Innovatsion faoliyatning davlat tomonidan quvvatlanishi
ko'rinishlari.
Budjetdan to'g'ri moliyalashtirish
Yakka ixtirochilar va kichik tadqiqotchi
korxonalarga foizsiz Tashkilot ssudalarini berish
Yakka ixtirochilar uchun davlat patent to'lovlarini kamaytirish
Resurslami tejovchi ixtirolar bo'yicha patent
to'lovlarini muddatini uzarish
Jihozlami tezkor amortizatsiya qilish huquqi
Texnopolis va texnoparklar yaratish tarmog'ini moliyalashtirish
4.6-chizma. Ilmiy va innovatsion faoliyatning davlat tomonidan quvvatlanish ko'rinishlari.
Jahon yetakchi davlatlari ilmiy va innovatsion siyosatining maqsadlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
mamlakat iqtisodiyotining o'sishida ilm va texnika ulushini oshirish;
moddiy ishlab chiqarishda progressiv o'zgarishlarni ta'minlash;
jahon bozorida milliy mahsulotimizning raqobatbardoshligini oshirish;
mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash;
ekologik muhitni yaxshilash;
mavjud ilmiy maktablarni saqlash va rivojlantirish.
Davlat o'z siyosatining maqsadlarini aniqlash bilan bir vaqtda prinsiplar va bu siyosatni amalga oshirish mexanizmini ham ishlab chiqadi. Bu prinsiplar mamlakatda shakllangan xo'jalik tizimi va davlat institutlarining iqtisodiy faoliyatiga ta'sirining chuqurligiga bog'liqdir. Ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishining shakllangan mexanizmi chizmada keltirilgan.
Ilmiy va innovatsion faoliyatda davlat siyosatining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
ilmiy va ilmiy-texnik ijodning erkinligi;
intellektual mulkning huquqiy hisoblanishi;
ilmiy, ilmiy-texnik faoliyat va ta'lim integratsiyasi;
ilm va texnika sohasida raqobatni quvvltlash;
ilmiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarida resurslarni konsentrat- siyalash;
ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatda ishbilarmonlikni rag'batlantirish;
4.6-chizmada jahonning rivojlangan mamlakatlarida ilmiy va innovatsion faoliyatning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishning shakllari keltirilgan.
Jahon amaliyotida quvvatlash darajasi va shakllari bo'yicha quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:
faol aralashish davlat strategiyasi;
nomarkazlashgan;
aralash.
Respublikamizda xorijiy sarmoyalami jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi. Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko'zlab siyosat yurgizish; ikkinchidan, respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag'ni jalb etishni ta'minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora takomillashtirish; uchinchidan, respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan, xalq xo'jaligining zamonaviy tarkibini vujudga keltirishda ko'maklashayotgan xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan eshiklarni ochib qo'yish siyosatini izchillik bilan o'tkazish; to'rtinchidan, mablag'larni respublika mustaqilligini ta'minlaydigan va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan eng muhim ustuvor yo'nalishlarda jamlash; respublikada xorijiy imtiyozlarning keng tizimini vujudga keltirgan xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli soliq joriy etilgan.
Amaldagi imtiyozlar va rag'batlantirish omillari tizimida:
ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30 foizni tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, foyda solig'ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to'lash huquqini berish;
Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo'yicha soliqlar to'lashdan besh yil muddatga ozod etish;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismidan soliq olmaslik;
o'zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz bemalol chetga olib ketish;
O'zbekiston hududida qo'shma korxonalarning va faqat xorijiy sar moya bilan ishlaydigan korxonalarning ustav fondiga hissa qo'shish uchun mol-mulkni chetdan boj to'lovlarsiz olib kirish;
jismoniy va yuridik shaxslaming, jumladan, ajnabiylarning davlat mulkini xususiylashtirishjarayonida, shujumladan, ko'chmas mulkning keng miqyosda sotilishida bemalol ishtirok etishlarini ta'minlash;
investitsiya loyihaJarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ulami tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish ko'zda tutilgan.
O'zbekiston investitsiyalami o'zaro himoya qilish to'g'risida Germaniya, Turkiya, Misr, lndoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlyandiya, Koreya, AQSH, Fransiya kabi 20 taga yaqin davlatlar bilan bitimlar imzoladi.
O'zbekiston hukumati Kanada, Xitoy, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, Shveytsariyaning Tashkilotlari va firmalari bilan 2 mlrd. AQSH dollariga yaqin summada hukumatlararo qirqqa yaqin yirik kredit bitimi tuzdi va hozir bu bitimlarga amal qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |