Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika fakulteti surdopedagogika yo’nalishi 202-guruh



Download 2,97 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi2,97 Mb.
#683526
Bog'liq
Maktabgacha ta‘lim nizom



Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Maktabgacha ta'lim to‘g‘risidagi nizom.
Mustaqil ishi.
2. Maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish.
1. Maktabgacha ta'lim to‘g‘risudagi umumiy qoidalar.
3. Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish.
Reja :
UMUMIY QOIDALAR
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari (keyingi o’rinlarda matnda "maktabgacha ta’lim muassasasi" deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o’z ustaviga amal qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog’lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINI TASHKIL ETISH TARTIBI
Maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Quyidagilar:
davlat boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
davlat korxonalari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FAOLIYaTINI TASHKIL ETISH
Maktabgacha ta’lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta’lim muassasasiga qo’yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari, ham maktabgacha ta’lim muassasalariga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINI BUTLASH
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qarori bilan tashkil etilgan xalq ta’limi bo’limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinadi. Qabul komissiyasining faoliyat ko’rsatish tartibi belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISH
  • O’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsiya shakllarini rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasasida Pedagoglar kengashi faoliyat ko’rsatadi. Pedagoglar kengashi a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.

Qabul komissiyasi, shuningdek ota-onalari maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy- texnika bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istisno tarzida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta’lim muassasasi rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizidan ortiq bo’lmasligi kerak.
E'tiboringiz uchun rahmat !!
Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish