Moddiy resurslar – Jismoniy sport inshootlari tarmoqlari. Xalqaro sport to‘g‘risidagi qonunchilik ta’kidlaydiki, ommaviy sportda ko‘zlangan natijalarga erishishda hukumat, davlat idoralari va noodavlat tashkilotlar sport inshootlari, qurilmalari va jihozlaridan foydalanish va tashkil etish bo‘yicha har bir yo‘nalishda o‘z harakatlarini birlashtirgan holda kuchaytirishlari zarur. Yoshlarni sport bilan band bo‘lishlarida jismoniy tarbiya va sportning zarur qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilmoqda. Bunda sport inshootlari tarmoqlarini rejalashtirish masalalari davlat idoralarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ispaniyaning Sport oliy kengashi sport jihozlari va inshootlarining rivojlanishi va zamonaviylashtirilishi bo‘yicha rejalar ishlab chiqish va amalga oshirishda rejalarni bajarish bo‘yicha qo‘mitalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Shu bilan birga jamoat uchun mo‘ljallangan, davlat tomonidan moliyalashtirilgan sport inshootlari rejalashtirish va qurilishi uning ko‘pchilik tomonidan foydalanilishini, kun davomida uning bandligi, har xil jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan fuqarolar, jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan kishilar hamda qariyalar ham foydalana olishini hisobga olib amalga oshiriladi.
Fransiya qonunchiligi, ayniqsa, sport jihozlari bo‘yicha masalalarni qattiq nazorat qiladi. Masalan, sport qurilmalari egasi bu haqda ma’muriyatga bayyonnoma tuzilishi uchun ariza berishga majburliklari to‘g‘risida qonuniy me’yor mavjud. Bu yerda ko‘pchilik birlashmalar ommaviy sportni rivojlantirishda quyidagi muhim omillarni keltiradi: sport inshootlarining ta’minoti, yoshlar sportini rivojlantirish siyosatini tuzish, sog‘lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etish. Shunday tajribani Daniya munitsipal idoralari ham amalga oshirmoqda, sport tashkilotlari zarur jihozlar bilan bepul ta’minlanmoqda yoki jihozlar ijaraga olinishida yengilliklar kiritilmoqda.
Germaniyada sport tashkilotlariga ma’muriy xarajatlar to‘lovi bo‘yicha masalalarni hal etish uchun o‘z mablag‘lari kamlik qilganda, sport anjomlari va jihozlarini sotib olishda, o‘quv-mashq ishlarini olib borishda moliyaviy ko‘mak beriladi. Undan tashqari, sport inshootlari qurilishiga bo‘lgani kabi mehnat resurslariga ham quyidagi maqsadli subsidiyalar ajratilishi mumkin: “Sport inshootlarini qurish va ta’mirlash – Yer va munitsipalitetlar xarajatlarining muhim bir bo‘limi.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliard marka sarf qilinadi”. Ma’lumki, qurilish va jihozlash ishlari hamda sport inshootlari uchun jihozlar sotib olish muhim investitsiyalarni talab qiladi, shuning uchun Germaniya va Fransiyaning kundalik amaliyotida klubni boshqarishda munitsipal sport jihozlariniularni saqlab turish va ijarada olib turishning ko‘pxarajatliligiga qaramay, bepul taqdim etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |