Dostondagi psixologik tasvir vositalari. Navoiyning bu dostonida
qahramonlar ichki olami, psixologik tasvirning g’oyatda
ta’sirchan ifodalanganligi
bilan alohida ahamiyatga egadir.
«Layli va Majnun» dostoni kompozitsiyasida ikki asosiy qahramon - Layli va
Majnunning maktublari muhim o’rin tutadi. Shoir
Laylining xatida murojaat usulidan foydalanib, uning qalb tug’yonlarini
quyidagicha ifodalaydi:
Ey ishq o’tida xasim nechuksen,
Ey bedilu bekasim nechuksen!
Ey bo’lg’ali ishqim ichra madxush,
Bir jur’ai vasl qilmog’on no’sh!
Ey furqatim ichra gar yorib tosh,
Ming tosh yebon yashurmayin bosh!...
Holing nedurur firoqim ichra?
Fikring nedur ishtiyoqim ichra?
128
Bunda Laylining o’z sevgilisiga munosabati, unga bo’lgan samimiy tuyg’ulari
bilan birga Laylining ishqda sobitligi, mustahkam iroda egasi ekanligi namoyon
bo’ladi. Shoir maktub vositasida qahramonning ishq yo’lida har qanday
qiyinchilikka tayyor ekanligini mahorat bilan tasvirlagan.
Layli xatiga Majnunning yozgan javob maktubi ham o’zining sodda, samimiy
va lirik hislarga to’lib-toshganligi bilan xarakterlidir. Shoir dostonning umumiy
poetik qonun-qoidalariga rioya qilingan holda asarda noma janridan ustalik bilan
foydalangan.
«Layli va Majnun»da nikoh lavhalari alohida o’rin tutadi. Shoir bu epizod
orqali dostonning dunyoviy mazmunini ishonarli qilib ifodalashga erishgan.
Navoiy dostonidagi bu lavhaning katta ahamiyati shundan iboratki, asarning bosh
qahramoni
Majnunning
ishqi
majoziy
va
ishqi
ilohiyni
o’zida
mujassamlashtirganini ko’rsatadi.
Dostonda kishini hayratga soluvchi lirik tasvirlar, tabiat manzaralari, betakror
so’z o’yinlari, aforizmlar mahorat bilan qo’llanilgan.
«Layli va Majnun»ning badiiy nafosatini oshirishga xizmat qilgan
vositalardan biri peyzajdir. Navoiy tabiatning uch faslidan umumiy ramz sifatida
foydalanadi.
Dostonning boshlanishida Majnun bilan Laylining endigina kurtak
ochayotgan muhabbati unga mos holda tabiatning ham uyg’onadigan fasli - ilk
bahor va uning shodlikka sabab bo’luvchi go’zal manzaralari orqali tasvirlanadi.
Navoiy bahor to’g’risida fikr yuritar ekan, u kishining nozik hislariga ta’sir
etuvchi so’zlar orqali shunday tasvir yaratadiki, natijada uning mayin tovlanishlari
butun jozibasi bilan kishi ko’z o’ngida namoyon bo’ladi. Sabzaning ko’karishi,
gulning ochilishi, gul yaprog’idagi yomg’ir tomchilarining ko’rinishi, mevali
daraxtlarning oppoq gullashi, xullas, ilk bahor manzarasi jonli tasvirlangan!
Shundan keyin Laylining gullar orasida Majnun bilan uchrashuvi ham nihoyatda
san’atkorona badiiy ifoda etilgan:
Sayr ichra yetishti mohi dilxoh,
Bir gul chamani ichiga nogoh.
129
Gulbun bila rust to’rt yoni,
Kirsa kishi kimsa topmay oni.
Kirgach anga ul shugufta gulzor,
Ko’rdi tikan ichra bulbuli zor.
Bu nafaqat tabiatning go’zal manzarasi tasviri, balki ramziy ma’noda
Qaysning ishq chamaniga kirishiga ishoradir. Gul insonni o’ziga tortganidek, ishq
chamani ham kishini maftun etadi, u gulzorda tikan va bulbuli zorning bo’lishi
oshiqning ishq yo’lida qiyinchiliklar, mashaqqatlarga uchrashini anglatadi.
Dostonda tabiat kishilarning kayfiyati, ruhiga hamohangdir. Qahramonlar
shodlanganda, ularni o’rab olgan tabiat ham yashnab turadi, ular qayg’uga
tushganda tabiat o’zgaradi. Masalan, Majnun bog’da behush yotgan paytda butun
tabiat uning boshiga tushgan bu savdoga qattiq achinadi: Gul o’z yoqosini chok
etsa, nargis tushgan shabnam orqali ko’z yoshi qiladi. Majnun qalbidagi dog’ni
ko’rgan lola esa unga hamdardlik bildirib, o’z ko’ksiga dog’
(qora) soladi. Majnun
holatidan binafsha g’amga botsa, sunbul o’z aft-angorini qoraga bo’yaydi.
Hamisha sharqirab quvnoq oqadigan suv motam tutgandek zor yig’laydi. Bunday
o’rinlar qahramonlar ruhiy kechinmalarini yanada ta’sirchanroq yoritishga yordam
beradi.
«Layli va Majnun»ning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri unda lirizmning
kuchliligidir. Shoir har bir fikrni obrazli qilib ifodalashga alohida ahamiyat bergan.
Navoiy ko’pincha aytadigan fikrlarini ramziy tasvirlar orqali ifoda etadi. Masalan,
shoir tong otishi manzarasini shunday tasvirlaydi:
Тun urdi ko’mirlarini darham,
Mehr o’tini subh ayladi dam.
Ko’k gulshani gullari to’kuldi,
Gullarki to’kuldi g’uncha kuldi.
Ko’k bog’ida gullar o’ldi nobud,
Yer bog’ida gullar o’ldi mavjud.
Ul bog’da har ne kim sochildi, . .
Go’yoki bu bor aro ochildi.
130
Kontrast priyomidan foydalanib yaratilgan bu misralarda osmon va yer
bog’ga, yulduzlar, yer yuzidagi barcha narsalar esa gulga o’xshatilgan. Bunda
gulshan, bor, gul, g’uncha so’zlari orqali tanosub san’ati yaratilgan. Dostonda
tashbih, mubolag’a, kichraytirish, takror, tanosub, tazod va tarse’ kabi tasviriy
san’atlar mahorat bilan qo’llanilgan.
Umuman, Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni g’oyaviy yuksak,
badiiy jihatdan mukammal asar sifatida muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |