Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Тo’rtinchidan,  shoir  lirikasi  obrazlar  olamining  rang-barangligi  bilan  ham 
e’tiborga  molikdir.  U  kundalik  turmushning  turfa  xil  lavhalaridan,  tabiat 
hodisalarigacha, 
mifologik 
tasavvurlar, 
tushunchalardan 
tortib, 
samoviy 
jismlargacha  obrazli ifodalar yaratishda murojaat qiladi. Shoir san’atkorligi bilan 
yaratilgan  bunday  obrazlar  lirik  qahramon  ruhiy  olami,  kechinmalarini  yoritishda 
keng qo’llanilgan.  
Beshinchidan, Shoir g’azallarining lirik qahramoni uning o’zidir. She’rlarida 
lirik  qahramonning  turfa  xil  kechinmalari,  o’y-xayollari,  orzu-niyatlari  shoirona 
tasvirlanadi.  Shoir  she’riyatida  qo’llaniladigan  ma’shuqa,  shoh,  darvesh,  shayx, 
zohid, orif, rind, soqiy, raqib singari qator timsollar yetakchi g’oyani teran badiiy 
shaklda ifodalashga xizmat qiladi.     
Oltinchidan,  Navoiy  she’riyati  she’r  tuzilishi  jihatidan  ham  alohida  o’rin 
tutadi.  Shoir  vazn,  qofiya,  radif  va  boshqalarda  yuksak  mahoratini  namoyon  eta 
olgan.  U  hazaj,  rajaz,  ramal,  munsarih,  muzori’,  mujtass,  sari’,  hafif,  mutaqorib, 
mutadorik  va  boshqa  vaznlarda  she’rlar  yaratib,  o’zbek  she’riyati  vaznlar  turini 
kengaytirgan.  Shoir odatdagi  qofiya  bilan  bir  qatorda  zulqofiyatayn,  ichki qofiya, 
tarse’ singari qofiyalarni ham qo’llaydi. Radifning rang-barang ko’rinishlari orqali 
she’r ohangdorligini kuchaytirishga erishadi.      


 
46 
 Navoiy  lirikasining  asosiy  janrlari.  Alisher  Navoiyning  o’zbek  mumtoz 
she’riyati  tarixidagi  muhim  xizmatlaridan  biri  shundaki,  u  o’ziga  qadar  bo’lgan 
lirik  janrlarda  ijod  qilib,  ularni  rivojlantiribgina  qolmadi,  ayni  zamonda,  ungacha 
ijod  etgan  o’zbek  shoirlari  ijodida  deyarli  qo’llanmagan  yoki  juda  oz  ishlatilgan 
lirik  janrlarda  ham  samarali  ijod  qildi,  ularning  imkoniyat  doirasini  yanada  keng 
namoyish qildi. 
Navoiydan  oldingi  o’zbek  she’riyatida,  asosan,  g’azal,  masnaviy,  qasida, 
tuyuq, qit’a  va  qisman  ruboiy  kabi  janrlar  qo’llanilgan.  Navoiy  esa lirikaning  o’n 
oltita  janrida  unumli  ijod  qilib,  «Хazoyin  ul-maoniy»  devonida  ularning  yuksak 
namunalarini berdi. Uning devonlarida g’azal asosiy o’rin tutsa ham,  yuzlab qit’a 
va  ruboiylar  qatorida  xilma-xil  mavzularda  yozilgan  mustazod  va  muxammas, 
musaddas  va  tarjiband,  soqiynoma  va  masnaviy,  muammo  va  chiston,  tuyuq  va 
fardlar  ham  bor.  Binobarin,  Navoiy  lirikasi,  eng  avvalo,  janrlarining  xilma-xil  va 
mukammalligi bilan o’zbek she’riyati tarixida alohida o’rin tutadi. 
Navoiyning xizmati faqat o’zbek she’riyatiga ko’plab lirik janrlarni keng joriy 
qilishidagina  emas.  U  ana  shu  janrlardan  muhim  fikr  va  g’oyalarning  badiiy 
in’ikosi  uchun  foydalandi;  o’zining  hayotiy  masalalarga  munosabati,  falsafiy-
ijtimoiy, diniy-tasavvufiy va axloqiy qarashlarini ifodalash uchun har bir janrning 
mavjud  imkoniyatlarini  ishga  soldi,  ularning  imkoniyat  doirasini  yanada 
kengaytirdi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish