II BOB. Jadidchilik harakatining ilk vakillari, ularning ijodiy-ma’rifiy faoliyatlarida Munavvar Qori Abdurashidxonovning yetakchilik o‘rni.
Ma’naviyatimiz tarxida shunday insonlar borki, ular uz faoliyatlarini xalq manfaatlari yo‘liga baxshida etgan. Ular vatan, ozodlik, millat yo‘lida xatto uz jonlarini ham ayamaydilar. Bunday insonlar bir umr kelajak uchun, xalq farovonligi uchun kurashdi. Ushbu zotlarning xizmatlari xalq dilida asrlar osha saklanib koladi. Mana shunday insonlardan biri, ma’rifatparvar. axlokshunos, jug‘rofshunos, pedagog, shoir, siyosatchi Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘lidir.
Munavvar Qori tavallud topgan davr mustamlakachilik siyosati avjiga chiqqan bir payt edi. Abdurashidxon Sotiboldixon o‘g‘li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining SHayxontoxur daxa Darxon maxallasida dunyoga keldi. Uning otasi Abdurashidxon Mudarris, onasi Xosiyat otin bo‘lgan. Munavvar Xosiyat otinning uchinchi farzandi edi. Akalari A’zamxon va Muslimxonlar ham uz davrining ziyoli kishlaridan bo‘lgan. Ularning birlari maktabdor domla, ikkinchilari ruxoniy kishi edi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ta’kidlashicha, ba’zi manbalarda «Munavvar Qori Abdulmajidxon o‘g‘li» deyilgan, yozilmada uning bobolari bilan boglik ekanligi ayti- ladi. Munavvar Qori otasida 7 yoshligida yetim qolgan. Unga dastlab tarbiya va ta’limni onasi Xosiyat otin bergan. U xat savodni ham avvalo onasidan o‘rgangan. Ayni paytda yirik maktabdorlardan xisoblangan Usmon domla ismli kishi kulida o‘qidi. Yana bilimlarini oshira borib, Toshkentda joylashgan Yunusxon madrasasida taxsil oladi,
O‘rta Osiyoda ayni paytda ilmning markazi Buxoro xisoblanar edi. Buxoro madrasalarida diniy va ba’zi dunyoviy ilmlar ham urgatilgan. Munavvar Qori ham yuqori ilmlardan baxramand bo‘lish maqsadida Buxoroga boradi. Bu 1898 yilda edi. SHu yildan boshlab Buxoro madrasalarining birida taxsil kura boshlaydi. Ammo tez utmay Munavvar Qori Toshkentga qaytadi. Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Munavvar Qori moddiy qiyinchilik tufayli Toshkentga qaytib kelgan.
Munavvar Qori yeshligidan diniy ilmlarni puxta o‘rgangan Buxoro sabori uning bilimlarini yanada mustaxkamladi. Buxorodan tezda qaytgach, Toshkent Darxon masjidida imomlik bilan shugullana boshladi. Imomlik qilayotgan paytda ham u Turkiston xalqini savodsiz holda yashayotganligini chuxur anglar edi. Yuqorida aytilganidek Ismoil Gaspralining g‘oyalari Toshkentda ham tarqalgan edi. Munavvar Qori, birinchidan, Turkiston xalqining mustamlakachilikdagi hayotidan ta’sirlangan bo‘lsa, ikkinchidan «Tarjumon» gazetasi hamda musurmon mamlakatlaridan kirib kelayotgan matbuotlardan o‘ziga kuvvat oldi. «Toshkent ziyolilari» orasida jadidchilik ishiga alohida xissa kushib, uning yo‘lboshchilaridan biriga aylandi. Amerikalik olim, O‘zbek ma’rifat va madaniyatining targ‘ibotchilaridan biri Edvard Ollvort o‘zining «Zamonaviy o‘zbeklar « kitobida Munavvar Qorining Turkiyada ta’lim olganligini ma’lum qiladi.
Ayni paytda Bogchasaroyda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasini Munavvar Qori ixlos bilan o‘qir edi, Bundan tashhari, “Vaqt” va «Yulduz», «Siroti Mustakim» kabi matbuotlari bilan ham tanish edi, Munavvar Qori bu matbuot saxifalaridan ulkadagi ahvolni qanday qilib yaxshilash kerak degan savolga javob axtara boshlaydi, SHu bilan birga, kunglida isloxotparvarlik fikrlari turila boshlagan edi. CHunki eski uslubdagi o‘quv ishlari tamomila eskirgan bir xolatda turardi. Bu paytda Munavvar Qori kabi taradayparvarlarning zimmasida xalq pedagogikasini yaratish masalasi turar edi. Turkistonning markaziy joylarida bu masalani xal etish Munavvar Qori kabi taraqqiyparvar kishilar tomonidan boshlab yuborildi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ma’lumotiga kura, Munavvar Qori 1901-1904 yillarda Krimlik do‘sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «Usuli savtiya» maktabini ochadi». Munavvar Qorining» usuli jadid» maktabini ochilgan yili to‘g‘risida yana bir misolni keltirishni lozim to- pamiz.E.Fyodorov «O‘rta Osiyoda milliy inkilobiy harakat tarixi «nomli kitobida ma’lumot berishicha, jadid Bexbudiy Samarkandda birinchi marta yangi usul maktabini ochgan. Munavvar Qori Abdurashidxonov ham 1904 yilda Toshkentning Zeki shaharida shunday maktab ochgan.
Munavvar Qori yangi usuldagi maktabini dastlab o‘z xovlisida ochgan, keyinchalik boshqa joylarda ochish uchun keng hara- katni boshlab yuborgan, Bu yillarda uning yaqin tsarindoshlari kumakdosh bo‘ldilar. Bu turrida M, Muhammadjonov o‘zining «Turmush o‘rinishlari» kitobida keng ma’lumotlar beradi:»SHayx Xona- vand Taxur daxalik Mirza Dadaxujaboyning mexmonxonasida maktab ochib, bir-ikki yildan beri Abdusami Qori degan bir kishi bilan bola o‘qitib turmokda bulgonini aytdilar. Borib kurdim. Bolalarning uxishlarini sinf- sinflarida yurib kurib chikdim. Xozirda 4 sinf boshlang‘ich ibtidoyi maktab bo‘lib, yaxshigina tartiblik: parta, qora taxtalar, yer yuzi bulaklarining qisqacha ham butun haritalari bor ekan. Bu yangi tartiblik maktablarning Toshkent shahrida bo‘lib ketishiga birinchi sabab Munavvar Qori bo‘lib, barchasining progromini shul tuzub bergan».
Ushbu keltirilgan fikrdan kup narsalarni anglab olish mumkin. Lemak, Munavvar Qorining dastlab ochgan maktabi 4 sinfdan iborat bo‘lib, turli zamonaviy fanlar ham uxitilgan. U yangi usuldagi maktabda utsitishdan maqsadi, birinchidan, xalqni savodli xilish bo‘lsa, ikkinchidan, xalqni mustaqqillik uchun kurashga xozirlaydigan ma’rifat xona ochish edi.
Munavvar Qori «usuli jadid» maktabini tashkil qilish bilan birga, xalqni tarribot xilishga ham undadi. Jaxolatda xolgan xalqni yangi usuldagi maktablar orkali kutkarish yo‘llarini uyladi. SHu jixatdan olib haraydigan bo‘lsak, Munavvar Qorining matbuotda dastlabki chixishlari ham e’tiborga molik.
U 1906 yildan chщa boshlagan « Taraqqiy « gazetasini faol tashkilotchilaridan biri edi. Munavvar Qori ushbu gazetani bi- rinchi sonida Munavvar Qori Ibn Abdurashidxon ismi bilan « Bizning jaxolat jaxli murakkab» nomli ma’rifatparvarlik ruxdagi makolasini e’lon qildi. Bu makola Munavvar Qorining ma’rifatparvarlik qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgandir. Muallif bu makolani jadidlarning tungich gazetasi Taraqqiy « ning birinchi sonida e’lon qilishi bejiz emas. Taraqqiypar- varning «Bizning jaxolat» makolasi «Taraqqiy» gazetasining birinchi sonida bosilib, uning dasto‘rini belgilaydi. Makola quyidagi tarzda boshlanadi: «Har millatning maktab va madrasasi uldugi kabi bizning ham maktab va madrasalarimiz garchi benizom va beusul ulsa ham yo‘q demak darajada oz emasdur. Har millat avlodini tarbiya va ta’lim ilmida ko‘rsatgan gayrat va ximmati kabi bizlarda ham uz mas’um avlodlarni jaxolat va gaflat zulmatida kolmogiga hech bir rizolari ulmay qo‘llaridan kelgancha ta’lim va tarbiya avlodda kusurlik ko‘rsatguvchi zotlar mavjuddurlar».
Birinchidan «Darsga nima uchun kelganini bilmay, ilm va maorifga aslo ragbat kil- may, jonidan shirin bolalarini kuchaba - kucha kezdirub, bechora mas’umni aziz umrini jaxolat otashini bndiruvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur» deb ilmga ragbat qilmayotgan insonlarning kiefasini ko‘rsatsa, ikkinchidan ilm va ma’rifatni to‘g‘ri anglaydigan qanday bulmasin farzandlarni kelajak taraqqiyoti uchun ilmli qilish kerak degan insonlarning kiefasini tasvirlaydi. Munavvar Qori xalqni ma’rifatga chaqirishga murojaat usulidan foydalanadi.Uning so‘zlaridan vatanga, xalqiga va millatiga bo‘lgan tuygusi jush urib turadi. u Xoy vatandoshlar! Diqqat, nazar ila boqing»-deb muallif fikrni berishdan avval o‘quv chini maqsadiga dikkat bilan e’tibor berishga chaqiradi. ushbu makolada ilm va uning foydasi hamda amaliy kimmati to‘g‘risida fikrlar birdiriladi. Muallif makolada xalq iboralaridan keng foydalanadi. Masalan, eski davrdagi ta’lim va tarbiya to‘g‘risida gapirib «Eshakiga yarashur tushovi « degan makolani ishlatadi, Bunda Munavvar Qori birinchidan savodsizlikni nazarda tutsa, ikkinchidan taraqqiysizlikni ham nazarda to‘tgan.
Munavvar Qori bu maqolada yaktablardagi fanlarni o‘qitishga alohida e’tibor beradi. U maktablarda faqat Fuzuliy , Navoyi, Xuja Xofiz, Bedillar kabi buyuk ijodkorlarni o‘qitish bilan birga ayni paytda ilm qiroat, masoili e’tikodiga, masoili ilmiyat, ilmli xisob kabi fanlarni o‘qitilishini alohida ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, ustoz shoirlarning ijodini o‘qitish bilan birga , kщoridagi aytgan fanlar ham qo‘shib o‘rgatilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Munavvar Qori maktablardagi o‘qituvchilarning ham savodli kishilar bo‘lishini istaydi. Ayni davrda ayrim uxituvchilarning uzlari ham hech narsa bilmasliklarini Munavvar Qori jaxolat deb tasvirlaydi. Munavvar Qori Fuzuliy, Navoiy, Xuja Xofiz, Bedillarning kitoblarini dastlabki savod urgatuvchi darslik sifatida qo‘llab bulmasligini aytadi: «Vaxolanki boshqa viloyatlarda xat bilmaydurgon kishi yuzdan un ulsa, Turkiston viloyatida 100 dan 90 dir. Mundan ham ma’lum buladurki, savodi chikmox bu kitoblarni Uximokga muvofik emas. Balki bu kitoblar g‘oyat kiyinligidan bolalarni besavod qolmogiga ham sabab ulur».
Munavvar Qori bu bilan Fuzuliy, Navoiy, Bedil, Xofizlarning ijodini inkor kilmayapti, u avvaliga bolalarga savod chikarish uchun yengil daroliklardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Munavvar Qori eski o‘qitish uslubini keng ravishda tankid qiladi.U yerda «Fasad axlokdin boshqa ish o‘rganmas» deydi. Eski usul nixoyat joxil bir tartibda olib borilishini quyidagicha tasvirlaydi, Muallim afandi ko‘lida zur bir taek» qaysi bola- ni boshi harakatdan kolsa, ushbu tayok shu bolani boshida ulur. Ammo o‘qigon, o‘qimagon ila hech kimning ishi yo‘q. Boshini qimirlatib ultursa kifoya kilur. Xattoki o‘tgan yillarda bu tarifa zulm muallimlarni tayorini ostida vafot qilok ham vakif o‘ldi. Bu tarika zolim, badxulk joxil muallimlarning tarbiyasida o‘lgan bolalardan nima umid kilmok kerak».
Munavvar Qori, yuqorida ta’kidlaganimizdek,eski jaxolatni tasvirlash bilan birga yoshlarimizni maorif saodatiga chaqiradi, ularni raflat uykusidan uyronib, kuzlarini ochishlarini kay- ta-qayta ta’kidlaydi. U «Jaxolat zulmatida» qolishni, saodatdan maxrum bo‘lishni xavfli deb xisoblaydi.Xullas, muallifning- bu makolasi jadidlarning oldiga kuygan maqsadlarini ham ifoda etar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |