Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maktabgacha ta


II – Bob. Sharq allomalarining musiqa ilm-fani taraqqiyotiga qo’shgan xissasi



Download 129,31 Kb.
bet7/8
Sana04.09.2021
Hajmi129,31 Kb.
#164417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курс иши

II – Bob. Sharq allomalarining musiqa ilm-fani taraqqiyotiga qo’shgan xissasi

2.1. Abu Nasr Forobiy (873–950) musiqashunoslikka o’zining beqiyos hissasini qo’shdi. Forobiyga qadar musiqa nazariyasini o’rganish bilan arab faylasufi va olimi Al Kindiy ( Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq) shug’ullangan. Al Kindiy qadimgi Yunon mualliflarining asarlarini ona tiliga o’girgan va ularga sharh yozgan. Tarixchi G. Sartonning ta’kidlashicha, Al Kindiy ilk musulmon musiqashunosi bo’lgan. Forobiy asarlari ungacha yaratilgan asarlardan nisbatan ustun bo’lgan va u Sharq va G’arb musiqa nazariyasining rivojlanishida qo’yilgan yangi ulkan qadam bo’lgan.

Musiqa ta’limiga nihoyatda katta ahamiyat bergan o’rta osiyolik mashhur musiqachilar orasida qomusiy olim Muhammad Forobiy alohida o’rin egallaydi. Olim falsafiy va siyosiy masalalar bilan uzviy bog’liq holda maorifni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish masalalariga o’z asarlaridan salmoqli joy ajratgan. Etika va estetika masalala­rida u ko’plab ilmiy va amaliy g’oyalar bildirgan.

Abu Nasr Forobiy o’rta asrlarda matematik fanlar sirasi­ga kirgan musiqa nazariyasining asoschilaridan biri­dir. Turli sohalarda ko’rib chiqilgan musiqa ijodi masalalari Forobiy asarlarida muhim o’rinni egal­laydi. uning «Kitob ul-Musiqiy al-Kabir», «Kalam fil-Musiqiy» hamda «Kitob fi-ixso-al-ulum va atta’rif» («Fanlarning tasnifi va xarakteristikasi haqida kitob») fundamental asari nihoyatda mashhur bo’lgan. Bu asarlar musiqa fani va madaniyati sohasi­dagi keyingi tadqiqotlarga sezilari ta’sir ko’rsatgan.

Eng avvalo Forobiyning o’zi mohir musiqachi bo’lgan. U ijro etgan kuylarning tinglovchilarga qanchalik ta’sir etganligi haqida o’sha davrdagi afsona va rivoyatlar hozirgi kungacha yetib kelgan. Forobiy shu bilan birga mohir bastakor, musiqa nazariyotchisi, shuningdek musiqa cholg’usi ijodkori hamdir. U yasagan soz turli manbalarda turlicha, ya’ni ud, g’ipchak yoki qonun deb atalib kelgan. Forobiy «Musiqa haqida katta kitob» degan ko’p jildli asari bilan o’rta asrning yirik musiqashunosi sifatida mashhur bo’ldi. U musiqa ilmini nazariy, amaliy tarmoqlarga, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib ta’rif va ilmi iqo’ga ajratadi.

Forobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy–ilmiy ta’rifini beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining matematik printsiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida ko’plab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining ritmik asosini dalillar bilan sharhlab bergan. U ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari bo’lmish naqralar, ularninng birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm o’lchovlari va turlarini yoritib bergan. Bu asarda faqat musiqa nazariyasi emas, balki musiqa tarixi ham bayon etilgan. O’rta asr Yaqin va O’rta Sharqda ma’lum bo’lgan musiqa cholg’ulari hamda ularda ijro etish qoidalari tafsiloti ham berilgan. Forobiy o’zi taniqli musiqachi, rivoyatlarga ko’ra, ajoyib sozanda va bastakor, yangi musiqa cholg’uining ixtirochisi bo’lgan. Uning bu asari Yaqin va O’rta Sharqda musiqa ilmining kelgusi taraqqiyotiga asos va qimmatli manba bo’lib qoldi.

Tadqiqotchilar Ibn Sino musiqaga oid beshta asarlar yaratganligi, lekin ularning faqat bir qismigina bizgacha yetib kelgani haqida ma’lumot beradilar. Shulardan biri «Javome’ ilm al–musiqiy» («Musiqa bilimiga oid to’plam») bo’lib, bu kitob olimning ko’p jildlik mashhur asari «ash–Shifo» turkumiga kirib, matematik bilimlar qatoridan joy olgan. Ibn Sinoning taqsimiga ko’ra, musiqa «ash–Shifo»ning uchinchi jumlasining uchinchi fanidir. Asar olti bobga bo’linadi. Har bir bob maqola deb ataladi. Keyin har bir maqola, o’z navbatida, fasllarga bo’linadi, har maqola boshlanishida unga alohida muqaddima yozilgan. Shu zaylda musiqa asari olti maqola va o’n to’qqiz fasldan iborat. Bu asarning birinchi maqola muqaddimasida tovushning sezgi a’zolariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo’lishi kabi masalalarga to’xtaladi. Unda musiqaning kishi hayotida qanchalik zarurligi haqida ham fikrlar bayon etiladi. Olimning fikriga ko’ra, inson tabiati yoqimli narsalar orqali yengil tortsa, uning aksida oromi yo’qolib, nafrati paydo bo’ladi. (F.Inog’omjonova. “Ibn Sinoning “Musiqa bilimiga oid to’plam” kitobining tarjimasi).

Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruhiga ta’siri haqida ham o’z fikrlarini bayon etadi.

Bu borada buyuk alloma Abu Ali ibn Sino mashxur «Qonun-fit-tib» asarida quyidagilarni ta’kidlaydi:

«Tanani chiniqtirishda chaqaloqlar uchun juda foydali vositalar qatoriga, birinchidan yengil tebratish va, ikkinchidan, odatda uxlatish uchun aytiladigan qo’shiqlar va allalar kiradi. Bolaning ushbu ikki narsani qabul qilish darajasiga muvofiq uning jismoniy mashqlarga va musiqaga moyilligini aniqlaydilar. Ularning birinchisi tanaga, ikkinchisi esa ruxiyatga tegishlidir». Bunda Ibn Sino ma’naviy tarbiya bolaning chaqaloq yoshidan belanchagini tebratish davomida (jismoniy tarbiya) alla (qo’shiq) aytish vositalari bilan mushtarak tarzda olib borilishi lozimligini aytib o’tgan. Ibn Sinoning musiqaga oid asarlari u yashagan davr musiqa ilmi haqida juda muhim ma’lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir.

Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlarini o’z ichiga olgan asarlaridan biri uning «an-Najot» kitobidir. Ma’lumki, «an-Najot» yuqorida zikr qilingan «ash-Shifo» asarining qisqartmasidir. Ibn Sino «an-Najot» kitobining avvalgi uch qismini - mantiq, tabiiyot, ilohiyot qismini yozgan, shu bilan uni tugadi, deb ham hisoblagan. Keyinchalik uning sho­girdi Aby Ubayd al-Juzjoniy qo’lida bo’lgan

Ibn Sinoning geometriya, astronomiya va musiqaga oid risolalarini unga qo’sh­gan, hatto «an-Najot»ning riyoziy qismini mukammal holga kel­tirish maqsadida uning «Hisob» kitobini qisqartirib unga tirkagan, natijada bu kitob ko’zlanilgan maqsadga muvofiq, ya’ni «ash -Shifo»ning bu to’g’rida ham mavzuini qamrab olgan.

Qanavotiyning al-Juzjoniyga havola qilib keltirishiga qaraganda, «an-Najot»dagi musiqa qismi Ibn Sinoning o’sha katta asaridan qisqartirib olingan.

Iroq olimi Zakariyo Yusuf bo’lsa buni risola deb ataydi. Uningcha, Ibn Sinoning avvaldan musiqaga oid maxsus bir risolasi bo’lib, muallif uni «an-Najot» uchun yozmagan, balki o’z holicha mustaqil musiqaga oid asar edi, hatto uningcha, al-Juzjoniy uni Ibn Sinoning biror asaridan qiskartirib ham olmagan va boshqalarga ma’lum biror asari ham emas edi, 3akariyo Yusuf bu fikrlarini o’rtaga tashlaganda Turkiyaning Istanbul shahridagi Jorulloh kutubxonasida 1345 raqamli bu asar qo’lyozmasiga tayanadi. Buni al-Juzjoniy «Muxtasar fi ilm al-musiqiy» («Musiqa ilmida qisqartma») deb ataydi. Arab olimi Zakariyo Yusuf bu borada xulosa qilib «an-Najot» asariga kirgan uch ming so’zdan iborat bu asar «ash-Shifo» dagi musiqa asa­ri bo’lmay, o’z holicha yozilgan mustaqil qisqa bir asardir, dey­di. Bu asar birinchi bor Haydarobodda Ibn Sino risolalari tarkibida chop etilgan. Bunda asarning Oksforddagi qo’lyozma nus­xasidan foydalanilgan. Bu kitobni Mahmud Ahmad al-Xafniy fors tiliga tarjima qilgan va uni Berlinda chop ettirgan. Ammo «an-Najot» 1337/1918 yili birinchi bor, 1357/1938 yili ikkinchi bor Qohirada nashr ettirilran bo’lsa ham, bu nashrga musiqa qismi kirmagan. Kitob mantiq, tabiat va ilohiyot qism­laridai iborat bo’lgan. Musiqaga oid Ibn Sinoning asari uning «Donishnoma» kitobiga ham kirgan.

O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Bepuniy nomidagi Sharqshunoslik instituti chiqargan katalogi—Sharq qo’lyozmalari to’plamidagi ma’lumotlarga ko’ra, Ibn Sinoning «Donishnoma» asarida musiqa qismi mavjud. Lekin 1957 yili Tojikistonda nashr ettirilgan bu asarning ruscha tarjimasiga musiqa qismi kirmagan edi.

Musiqa qismi esa «Donishnoma»ning 1967 yili Dushanbeda matematik qismi bilan birga bosilib chiqdi. Bunda keltirish­iga ko’ra, bu asar to’qqiz fasldan iborat («Donishnoma» 125-142-betlar). Bularda muallif tovushlar, ularning baland-pastligi, nag’malarining bip-biriga bog’liqligi, ritmlar, kuylar harakati, musiqa cholg’ulari va kuyni bezash kabi masalalar ustida fikr yuri­tadi. Bunda ham barbad, tanbur, shohrud, nay kabi musiqa cholg’ulari haqida fikrlar bayon etilgan.

Ibn Sinoning musiqaga oid to’rtinchi asari «al-Madxal ila sinaat al-musiqiy» («Musiqa san’atiga kirish») kitobidir. Ibn Sinoning bu asari Ibn Abi Usaybianing ko’rsatishicha, «an–­Najot»ga kirgan qism emas, balki alohida asar. Ibn Sinoning bu asari bizgacha yetib kelgan-kelmaganligi hozircha noma’lum. Ammo Aby Ubayd al-Juzjoniy tuzgan Ibn Sino asarlari po’y­xatida musiqaga oid bir risola keltirilgan. Ruyxatda u «Risola fi al-musiqiy g’ayr mo fi ash-SHifo» («ash-SHifo» asariga kipma­gan musiqaga oid risola») deb nomlangan.

Ibn Sinoning musiqaga oid beshinchi asari «Kitob al-lavo­hiq» («Qo’shimchalar kitobi»)dir. By maxsus bir kitob sifatida tarqalgan bo’lsa kerakki, alohida nom olgan. Ibn Sino «ash–­Shifo»ga kirgan musiqaga oid asosiy asari so’ngida bu asarga ishora qilib ketadi. Ibn Sino o’sha yerda kitobini shu iboralar bilan tugatadi;

«Mana shu bilan musiqaga oid gaplarni qisqartamiz. Bu ilm­ra oid bo’lgan ko’p shaxobchalar va ziyoda ma’lumotlarni xudo xoh­lasa «al-Lavohiq» («Qo’shimchalar»)dan toparsan».

Ibn Sinoning «Musiqa bilimiga oid to’plam» asari birinchi maqola muqaddimasida tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo’lishi kabi masalalarga to’x­taydi. Unda musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurligi va uning paydo bo’lishi sabablari haqida mulohaza yuritadi. Chunki inson tabiati yoqimli narsalar orqali yengil tortadi, orom ola­di, aksi bo’lsa og’ir tortadi, oromi yo’qoladi, nafrat qo’zg’atadi. (Irisov A. “Abu Ali ibn Sino” 134–139–betlar).

Mana shu mulohazadan keyin, Ibn Sino yoqimli va yoqimsiz ovozlarning hayot uchun qanchalik zarurligiga to’xtaladi. Chunonchi, hayvonlar o’zlariga tanish bo’lgan ovoz bilan bir-biridan, ya’ni sheriklaridan xabardor bo’ladilar, shu ovoz bilan ular bir-bi­rini topadilar, xavf-xatar tug’ilganda, shu holatga mos ovoz chi­qaradilar, natijada buni eshitganlar darhol o’sha ovoz chiqqan joyga yig’ilishga va dushmanga umumiy hamla qilishga shaylanadi­lar. Bu holni, deydi Ibn Sino, parrandalar, it va boshqa hayvonlar hayotida ham ko’rish mumkin. Tovush, deydi u davom etib, inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan biridir. Bordi–yu, tovush ma’lum bir ohangda bilingan bo’lsa, kishi ruhiga kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Insonlar qulog’i ko’proq nutqlar­dagi tovushlarni eshitishga moslashgan.

Ibn Sino insondagi til, nutq masalalariga ham to’xtaladi. «Tabiatning insonlarga in’om etgan baxtlaridan yana biri in­son nutqidip. Inson o’zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali o’z hissiyotlarini izhor etadi».

Undan keyin muallif ovozlar o’zgarishi orqali uning mazmuni ham o’zgarishiga e’tibor beradi. «Masalan, kishilar yalinganda boshqacha ovoz chiqarib gapiradilar, do’q-po’pisa qilganda boshqa­cha, shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda bo’ladi».

Ibn Sinoning fikriga ko’ra, inson qalbi o’z tabiati bilan bir-biriga monand bo’lgan tovush va ritmlarni yoqtiradi. Chunki, tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan biri; tovush in­sonni ham, hayvonni ham hayajonlantiradi, biror qo’rqinchli hodisa vaqtlarida bir-birini chaqirish borasida katta rol o’ynaydi. «Inson qalbi har bir yangi va ko’ngildagidek nag’madan orom oladi. Keyinchalik xuddi shu yoqimli nag’ma g’oyib bo’lsa, qalb hayajonga tushadi. Xuddi shu oldingi nag’maga o’xshash ikkinchi ­nag’maning paydo bo’lishi bilan qalbdagi hayajon yo’qola bosh­laydi».

Shu bilan birga, Ibn Sino mulohazasicha, ovozning baland-­pastligi ham, ularning bir-biridan farq qilishining ham o’ziga xos ma’nosi bor. Bu xil turli-tuman ovozlarda nazokat bilan ma’lum ma’nolar ifodalangan. Bular hammasi o’sha ovoz sohibiga ta’sir etib, undan kuzatilgan ma’no tushuniladi. Insonlarda ifodalangani ham o’sha maqsadni ifodalab, kishi ruhiga ta’sir etishi mumkin, shundan rang-barang fe’llar sodir bo’ladi. Mana shunda olim fikricha, ovozning baland-pastligi, ayniqsa, musiqiy ovozning darajasi qanday bo’lishligi kishi ruhiga ta’sir etishda ahamiyat kasb etadi. Ibn Sino fikricha, musiqa fani to­vushlarning bir-biriga muvofiq va nomuvofiq joylashgani ha­qida bahs yuritishi kerak. Uningcha, musiqaning ikki o’zani bo’ladi — biri kuy yaratish bo’lsa, boshqasi unda ritm borligidir. Musiqa fani mana shu ikki xil tarmoqdan unib-o’sib, rivoj to­padi, mukammallashadi.

Undan keyin, Ibn Sino tovushlar oralig’ida hosil bo’ladi­gan intervallar haqida fikr bayon etadi. Bunda u yoqimli va yoqimsiz, asosiy va yordamchi intervallarga to’xtab o’tadi. Ikkinchi maqolada intervallarni bir-biriga qushish va ayirish hamda ularni ikki marta ko’paytirish va teng bo’laklarga bo’lish kabi masalalarga to’xtaydi. Uchinchi maqolada jins va uning navlarga bo’linishi, jinslarning soni, ularning kuchli, kuchsiz va o’rtacha­ga bo’linishiga to’xtaydi. Bular hammasi musiqa fanining naza­riy masalalaridir.

Ibn Sino o’z musiqiy nazariyasida kuchli bo’lmagan jinslar kishini zaiflashtirishi, holdan toydirib bo’shashtirishi, nihoyat kishi ko’ng­lini vayron qilishini ta’kidlaydi. Chunki kishi ketma-ket kelgan kuchli inter­valdagi nag’malarni eshitishni kutib turgan bo’lsa, shu vaqtda ku­tilgan narsa sodir bo’lmay qolsa, kishi bo’shashadi, biroz zaiflashadi.

To’rtinchi maqolada musiqadagi tovush qatorlari hamda in­tiqol - bir tovushdan ikkinchisiga ko’chish masalasiga to’xtaydi. Besh fasldan iborat beshinchi maqolada nag’malarda ritm hosil bo’lish masalasiga, keyingi faslda olim musiqa va she’rlardagi ritmlarga to’xtaydi.

Odatda, she’r vaznlari, ritmlar va kuylar zo’r ta’sirli bo’ladi. Bular tabiiy bo’ladimi, g’ayritabiiy bo’ladimi - buni hech farqi yo’q - ma’nosi kuchli bo’lib, quloqqa to’satdan eshitil­sa, unday holda u ritm juda ham kuchli ta’sir qiladi. Bordiyu, uning mazmuni o’rtacha yoki kuchsiz bulsa, tabiatimiz uni yoqtirmay­di. Hamma ritmlar ham, deydi Ibn Sino, maqsadga muvofiq kelavermaydi. Bulardan faqat ko’pchilikka ma’qul bo’lgan ritmlargina kishi tabiatiga mos keladi. Shuning uchun ham olim fik­richa, san’at muxlislari ritm va jins turlari ichida tabiatga mos keladigan turlarnigina tanlab oladilar. Chunki ba’zilari quloqqa yoqmaydi, demak, uni qabul qilish yomonlashadi, ba’zilarining shakli o’zgarsa kishi ruhiga yomon ta’sir qiladi. Shu tariqa muallif odamlar orasida ishlati­lib kelgan ritmlar, ularning yengil-og’irligi, yoqimli-yoqimsizligi, murakkab-sodda turlari, ular ifoda etilgan vaqt haqida bayon etadi.

Beshinchi maqolaning beshinchi fasli she’r va uning vaznlariga bag’ishlangan. Oltinchi maqola ikki fasldan iborat bo’lib, birinchisi kuylarni ta’lif qilishga, ikkinchi fasl esa musiqa cholg’ulariga bag’ishlangan. Ibn Sino musiqa cholg’ularini chertib, puflab va urib chalinadigan turlarga bo’ladi. Chertib chalinadigan cholg’ularni u ritmli cholg’ular deb ataydi. Bularga, barbat, tanbur, shohrud, anqosimon (zu anqo), sanj, salyoq, rubob, mizmor, surnay, arg’an (arg’anun, arg’an), ud kiradi. Ibn Sino bu musiqa cholg’ularining ishlatilishi, pardalarining tuzilishi, sozlanishi kabilar haqida ham fikr bayon qiladi.

Ibn Sinonnng musiqaga oid asarlarini O’rta asr musiqa mada­niyati qay darajada bo’lganligini ko’rsatib turuvchi bir mezon de­sa bo’ladi.



Kaykovusning XІ asrda G’azna shahrida yashagan Sulton Mahmud saroyidagi musiqachilarning xulq–atvori haqidagi «Qobusnoma» risolasi ham juda qiziqarlidir. (Veksler S. Ocherki istorii muz. kulьturы. T. «O’qituvchi» nashriyoti, 1965, 94–95–betlar). Kitobda, jumladan, shunday deyiladi: « ... agar hofiz bo’lsang, xushfe’l, quvnoq bo’l, hamma vaqt o’zingni toza tut, sendan yoqimli hid kelib tursin, shirin so’z bo’l, o’z ishingga mashg’ul bo’l, qo’pol so’z, qovog’i soliq bo’lmagil. Hamma vaqt og’ir yo’l (maqom)larni chalaverma va hamma vaqt yengil yo’llarni ham chalaverma, chunki yo’lni bir xilda chalmaslik kerak, negaki, odamlarning hammasi bir xilda emas, tabiatlari ham bir–biriga muvofiq emas, chunki xalq xilma–xildir. Shuning uchun (musiqa) ilmining ustodlari musiqa cholg’ulariga shunday tartib berganlarki, avval podshohlar majlisi uchun hisravona dostonlar tuzganlar, undan keyin vaznsiz bir og’ir yo’l tuzdilarki, uni ikki musiqa bilan aytsa bo’ladi, bunga og’ir yo’l deb ot qo’ydilar. Bu yo’l keksalarning va o’qigan odamlarning tabiatiga mos keladi. Bu yo’lni shunday qavm uchun yaratdilar. So’ngra (ustodlar) ko’rdilarkim, xalqning hammasi qari va jiddiy kishilar emas. Shuning uchun yigitlarga moslab bir yo’l ishlab chiqdilar. So’ngra yengilroq vaznli she’rlar uchun yengil yo’llar tuzdilar, bularga, «hafif» deb nom qo’ydilar, og’ir yo’ldan so’ng bu hafif yo’lni chaldilar, bundan qarilar ham, yigitlar ham bahramand bo’lsinlar deb o’yladilar. So’ngra yosh bolalar va yoqimli tabiatli odamlar bebahra qoldilar. Bu qavm uchun taronani ishlab chiqdilar, chunki hamma vaznlarning orasida taronadan yoqimli vazn yo’qdir».(“Qobusnoma” T., “O’qituvchi” nashriyoti, 1967, 114–115–betlar).

«Qobusnoma» matni o’rta osiyolik musiqachi olimlar orasida musiqaga tinglovchiga etika jihatidan ta’sir etuvchi vosita sifatida qarashning keng tarqalganini, keyinroq borib musiqadan shifo berish vositasi tarzida foydalanilganini tasdiqlaydi.

«Majlisda o’tirgan vaqtingda majlis ahliga qara, agar eshituvchi qizil yuzliq mosh-guruch soqol bo’lsa, (musiqa cholg’uining) ikkinchi torida chalgil, agar sariq yuzli bo’lsa (musiqani) bum torida chalgil, agar qora yuzli, savdoyi, oriq bo’lsa, ko’proq (musiqani) uch torida chalgil, agar badani oq va semiz hamda pilchil­lagan nam bo’lsa, yo’g’on torda chalgil. Chunki rudni (musiqa cholg’ui) odamning turq tabiati uchun muhayyo qilganlar...

Har bir ashulani vaznsiz o’rganmagil, vaznsiz taro­na hamda g’azal yozmagil. Kuylagan vaqtingda ashulang boshqa joydan, sozing boshqa joydan bo’lmasin... har bir ashulani boshqa bir ma’no bilan aytgil...» (“Qobusnoma” T., “O’qituvchi” nashriyoti, 1967, 115–116–betlar).

Musiqa faqat hokimlarning saroyidangina emas,­balki shahar va qishloq ahli turmushidan ham katta o’rin olgan. U milliy musiqa cholg’ulari ijrosida choyxona, xalq sayillari, oilaviy bayramlar (to’ylar)da, qo’g’irchoq teatri, dorbozlar, qiziqchilar tomosha ko’rsatgan paytlarda maydonlarda, xalq udumi va rasm­–rusumlari bajarilganda yangragan. Bu haqida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida yashagan shoir Nizoriy «Dasturnoma» dostonida shunday deb yozadi: «...Erkin yigitlar, do’stlar,tengdoshlar. San’atga boy, xush xulqi va yaxshi hayot tarziga ega sha’n-shavkatli o’rtoqlar. Zakiy, ochiq dil va xush yuz­li, nozik qochirma va xazilni tezda ilg’ab oluvchilar. Arfa, doira, - ud va nay sadolari ostida kecha-yu kunduz qo’llarda may to’la kosa bilan... zarbo’lmasal, nazm, hamda farom-ash’orlar bilan, go’zal rivoyatda va yoqimli hikoyalar, yaxshi ashula va dilni qitiqlovchi musiqa bilan, umuman, ko’ngil och va ko’ngil ochish maskanini yoqimli qil».

2.2 Abdurahmon Jomiy inson kamolotida musiqaning ham o’z o’rni borligiga alohida e’tibor beradi. Alloma «Musiqa haqida risola» asarini yaratar ekan o’z o’tmishdoshlarining musiqiy tarbiya haqidagi qarashlarini rivojlantiradi.

Avvalo, olim bu asarida an’anaga ko’ra musiqaning kelib chiqishi, ohanglar haqida qimmatli fikrlar bildiradi, maqomlarga tavsif beradi, musiqa cholg’ulari haqida ma’lumotlar keltiradi. Muhimi, musiqaning kishiga ta’siri to’g’risidadir. U musiqaning ba’zi kuylari insonda ko’tarinki ruh paydo qilsa, ba’zilari insonda ijodiy ruh paydo qiladi, deydi. Jomiyning musiqa nazariyasi haqida «Risolai musiqiy» asarini yozishi shu davr madaniy hayotida katta voqea bo’ldi. Jomiy o’z risolasida Abu Nasr Forobiyning ko’p jildlik «Musiqa haqida katta kitob» asaridagi g’oyalarni yanada rivojlantirdi, musiqani tovushlarning o’zaro ohangdoshlik (ta’lif) va noohangdoshlik (manofarat) nuqtai nazaridan o’rganuvchi, yangi kuy yaratish uchun ular orasidagi oraliq (ozmina)larni tekshiruvchi fan deb xarakterladi. Musiqa, uning fikriga ko’ra, insonga eng yuqori ma’naviy oziq beradigan mukammal go’zal tovushlar haqidagi fandir. Bu fan insonlarga xizmat qilishi, ularning hayotini bezashi zarur.



Jomiyning risolasi nazariy xarakterga ega. Muallif o’z davridagi musiqa san’atining eng muhim muammolarini ilmiy asoslashga uringan. Kirish qismida Jomiy musiqa san’atining katta psixologik ahamiyatini, uning tinglovchilarda qayg’u yoki quvonch, tushkunlik yoki umid singari turli–tuman kayfiyatlar hosil qila olish xususiyatini tushuntiradi. «Shunday bo’ladiki,—deb yozadi Jomiy «Risolai musiqiy» asarida,—dilning qayg’u yoki quvonch, ma’yuslik yoki umid, tushkunlik yoki ko’tarinkilik kabi eng maxfiy holatlaridan biri tovushni o’z rangiga o’ragan holda unga ta’sir etadi. Shu tufayli tinglovchi bu maxfiy holatdan ogoh bo’ladi va undan alohida lazzat oladi».

Jomiy o’z davrining professional musiqachilari orasida tarqalgan hamda umumiy ta’lim sanalgan 11 ta jo’r ritm yoki ritmik doiralarni sanaydi. U bayon etgan ritmlar soni 19 taga yetadi.

Risolaning xotima qismida muallif ohang (lad)larning tinglovchilarga ta’siri haqida so’z yuritib, shu jihatiga ko’ra ularni to’rt toifaga bo’ladi:

  1. Shijoat va jasurlik uyg’otuvchi ohanglar;

  2. Hursandchilik va quvonch uyg’otuvchi ohanglar;

  3. Qayg’u va mung uyg’otuvchi ohanglar;

4. G’am va ma’yuslik aralashgan shodlik va zavq uyg’otuvchi ohanglar.

Ohanglarni ularning hissiy ta’sir etishiga ko’ra tasnif etar ekan, Jomiy 12 maqom, 6 ovoz hamda 24 sho’badan tashkil topgan umumiy 42 ohangdan 38 tasini qayd etadi.

Ko’rib turganimizdek, xalqimiz juda katta musiqiy merosga ega. Biz bu merosdan unumli foydalanib yosh avlodga to’laqonligicha yetkazishimiz zarur. O’quvchilarga maktabga kelgan ilk kunlaridanoq, ularning onglariga mutafakkirlarimiz va ularning musiqiy asarlari haqida ma’lumotlar berib borishimiz darkor. Buning uchun zamonaviy o’qituvchilarimizning o’zlari musiqa tarixidan boxabar bo’lmoqlari kerak.

Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkiri va jamoat arbo­bi Alisher Navoiy musiqa san’ati sohasida nihoyatda katta bilimga ega edi (u o’ziga «Navoiy», ya’ni ohang­dor taxallusini bejiz tanlamagan). U bir guruh yi­rik musiqachilarning iste’dodi namoyon bo’lishiga ko’maklashib, ularga rahnamolik qilgan. Navoiyning ijo­di SHarq madaniyati va san’atining rivojlanishida ulkan rolь uynagan. «Boburnoma»da uning faoliyatiga bir qancha saxifalar bag’ishlangan. Navoiyning musiqiy-estetik qarash­lari uning «Sabbayi sayyor», «Majolis un nafois», «Mezon ul avzon», «Mahbubul qulub», «Xamsa» tarkibidagi asarlar va bosh­qa asaparida aks etgan.

Alisher Navoiyning «Majolis un nafois» asarlarida musiqa san’atining tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan. She’riyatimiz oftobi daho shoir Alisher Navoiy asarlarini mutoala etganda, barbatnavoz haqidagi go’zal baytlarga ko’zingiz tushadi:

Quyosh chehralik sho’xi barbatnavoz,

Ki jon rishtasi tor anga cholsa soz…

Bovujudiy jamoli fitnafikan,

Bor emish hushnavo-yu, barbatzan…

Har gal Rudakiy, Firdavsiy, Ibn Sino, Jomiy singari ulug’ san’atkorlar asarlarini o’qiganda «Surudiy Borbad», «Borbad usuli», «Borbadona tarona» singari so’z va iboralarga duch kelasiz. Ana shunday kezlarda «Borbad kim?», «Bu kanday ohang bo’ldi?» kabi savollar aqlni band qiladi. Biz ham jumboqni yechmoq uchun ko’p kuxna asarlarga, komuslarga murojaat etdik, musiqashunoslarning asarlarini o’qib chiqdik. Borbad Sharqda birinchi kasbiy musiqashunos, bastakor, hofiz va shoir bo’lgan. U «Navro’zi Bo’zrug», «Gulzor», «Sabz bahor», «Roxi gul», «Oroishi xurgezon» singari asarlarida bevosita tabiat go’zalligini aks ettirgan. U haftaning yetti kuniga nisbat berib, «Xusravoniy» ohanglar tuplamini, oyning o’ttiz kuniga kiyoslab o’ttiz laxn (kuy, maqom yo’lini), yilning uch yuz oltmish kuniga bag’ishlab shuncha tarona yaratgan. Borbad yaratgan kuy va taronalarning ko’pchiligi bizning zamonamizgacha o’zgarishsiz yetib kelgan. Bastakorning arab mamlakatlarida Baxlbad, Paxlapaz va Faklbaz, Borid taxalluslari bilan keng shuhrat qozonishi ham shundan dalolat beradi. Borbad musiqiy majmualardagi o’zi ijod etgan Sharq musiqiy bilimi donishmandlarining uqtirishicha, «Yazdon ofarid», «Sabzori sabz», «Partaviy farxor», «Kini Eraj», «Kini Siyovush», «Bog’i Shaxriyor», «Shabdiz» singari mavsum va marosim qo’shiqlari shular jumlasidandir. Bu asarlarning ayrimlari Sharq musiqasining shoh asarlari bo’lmish «Duvozdax maqom», «Shashmaqom», «Haftdastgox» tarkibida hozir ham yashab kelmoqda.

Borbad ijodi o’tmish musiqashunoslari tomonidan yuksak baholangan. «Eron musiqasi bilan tanishish» kitobining muallifi Aziz Sha’boniy: «Borbad Sharq musiqasi tarixida eng yorqin siymolardandir. U bu serzamin xalqlari musiqiy ilmi, notasi sozu ovozining asoschisidir» deb yuksak baho beradi.

Forobiy, Ibn Sino va Abdurahmon Jomiy musiqaga doir misollarda Borbadning musiqiy iste’dodini e’zozlagan hamda undan ijodiy fayz topgan.

Abdulqodir Marog’iy bir kancha vaqt Bag’dodda Sulton Uvaysiy va Sulton Ahmad saroylarida xizmat qiladi. Bag’dod Amir Temur imperiyasiga qo’shib olinganidan so’ng Sa­marqandga kelib Sohibqiron saroyida, so’ngra Xirotda Shohrux saroyida xizmatda bo’ladi. U Forobiy, ibn Sino, Abdul Mo’min Urmaviy va boshqalarning Sharq musiqasiga doir asarlarini qunt bilan o’rganadi hamda X1V - XV asrlar Sharq musiqasi nazariy muammolariga ba­g’ishlangan asarlar yaratadi. Marog’iy mohir musiqachi, yetuk shoir, musiqa nazariyasiga bag’ishlangan bir nechta yirik risolalarning muallifi, shuninngdek, bir qancha musiqa sozlarni takomillashtirgan kishidir. Marog’iy musiqaga oid «Kuylar xazinasi», «Taronalar to’plami», «Kuylar yo’nalishi», «Kuylar haqida kitob» kabi asarlarni yaratgan.

Risolalarda Al Marog’iy O’rta Osiyo xalqlarining o’sha davrlardagi musiqa ijodidan namunalar, musiqa asarlari yaratuvchilariga tavsiyalar, maqomlar yo’nalishlari haqida qimmatli fikrlar bayon etgan.

Abdulqodir Marog’iyning ma’naviy merosi faqat Mar­kaziy Osiyo va Xuroson musiqasining nazariy muammolari­ni hal etish bilangina chegaralanmaydi. U musiqa nazariyasiga oid asarlar yaratish bilan birga bastakor sifatida bir qancha musiqiy asarlar ham yaratgan. Bular orasida Iroq maqomi yuli bilan ijro etiladigan «Peshravi dor», «Amali tarona» kabi asarlari ko’pchilik ichida ayniqsa ommalashib ketgan edi.

Abdulqodir Marog’iy qo’shiq va soz ijrosi masalalariga, musiqa asarlari hamda usul xillarini yaratish, ijod etish qoidalariga bag’ishlab, uni fan sifatida nazariy hamda amaliy jihatdan umumlashtirib, 24ta sho’’ba yaratgan. Uning izlanishlari natijalari va yutuqlari undan keyingi avlodlar musiqa ilmining ajralmas qismiga aylandi.

Sharq xalqlari musiqa madaniyati taraqqiyotida Abdul­qodirning xizmatlari haqiqatan ham g’oyatda ulkan. Birinchidan, u anchagina muddat Bag’dodda yashaganligi sa­babli, arab, fors, ozarbayjon xalqlari musiqasidan bi­lim oladi. Samarqand va Hirotda yashagan vaqtlarida esa Markaziy Osiyo xalqlari musiqa nazariyasi va amaliyoti­ni qunt bilan o’zlashtiradi. Bu esa, keyinchalik o’sha davr Markaziy Osiyo va O’rta Sharq xalqlari musiqalari yutuq­larini umumlashtiruvchi nazariy hamda amaliy asarlar yaratishga yordam beradi. Ikkinchidan, Abdulqodir tomo­nidan o’z davri musiqasi nazariyasiga oid ko’pgina masa­lalarning hal etilishi keyingi asrlar Sharq xalqlari musiqasining rivojlanib ketishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Shunday qilib, Abdulqodir Marog’iy boshchiligi Markaziy Osiyo musiqa maktabi faqat temuriylar davlatlari doirasida emas, keyinchalik butun musulmon Sharq mu­siqasi ravnaqining g’oyatda muhim omili bulib xizmat etdi.

Xulosa.


Xulosa qilib aytganda, IX asrning ikkinchi yarmida biz yashab yurgan hududlarda Somoniylar davlatining vujudga kelganligi arab xalifaligiga qaramlikdan xalos bo’lish yo’lida qo’yilgan birinchi qadam bo’ldi. Qadimiy madaniy an’analarga boy bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari bu davr ichida o’z ma’naviyati va san’atini yuksaklikka ko’tara oldi. Shaharlar va ulardagi madaniyatning tez rivojlanishi hamda madaniy aloqalarning kuchayishi natijasida o’lkada ilk uyg’onish davri boshlandi, ilm fan, umuman ma’naviyat bobida tarixda misli ko’rilmagan yutuqlarga erishildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Rudakiy, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy kabi daholar shu davr madaniy yuksalishining yorqin siymolari edilar. Vatanimiz madaniyati tarixidagi bu Uyg’onish davri, birinchi navbatda, qaramlikdan qutilish, mustaqil mafkura, mustaqil ijod, mustaqil ma’naviyat samarasi bo’ldi.

O’zbek xalqining o'z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramoqda. U o'zining xalq ijodi hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg'u asarlari – dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi

Asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma’naviy quvvat berib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni, an’analarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirish xar tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, bunga keng imkoniyatlar yaratildi. Chunki mamlakatimizda kechayotgan milliy o’zlikni anglash va ma’naviy xurlikni his etish ehtiyoji ajdodlarimiz qalb qo’ri, aql zakovati turmush tajribasi asosida yaratilgan madaniy merosimizni bilishni va shu asosda turli bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini amalga oshirishni taqazo etmoqda – Ijodkor xalqimiz tomonidan yaratilgan nodir ma’naviy boylik xisoblangan musiqa ijodi asrlar osha turli axloqiy tushunchalarni betakror badiiy shaklda kishilar qalbiga singdirishda bebaxo sarchashma sifatida xizmat qilib kelmoqda. O’zbek xalqi musiqa ijodini yaratishga xissa qo’shgan namoyondalarning hayoti va ijodini o’rganish orqali ajdodlarimizning boy madaniy va marifiy o’tmishini yanada teran anglash mumkin.

Ko’rib turganimizdek, xalqimiz juda katta musiqiy merosga ega. Biz bu merosdan unumli foydalanib yosh avlodga to’laqonligicha yetkazishimiz zarur. O’quvchilarga maktabga kelgan ilk kunlaridanoq, ularning onglariga mutafakkirlarimiz va ularning musiqiy asarlari haqida ma’lumotlar berib borishimiz darkor. Buning uchun zamonaviy o’qituvchilarimizning o’zlari musiqa tarixidan boxabar bo’lmoqlari kerak.

Xullas, mamlakatimizda komil inson shaxsini shakllantirish davlat siyosatining ustivor yunalishiga aylangan xozirgi sharoitda ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo’lgan musiqiy madaniyatimizning o’rni beqiyosdir. Zero, musiqa, qo’shiq xar doim xalqimizning jon ozig’i bo’lib kelgan. Ulug’ shoirimiz G’afur G’ulom san’atni «Odamlarning teng yarmi yuragi joni» deb ta’riflaganda yoki sevimli shoiramiz Saida Zununnova musiqa sanqatining tarixiy xaqiqatni ifodalashda katta imkoniyatga ega ekanligini ta’kidlab:




Download 129,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish