismlarga) 
ajratiladi; 
- so’ngra modullar (qismlar) o’quvchilar o’rtasida taqsimlanadi; 
- har bir o’quvchi o’ziga taqsimlangan modulni bajaradi; 


143 
- modulni topshiriqlari bajarib bo’lingandan so’ng munozara o’tkaziladi, 
so’ngra guruh tomonidan ma’ruza tayyorlanadi; 
- guruh a’zolari tayyorlagan ma’ruzani sinfda himoya qilishadi. 
Masalan, Afrika iqlimini o’rganish 6 kishilik guruhga topshirildi deb faraz qilsak, 
uni quyidagi 6 ta modulga (qismga) bo’lamiz: 
1 modul-Afrika iqlimini shakillanish omillarini o’rganish. 
2 modul- Afrikani qish faslidagi iqlimini asosiy xususiyatlarini ochib berish. 
3 modul-Afrikani yoz faslidagi iqlimini asosiy hususiyatlarini ochib berish 
4 modul-Afrika materigida yog’inlar taqsimotini asoslab berish 
5modul-Afrika materigidagi shamollarni asosiy turlari va yo’nalishlarini 
aniqlash 
6 modul- Afrika iqlim mintaqalarini tavsifini tuzish 
Mazkur topshiriqlar (modullar)bajarilgandan so’ng guruh talabalari 
tomonidan Afrika iqlimi haqida ma’ruza tayyorlanadi va sinf o’quvchilari oldida 
ximoya qilinadi. 
Hamkorlikda o’qitishni “arra” yoki “zig-zag” usuli 1978 yilda E.Aronson 
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan dars o’tish texnologiyasi quyidagi 
qismlardan iborat: 
- 6-8 ta o’quvchidan iborat kichik guruh tashkil qilinadi; 
- bunda ham darsda o’rganiladigan mavzu ma’lum bir mantiqiy modullarga 
bo’linadi; 
- har bir modul bo’yicha o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar 
tizimi tuziladi; 
- ma’lum bir o’quvchilar guruhi bitta topshiriqni bajaradi va mazkur topshiriq 
bo’yicha mutaxasisga aylanadi; 
- guruhlar qayta tashkil etiladi va har bir guruhda ma’lum bir topshiriq 
bo’yicha mutaxasis albatta qatnashishi zarur; 
- har bir topshiriq bo’yicha shakllangan “mutaxasis” o’zi egallagan 
bilimlarini sinfdoshlariga gapirib beradi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish usuli 1986 yil R.Slavin tomonidan 
ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi quyidagi qismlardan 
iborat: 
a) o’qituvchi 4 ta o’quvchidan iborat kichik guruhlar tuzadi;
b) o’qituvchi ma’lum mavzu bo’yicha o’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil 
etadi;
v) topshiriq 4 qismga bo’linib, har bir topshiriqni bittadan o’quvchi bajaradi;
g) har bir o’quvchi bajargan topshirig’ini guruhdoshiga tushuntiradi;
d) har bir guruh topshiriq yuzasidan xulosa tayyorlaydi;
e) o’qituvchi har bir guruh xulosasini tinglaydi va ular bilimini baholaydi. 
Masalan, O’zbekistonni ma’lum bir tabiiy geografik o’lkasini tabiatini o’rganishda, 
sinf o’quvchilarini 4 kishidan iborat kichik-kichik guruhlarga bo’lib quyidagi 
topshiriqni berish mumkin (Farg’ona vodiysi misolida): 
1-guruh. Farg’ona vodiysining geografik joylashishi va chegaralari hamda 
tekshirish tarixi. 
2-guruh. Farg’ona vodiysining geologik tuzilishi, relyefi va foydali 
qazilmalari; 


144 
3-guruh. Farg’ona vodiysining iqlimi; 
4-guruh. Farg’ona vodiysining ichki suvlari; 
5-guruh. Farg’ona vodiysining tuproqlari, o’simligi va hayvonot dunyosi. 
Guruhli usulda o’qitish texnologiyasida sinf ikkita guruhga bo’linadi va ikkala 
guruhga bir xil topshiriq beriladi. Masalan, yog’inlar va ularning turlari. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish