Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

Didaktik testlar
yoki ko’p savolli va javobli testlar. Bu turdagi testlarda 
avval javoblar ro’yxati beriladi, keyin savollar beriladi, imtihon topshiruvchidan 
tayyor javoblardan moslarini topish talab qilinadi. 
Misol. Javoblar. 
Ptolemey 
Beruniy 
Kolumb 
Magellan 
Eratosfen 
Savollar: 1.Amerika qit’asiga kim boshchiligidagi ekspeditsiya birinchi 
bo’lib borgan? 
2. «Geografika» degan kitobni kim yozgan? 
3.Haritalarni daraja to’ri bilan tuzishni kim birinchi bo’lib taklif qilgan? 
4.Globusni birinchi bo’lib kim yasagan? 
5.Kemada kim birincha sayoxat qilgan? 
Test savollari va javoblarini tuzishning eng muhim tomonlaridan biri uning 
vazifasini maqsadlarini va kimlarga mo’ljallangan hamda nimalar asosida tuzishni 
aniqlab olishdir. 
Testlar vazifasiga ko’ra kundalik, oraliq va yakuniy testlarga hamda oliy 
o’quv yurtlariga qabul qilishda qo’llaniladigan umumiy yoki maxsus testlarga 
bo’linadi. Har bir yirik mavzu o’tib bo’lingandan so’ng o’tkaziladigan testlarning 
maqsadi, o’quvchilar va talabalarning mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini qay 
darajada bilib olganliklarini aniqlashdir (kundalik nazorat). Har bir yirik bo’lim 
o’tib bo’lingandan keyin o’tkaziladigan testlar oraliq yoki chegaraviy nazoratni 
tashkil qiladi. Yakuniy test butun kurs o’tib bo’lingandan keyin sinov yoki imtihon 
tarzida o’tkaziladigan va o’quvchilar hamda talabalar egallagan bilim, malakalar 
ball bilan aniqlanadi. Oliy o’quv yurtlariga qabul qilishda ishlatiladigan testlar 
tegishli sohalar bo’yicha mutaxasislar tomonidan tuziladi. 
Testlarning maqsadi o’quvchilar va talabalarning olgan bilim va 
malakalarini, fikrlash qobiliyatini, qaysi fanga yoki sohaga moyilligini aniqlashdan 
iboratdir. Har bir sinfda, har bir kursda turli xil murakkablikdagi bilim va 
malakalar tekshiriladi. Boshlang’ich tabiiy geografiya kursida test savollari va 
javoblari asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilar bilim va malakalarini 
tekshirishga mo’ljallanadi: topografik va kartografik bilim va malakalar, 
tasavvurlar (Yerning qobiqlari, tuzilishi, o’lchamlari, tabiat uyg’unliklari va h.k.); 
o’z yashash joyining geografik xususiyatlari haqida bilimlar va dunyo aholisi 
haqidagi bilimlar. 
Materiklar va okeanlar geografiyasi kursi bo’yicha test savollari va 
javoblari ikki yo’nalishda tuzilishi mumkin: 
- umumiy tushunchalar bo’yicha testlar quyidagi bilimlarni tekshirish uchun 
tuzilishi kerak: tabiat tarkiblari haqida umumiy tushunchalar tizimi bo’yicha 
bilimlar; umumiy geografik qonunlar haqidagi bilimlar;
- yakka tushunchalar bo’yicha testlar har bir materik va okeanlar haqida 
quyidagi bilimlarni tekshirish uchun tuziladi; materik va okeanlarning geografik 
joylarini; tabiat tarkibining asosiy xususiyatlari,yirik geografik borliqlar 


136 
(obyektlar) ning joylashishi; tabiat uyg’unliklari (birliklari) ning joylashishi: har 
bir materikning aholisi va yillik davlatlari. 
Iqtisodiy geografiya kursi bo’yicha test savollariga javoblari quyidagi bilim 
va malakalarni tekshirish uchun tuzilishi kerak: 
- umusmiy iqtisodiy geografik tushunchalar haqida bilimlar; 
- tarmoqlar geografiyasi haqida bilimlar; 
- alohida davlatlar, iqtisodiy zonalar, hududlar viloyatlar iqtisodiy 
geografiyasi haqida bilmlar; 
Test savollari va javoblarini qanday ma’lumotlar vositasida tuzish kerak, bu 
ham eng muhim masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Test tuzayotganda doimo 
bitta qoidani esdan chiqarmaslik kerak, u ham bo’lsa test savollari va javoblarini 
dastur doirasida bo’lishi qoidasidir. Agar test savollari va javoblari dastur 
doirasiga kirmasa, o’quvchilar yoki talabalar savollarga noto’g’ri javob berishi 
mumkin. Har bir kurs va uning qoidalari bo’yicha tuzilgan testlar ham shu kurs 
yoki qism doirasidagi bilimlar asosida tuzilishi kerak. Test savollari va javoblari 
quyidagi ma’lumotlar asosida tuziladi: 
- tegishli darslik matni asosida; 
- darslikdagi haritalar, rasmlar, chizmalar va jadvallar vositasida; 
- tegishli sinflar va kurslar uchun chiqarilgan atlaslar va haritalar asosida; 
- tegishli kurslar uchun chiqarilgan metodik qo’llanma, ko’rsatma va 
yo’riqnomalar asosida; 
- fakultativ mashg’ulotlar bo’yicha darslik va qo’llanmalar asosida
geografiya ma’lumotlar test savollari va javoblari tuzish darajasiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo’linadi: 
- test savollari va javoblari oson tuziladigan ma’lumotlar ; 
- test savollari va javoblari qiyin tuziladigan ma’lumotlar; 
- test savollari va javoblari tuzib bo’lmaydigan yoki juda qiyin tuziladigan 
ma’lumotlar. Masalan, ayrim tushuncha va ta’riflar, jarayonning tavsifi kabi 
masalalar. 
Testlar qamroviga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Kursning ayrim 
mavzulariga, bo’limlariga tuzilgan testlar masalaning mohiyatini chuqur ochib 
beradi, mavzular juda chuqur va aniq yoritiladi. Yakuniy testlar esa asosan 
umumiy qonuniyatlar va xususiyatlarni ochib berishga yo’naltirilgan bo’lishi 
kerak. Testlar o’quvchilar bilmini tekshirishda va baholashda har qanday subьektiv 
shart – sharoitlarga qaramasdan bahoning obyektiv bo’lishini ta’minlaydi. 
Ko’p javobli testlar tuzilayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 
- Javoblar eng kamida 3 ta bo’lishi kerak, javoblar qancha ko’p bo’lsa, 
tasodifiy baholar soni shuncha kam bo’ladi, odatda hozirgi paytda beshta javobli 
testlar keng tarqalgan; 
- Noto’g’ri javoblar ham haqiqatga yaqinroq bo’lishi kerak; 
Testdagi har bir savol va unga berilgan javoblar o’quvchi va talabar chuqur 
o’ylashga, tafakkur qilishga majbur qilish kerak. Talabalar bilimini va malakasini 
tekshirishda test usulini qo’llashni quyidagi afzalliklari bor: 
Test usulida o’tkazilgan imtihonda o’rganilgan hamma masalalarni talabalar 
qanday o’zlashtirganligini bira to’la aniqlash mumkin. Oddiy imtihonda buni iloji 
yo’q. 


137 
- talabalar yoki ko’pchilik talabalar qaysi mavzularni to’liq o’zlashtirgan, 
qaysilarni kam o’zlashtirgan, qaysi masalalarni qisman o’zlashtirgan, qaysilarini 
kam o’zlashtirgan yoki butunlay bilib olmaganligini aniqlash mumkin: 
- barcha talabalar bilmini qisqa vaqt ichida tekshirib olish mumkin.; 
- talabalar bilmini obyektiv baholash mumkin.. 
Test usulini qo’llashning qiyinchiliklari va noqulayliklari quyidagilardan 
iborat: 
- test savollari va javoblarini tuzish juda qiyin va katta ma’suliyatni talab 
qiladi; 
- talabalar bilan bevosita muloqotda bo’linmaydi; 
- talabaning ilmiy va og’zaki nutqini o’stirishga yordam bermaydi; 
- an’anaviy imtihon va sinovlarda talabalar bilmagan narsalarni bilib olishadi,
ya’ni imtihon va sinov bilim berish usullaridan biri ekanligi test usulida 
bo’lmaydi; 
- talabalar 40-50 ta savolning qaysi biriga to’g’ri va qaysi biriga noto’g’ri 
javob berganliklarini ham bilmaydilar. 
Shuning uchun testga talabalar bilmini tekshirish usullaridan biri sifatida 
qarash lozim. Lekin oliy o’quv yurtlariga qabul imtihonini test usulida o’tkazish 
eng maqul usul. Chunki bunda sub’ektivlikka o’rin qolmaydi. Test usuli EXM 
yordamida amalga oshirilishi kerak. Javoblarga qo’yladagan ballarni ham mashina 
xisoblashi kerak. . 
Joriy testda muayyan mazmuni o’quvchilar yoki talabalar qanday 
o’zlashtirganini nazorat qilinadi, shuning uchun savollar maydaroq va chuqurroq 
bo’ladi. Oraliq testda savollar kengroq bo’ladi. Yakuniy testlar butun o’quv kursi 
materialini o’z ichiga oladi.

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish