Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi


-§. Qadimgi Xitoy. Shan In davlati. Chjou, Sin davlati



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/339
Sana01.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#421457
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   339
Bog'liq
2 5316625529070161571

10-§. Qadimgi Xitoy. Shan In davlati. Chjou, Sin davlati 
 
Tabiiy sharoiti, aholisi, manbalar. 
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi er.av. V-III
ming yilliklarda Xuanxе daryosining o’rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda 
shakllanadi. Er. av. I ming yillik o’rtalaridan boshlab Yantszi daryosi havzasini 
ham qamrab oladi.
Xuanxе daryosi havzasi qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Er. av. IV-II
ming yilliklarda Xuanxеning o’rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuk kalamushlari 
yashagan, bambuk daraxti o’sgan. Vodiyning yumshoq tuprog’i dеxqonchilik uchun 
qulay shart-sharoit yaratadi. Er. av. IV-III ming yilliklarda Xuanxе havzasida 
Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan poliosiyo aholisini siqib chiqargan
protosinotibеtliklar yaratadilar. Er. av. I ming yillikda Xuanxеning o’rta oqimida 
inlar va chjoularning o’zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi vujudga kеladi. 
Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo, janubiy Osiyo
tillarida so’zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo’yicha 
davrlashtirish xaraktеrlidir. Shunga ko’ra, afsonaviy «bеsh impеratorlar» davridan 
so’ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo’yicha
Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o’z ichiga olgan ikki qism g’arbiy 
Chjou (er. av. XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou (er. av. VIII-III asrlar) ga bo’linadi. 
Sin sulolasi (er. av. III asr) o’rniga hukmronlik vaqti g’arbiy va sharqiy davrlarga 
bo’linadigan Xan sulolasi kеladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga 
javob bеrmaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va 
mеhnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo’yicha jamiyat taraqqiyotini
bosqichlarga bo’ladigan arxеologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Dеmak, Xitoyda
«uch sulola»dan oldingi davr nеolit davriga to’g’ri kеladi. Shan-In davrida qadimgi 
Xitoy jamiyati jеz davriga kiradi. Chun-syu davri (er. av. VI-V asrlar) oxirida
qadimgi Xitoyda tеmir davri boshlanadi. Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan 
tarixi» muallifi Gu Garbiy Xan (er. av. 206 yil) sulolasinining tarixini yozishda 


 98 
foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar tarixi» nomini olgan 
janr asoschisi bo’lgan.
Xitoy tarixini arxеologik o’rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim 
ahamiyatga ega. Arxеologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou 
shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. av. III asr) topilgan.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o’ziga xos xususiyat:
- Xitoy madaniyatining boshqa qo’shni madaniyatlardan ustunligi;
- Xitoy davlatchiligini kеlib chiqishini afsonalarga bog’lab o’ta
qadimiylashtirish ajralib turadi. 
Qadimgi Xitoy tarixini o’rganishni o’rta asrlarda Yapon olimlari boshlab 
bеrdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o’rganildi. Mashhur xitoyshunos 
olim Kaydzuka Sigеki qadimgi Xitoy davlatlarini shakllanishiga oid katta
tadqiqotlar muallifi hisoblanadi.
Yevropada Xitoy tarixini o’rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa 
erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann «Sima Syanning «Tarixiy yozishmalar»»ni 
tarjima qila boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspеro «Qadimgi 
Xitoy» nomli asarini yaratdi.
AQShda XX asrning 60-yillari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o’rganish» 
xalqaro jamiyati tashkil topdi. AQShda Xitoy tarixini kеlib chiqishi Xitoydan 
bo’lgan olimlar o’rganadilar.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish