Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

14.2.1. Tabiiy geografik o’yinlar 
 
Didaktik o’yinlar texnologiyasi tabiiy geografik bilimlarni o’rganishni va 
o’zlatirishni faollashtiradi. Mazkur didaktik o’yinlarni sinflar bo’yicha ham aniq 
bir mavzular bo’yicha ishlab chiqish mumkin, sinflar bo’yicha quyidagi 
predmetlar uchun ishlab chiqish mumkin: tabiiy geografiya boshlang’ich kursi (5-
sinf); materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf); O’rta Osiyo va 
O’zbekiston tabiiy geografiyasi (7-sinf). Tabiiy geografiya darslarida qo’yidagi 
mavzular bo’yicha didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin: 
-geografik tadqiqotlar tarixi. Fanning rivojlanish tarixi, hududlarni va ayrim 
muammolarni o’rganish tarixi; 
- plan va harita, shartli belgilar, andozalar, gorizontallar, geografik 
kordinatalar, mashstab va h.k.; 
- litosfera: yerning ichki tuzilishi; yer po’sti; tog’ jinslari; relyef va uning 
turlari, ayrim hududlar relyefi; 
- gidrosfera va uning tarkibiy qismlari. Dunyo okeani. Quruqlik suvlari, yer 
osti va yer usti suvlari. Materiklar va ayrim hududlar ichki suvlari; 
- atmosfera, uning tuzilishi, tarkibi, havo massalari. Ob-havo va iqlim. Iqlim 
hosil qiluvchi omillar. Iqlim mintaqalari. Siklonlar, yog’inlar. Materiklar va ayrim 
hududlar iqlimi; 
-biosfera. Materiklar ayrim hududlarining tuprog’i, o’simligi va hayvonot 
dunyosi. 
Yuqorida keltirilgan tabiat tarkiblarining har biri bo’yicha juda ko’p 
didaktik o’yinlar ishlab chiqish mumkin. 
Individual didaktik o’yinni quyidagicha tuzishimiz mumkin. 
1. Ekvator bo’yicha Atlantika okeannining kengligi 60
0
bo’lsa, yerning 
harakat tezigida uchayotgan kosmik kema uni necha soatda bir qirg’og’dan 


139 
ikkinchi qirg’og’iga yetib boradi. Mazkur o’yinni yechish uchun o’quvchi 
quyidagilarni bilishi lozim. Yerning burchak tezligini, ekvatorda 1
0
yoyning 
uzunligini. Yerning burchak tezligi soatiga 15
0
ya’ni yer bir soatda 15
0
masofani 
bosib o’tadi. Demak kosmik kema yer tezligida uchayotgan bo’lsa Atlantika 
okeanining kengligi 60
0
:15= 4 soatda yetib boradi. Ekvator bo’ylab 1
0
yoyning 
uzunligi 111,0 km
2
teng unda ekvator bo’yicha Atlantika okeanining kengligi 60 x 
111,1km
2
=6666 km. 
Yoki bo’lmasa koordinata to’ri bo’yicha quyidagicha individual o’yinni 
ishlab chiqish mumkin: Sharqiy yarimsharning 105
0
meridiani g’arbiy yarim 
sharning qaysi meridianiga to’g’ri keladi. Buning uchun o’quvchi quyidagi 
bilimlarga ega bo’lishi lozim: har bir yarim sharning va yer sharining necha 
gradusga teng ekanligini. Shundan so’ng mazkur o’yin quyidagicha yechiladi: 
180
0
-105
0
=75
0
demak Sharqiy yarim sharning 105
0
meridiani g’arbiy yarim 
sharning 75
0
meridianiga to’g’ri ekan. 
7-sinfda “O’rta Osiyo foydali qazilmalari” mavzusida guruhli o’yinni tashkil 
qilish mumkin. O’rta Osiyo yozuvsiz haritasi shunday bo’laklarga ajratiladiki 
uning har bir bo’lagida ma’lum bir foydali qazilma albatta bo’lsin. Bo’laklarga 
mos qilib kartochkalar kesiladi uning har biriga foydali qazilma koni bor joy nomi 
yozib chiqiladi. Masalan, Angren, Polvon tosh, Boysun. 
Boshqaruvchi kartochkalarni yig’ib olib yozuvsiz haritalarni o’yin 
ishtirokchilariga tarqatadi. O’yin boshqaruvchi joy nomlari yozilgan kartochkalarni 
bittadan olib o’qiydi va ishtirokchilardan kimni qo’l ko’tarishini kuzatadi qo’l 
ko’targan o’quvchiga kartochkani beradi. Mazkur kartochka yozuvsiz haritaning 
kerakli joyiga qo’yilishi lozim. Qachon o’yin ishtirokchilaridan biri yozuvsiz 
xaritalarni kerakli kartochkalar bilan to’ldirib bo’lgandan so’ng o’yin tugaydi va u 
o’quvchi g’olib hisoblanadi. 
Ommaviy geografik o’yinlar 2-3 ta parallel sinflar bilan o’tkazilishi 
mumkin. Ommaviy o’yinlar odatda chorak oxirida yoki o’quv yili oxirida, 
bayramlarda, maktab olimpiadalarida o’tkazilishi mumkin. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish