Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Тo’rtinchisi  Istig’no  vodiysi  bo’lib,  shoir  uning  ta’rifini  keskin  ifodalarda 
bayon  qiladi.  Bu  vodiyda  istig’no  shamoli  olamni  ag’dar-to’ntar  qilib  yuboradi. 
Istig’no  bulutidan  oqqan  yomg’ir  dunyoni  suvga  to’ldiradi.uning  qarshisida  yetti 
daryo bir qatra yomg’ir suvidek, yetti ko’k bir dona xashxo’shdek ko’rinadi. Yetti 
do’zzax bir uchqun kabi. Sakkiz jannat bir shudring singaridir. Bu vodiyda sherlar 


 
160 
chumolilarga  yemdirlar.  Yetti  mamlakat  podshohi  bo’lganlar  gado  bilan  tengdir. 
Umuman, Istig’no vodiysida hammaning hukmi bir xil, hamma tengdir.  
Onda teng ko’r gumrahu ogohni, 
Dayr ko’yi birla baytullohni. 
 
Birdurur Ka’ba birla butkada, 
Bo’lsalar ma’mur yoki otashzada. 
 
Ming yashar pil tongla tug’qon yoshcha, 
Charxi a’zam donai xashxoshcha.  
Beshinchisi  Тavhid  vodiysidir.  Bu  vodiyga  kelgach,  barcha  narsalardan  holi 
bo’lib, yakka-yolg’iz bo’lmog’ing lozim. “Chun bu vodiy sori sayring qo’ydi tom, 
Fardu  yaktolig’  sanga  bo’ldi  maqom”.  Bunda  hamma  bir-biri  bilan  birgalik  kasb 
etadi. Bir xil ravish, birgalik, birlik hukmron.  
Oltinchisi  Hayrat  vodiysi  bo’lib,  unda  ko’z  nimaga  tushmasinu  hayratda 
qoladi. Hayrat odamni har narsadan tashqariga chiqarib qo’yadi.  
Boqsa har yon hayratin afzun topar, 
O’zni hayrat ichra digargun topar.  
 
Derki, oshiq erkanimni tinglamon, 
Kimga erkanniyu lekin onglamon. 
    
Yettinchisi  Faqru  fano bo’lib, bu  vodiyda  tinlikdan boshqa  hech narsa  yo’q. 
Хuddi to’lqin chog’i dengizda ko’piklar paydo bo’lib, so’ngra o’chgani kabi ming 
mavj  yana  paydo  bo’ladi,  yana  o’chadi.  Faqatgina  dengizning  o’zi  doimo  bor, 
mavjlar  esa  paydo  bo’ladi  va  o’chaveradi.  Yer  yuzidagi  jamiki  odamizod  o’sha 
dengizdagi  mavjlardir.  Shoir  keltirishicha,  faqat  Haq  qodiri  barhaqdir.  Hamma 
mavjudotlar  yo’q  bo’lib  ketadi.  “Barcha  foniy,  boqiyi  mutlaqdur  ul”.  Shundan 
keyin fikr tasdig’iga xizmat qiluvchi hikoyat keltiriladi. Shoir xulosa qilib, haqiqat 
egalari  o’zlikdan  voz  kechib,  foniylikka  erishadilar  va  mutlaq  abadiylikka 
musharraf  bo’ladilar.      Adabiyotshunos  S.Olim  “Lison  ut-tayr”ni  fanoga  yetish 
yo’llari  sharhlangan  o’ziga  xos  badiiy  “risola”  deb  ataydi.  U  fano  va  foniy 


 
161 
tushunchalari talqini  butun dostonni tizma bir zanjirdek tutib turganligini aytadi va 
asarda qo’llanilgan fano hamda foniy atamalarini izohlashga harakat qiladi
1
    

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish