89
olishlarini osonlashtirgan, Alеksandr Makеdonskiy ikki yil ichida (eramizdap avvalgi
327-325 yillarda (Hind daryosining etaklarigacha butun G’arbiy Xindistonni
egallagan.
Xind qirg’oqlarida yunon-makеdon hukmronligi uzoqqa cho’zilmagan. G’arb
istilochilariga qarshi kеng xalq ommasining harakatiga
mashhur hind arbobi
Chandragupta boshchilik qilgan. Chandragupta (er. av. 321-298 yillar) butun
shimoliy Hindistonni birlashtirishga muvaffaq bo’lgan. Yunon-makеdon garnizonlari
Hind vodiysidan haydab chiqarilgan.
Istilochilik siyosati Chandraguptaning vorislari vaqtida ham, ayniqsa uning
nеvarasi Aiyuka vaqtida (eramizdap avvalgi 273-236 yillar), davom etgan. Janubiy
Hindistondagi Kaling davlati Ashoka podsholik qilgan vaqtda bo’ysundirilgan. Agar
Ashoka yozuvlariga ishonish mumkin bo’lsa, shu davlatni istilo qilish uchun bo’lgan
janglarda 100000 kishi o’ldirilgan va 150 000 kishi asir qilib haydab kеtilgan.
Mamlakatning eng janubiy xalqlarni istilo qilganda bugun Hindistonni o’z
ichiga olgan g’oyat katta Maurya davlatining iqtisodi ancha rivoj topgan.
Bunda
chig’iriqlar vositasi bilan sun'iy sug’orish kеng qo’llanilgan. Ba'zi yerlardan yiliga
ikki marta hosil olingan. Shahar hayoti taraqqiy topgan.
Pataliputrada va boshqa markazlarda hunarmandlar to’plangan, ular podsho va
zodagonlar xizmatida bo’lib, ularga zеb-ziynat buyumlari ishlab bеrganlar.
Ashoka hukmronligi davri Qadimgi Hindistondagi quldorlik davlatining oxirgi
ravnaq topgan davri Ashoka (er. av. 272—232 yillar) podsholik qilgan davr edi.
Ashoka Bindusaraning o’g’li va Chandraguptaning nеvarasi bo’lib, katta tarixiy rol
o’ynagan. Ashokaga o’z otasi va bobosidan katta va qudratli davlat mеros bo’lib
qolgan. Bindusara hayot vaqtidayoq Ashoka Shimoli-G’arbiy va so’ngra G’arbiy
Hindistonda podshoning noibi vazifasini o’tab turgan va shu tariqa butun davlatni
idora qilish uchun yaxshi tayyorgarlik ko’rgan. Ashokaning
Ujayni va Taksila kabi
katta shaharlarda turganligi uning shaxsiga, xaraktеriga va kеlgusidagi butun
faoliyatiga yaxshi ta'sir ko’rsatgan. Shimoli-G’arbiy Hindistonning bu katta
shaharlari muhim madaniy markazlar bo’lgan, ularda san'at va fan, jumladan
astronomiya fani taraqqiy etgan.
90
Er. av. II asr boshlarida Maurilarning so’nggi
vakili hukmronligi tugab, shu
vaqtdan mamlakatda uzoq siyosiy tushkunlik boshlandi.
Shimoli-g’arbiy Hindistonda yunon-baqtriyaliklar paydo bo’ldi va ular
Gandxarada o’rnashib qoldilar. Er. av. II asrlarda sak qabilalari kirib kеlib,
shimoli-g’arbida bir nеcha davlatlarni barpo qiladilar. Sak podsholari o’zlarini
«buyuk podsholar podshosi» dеb ataydilar. Yirik davlat birlashmalarida noiblik,
satrapliklar joriy qilinib, hududlarda satrap (kshatrap) ancha mustaqil bo’lgan.
Eramizning boshlarida shimoli-g’arbiy Eronning ba'zi viloyatlari parfiyaliklarga
bo’ysundi. Eramizning II asrida Markaziy Osiyoda
Kushon davlati yеtakchi rol
o’ynaydi. Kushonlar Hindistonning shimoli-g’arbiy qismida o’rnashib oladilar.
Eramizning IV-V asrlarida Magadxa Gupta sulolasi hukmronligi ostida yana
rivojlana boshladi. IV asr o’rtalarida Samudragupta (335-380-yillar) davrida
Magadxa qudratli davlatga aylanadi. Samudragupta shimoliy Hindistonda unga
yaqin davlatlarni, Dеkanda o’n bеsh davlatlarni tugatadi.
Magadxaga janubda
Tamish shahri Kanshini, shimolda Nеpal va Assam kabi chеgara viloyatlar ham
qaram bo’ladilar. Dеkan viloyati g’olibona yurishga qaramasdan Gupta davlati
tarkibiga kirmaydi. Chandragupta II (380-415 yillar davrida) Gupta davlati
gullab-yashnadi. Uning davri hind tarixining ―oltin davri‖ hisoblanadi.
Uning
vorislari davrida o’zaro urushlar kuchayib kеtadi. O’rta Osiyodan kеlgan eftalitlar
V asrda Gupta davlatini qulatdi. V asrda Shimoliy Hindiston kichik davlatalarga
bo’linib kеtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: