OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MUSIQA MADANIYATI FAKULTETI
“Musiqa nazariyasi va metodikasi” kafedrasi
M.Musorgskiyning Kamer-vokal ijodi
mavzusidagi
Musiqa tarixi fanidan
KURS ISHI
Bajardi: Musiqa madaniyati fakulteti
Mus-401 guruh talabasi:
_____________Abdurashitova Fotima
Ilmiy rahbar: oʻqituvchi
________Ibrohimjonova G. A
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Musiqa nazariyasi va metodikasi”
kafedrasi mudiri:
___________ Karimova D.A.
“____”________2021 yil
TOSHKENT – 2021
Mavzu: M.P. Musorgskiyning Kamer-Vokal ijodi
MUNDARIJA
KIRISH
ASOSIY QISM
XIX asr rus musiqasi madaniyatida kamer-vokal janrlarining o’rni.
M.Musorgskiy kamer-vokal ijodining tavsifi.
M.Musorgskiyning vocal miniatyuralari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADA BIYОTLAR RO‘YXATI:
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi zamon ta’lim tizimini rivojlantirish va uni jahon andozalari darajasiga olib chiqish ta’lim sohasining ustuvor vazifalaridan biridir. Ayniqsa, musiqa madaniyati jamiyatimiz yoshlarining manaviy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezident SH.M.Mirziyoyev “Asosiy maqsadimiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” mavzusidagi ma’ruzasi yangi tarkibdagi mazkur besh yillikda amalga oshiradigan strategik ishlarining rejasini yaqqol namoyon etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu ma’ruza yangi tarkibdagi besh bosqichli strategiyaga, qolaversa ularning diqqatini mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotida boʻlishi muhim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Maktablarda “Musiqa” fani “Musiqa madaniyati” fani nomiga o’zgartirilib,”Har bir oʻquvchi maktabni yakunlaganda hech bo’lmaganda bitta cholgʻu asbobida chalishni bilishi kerak”, - degan taklifni kiritdilar. Bu esa maktablarda musiqa va sanʻatga bo’lagn eʻtibor, talab va ehtiyojlarni oshirdi. Shu qatorda Musiqa madaniyati fan o’qituvchilarga tadbirlar tashkil etish va yosh avlodni o’z qobiliyatlarini shakillantirish, ularni bir maqsad yo’lida bir jaomaga aylantirib ommaviy tadbirlarga jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Shu bilan birga, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularnii milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi na’munalaridan bahramant etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshiriladi.
Madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat koʻrsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugunki kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik,ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yoʻnalishdagi ustuvor vazifalarni toʻliq bajarish imkonini bermayapti.
Musorgskiy musiqasi bular shunchaki musiqa emas, balki kompozitorning butun bir hayotini ifodalab beruvchi bastakorning haqiqiy shaxsiy kundaligi deyish ham mumkin, u yerda u barcha unutilmas va aziz epizodlаrni, hayotidagi yorug’ va qorong’u kunlarni, qiyinchiliklarini, dildagi kechinmalarini yozib qoldirgan.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Musorgskiy hayoti va ijodini bir qator olimlar o’rganib tahlil etishgan. Bular:
Kurs ishining maqsadi: Musorgskiyning kamer vokal ijodini oʻrganish, tahlil qilish va uni yoritib berish
Kurs ishining vazifalari:
mavzuga oid adabiyot, ilmiy ishlar va elektron ma’lumotlar toʻplash, oʻrganish va taqqoslab tahlil qilish;
XIX sar rus musiqa madaniyati jihatlarini yoritish;
Musorgskiy kamer vokal musiqasini yaratilish tarixini ochib berish
Musorgskiy musiqasi musiqiy tili xususiyatlarini ko‘rsatish;
Kurs ishining obyekti: Musorgskiy kamer vokal musiqasi
Kurs ishining predmeti: Musorgskiy kamer vokal musiqasining uslubiy xususiyatlarini aniqlash
Izlanish uslublari: Toʻplangan ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslash, tahlil qilish, umumiylashtirish, xulosa chiqarish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Mavzu boʻyicha tahlil va xulosalardan Musorgskiy ijodini o'rganish jarayonida ularni amalda qo'llashi mumkin bo'lgan umumiy oʻrta ta`lim maktablarining o'qituvchi va o'quvchilari foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism 3 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
ASOSIY QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |