Sport natijalari – sportdagi son va sifat darajasini ko‘rsatkichidir.
Sportchini tasnifi – sportchini barqaror tasnifi bo‘lib, ma’lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
Tarbiya – aniq maqsad asosida shaxsda ijobiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan faoliyat.
Tarbiya vositalari – tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqa turli vazifalarni bajarish uchun belgilangan moddiy, ma’naviy, madaniy ob’ekt va predmetlar yig‘indisidir.
Tarbiya metodlari – tarbiyalanuvchini hayotini, faoliyatini, muomala va munosabatini tashkil etish, hulqi va faoliyatini tartibga solish uchun pedagogik maqsadga muvofiq ijtimoiy shartlangan usullardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |