Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti geografiya kafedrasi



Download 1,66 Mb.
bet39/165
Sana20.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#682402
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   165
Bog'liq
O\'quv uslubiy majmua strategik menejment 2021 T (2)

Irlandiyada gumanitar fanlar va tijorat sohasida 3 yillik, tibbiy fanlar va turli muhandislik mutaxassisliklari uchun 4 yillik, qishloq xo‘jaligi, stomatologiya, veterinariya sohalari uchun 5 yillik, tibbiyot bo‘yicha 6 yillik o‘quv dasturlarini
o‘zlashtirib bakalavrlik darajasiga ega bo‘lish mumkin. Magistraturaga bakalavr diplomi bilan kirilib, u yerdagi ta’lim muddati quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi:gumanitar fanlar va tijorat-1 yil; pedagogik fanlar-2 yil; muhandislik fanlari-1,5-2 yil ; tabiiy fanlar-(kimyo) va tibbiyot – 4-6 yil.
Gretsiyada oliy ta’lim asosan 4 yillik bo‘lib, ayrim sohalar bo‘yicha o‘qish muddati bir oz uzunroq; muhandislik va stomatoligiya – 5 yil, tibbiyot – 6 yil. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari universitet maqomida bo‘lmagan Pedagogik Alademiya deb ataladigan 4 yillik oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. O‘rta maktab o‘qituvchilari esa universitetlarda tayyorlanadi.
Shvetsiyada ham oliy o‘quv yurtlari 4 yillik, magistraturada o‘qish muddati esa 1 yil.
Shunday qilib oliy ta’limni tashkil qilishdagi Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi bir xil yondoshuv uning ko‘p bosqichliligida, ta’lim muddatlarini belgilashda, oliy ta’limga asosan yoshlarni (ba’zan kattalarni ham) jalb qilishda ko‘zga tashlanadi. Lotin Amerikasi mintaqasi bo‘yicha yoshlarni oliy ta’lim maktablariga jalb qilinishi haqidagi raqamlar e’tiborga molikdir.bu mintaqada 18-23 yoshlardagi aholining 27 foizi oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydi. Bu ko‘rsatkich Argentina va Urugvayda 44 foiz, Venesuela,Kosta-Rika, Panama, Peru, Ekvador va CHilida 25 foiz, Braziliya va Meksikada 15 foizni tashkil qiladi.
Xalqaro hamkorlik va bitimlar

O‘zbekiston ta’lim sohasida bozor islohatlarini amalga oshirib, xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi bilan integratsiya jarayonlarini aniq maqsadlarga muvofiq ravishda olib bormoqda. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan Rossiya, horijiy davlatlardan Singapur, Buyuk Britaniya, Italiya bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini amalga oshirdi. 2006 yilda Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filiali ochildi. Universitet Rossiya MDU davlat standartlari asosida psihologiya, xalqaro programmalashtirish va iqtisod yo‘nalishlarida bakalavriat ta’limi yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro standartlarga mos ravishda o‘quv dasturlarining tuzilganligi, ta’lim sifatining yuqori darajada ekanligi, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi hamda eng ilg‘or pedogogik texnologiyalar asosida olib borilishi universitet bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Universitetning zamonaviy kompyuter texnika va texnologiyalari bilan jixozlangan auditoriyalari ta’lim jarayonini samaradoriligiga ta’sir etib, ta’lim sifatini jaxon standartlariga mos ravishda boshqarilishi ta’minlanmoqda.
Yangi talim turlarini joriy etish maqsadida masofaviy ta’lim tizimiga asos solinib 28 dan ziyod fandan video maruzalar ishlab chiqilgan. 10 dan ziyod videokonferensiyalar tashkil etilmoqda.
Universitet tayanch oliy o‘quv yurti sifatida, chet elda o‘qib kelgan mutaxassislarni jalb etgan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari o‘rganilib, O‘zbekiston respublikasida tayyorlanayotgan yo`nalishlar va mutaxassisliklar standartlari, o‘quv rejalari, dasturlari bilan solishtirilib tahlil etildi va uning asosida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi, fanlar bo‘yicha dasturlar takomillashtirildi. Ortirilgan tajribalar asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda xorijda va respublikada chop etilgan o‘quv qo‘llanma, darsliklar, boshqa oliy o‘quv yurtlari olimlarining ilmiy izlanishlarining qiyosiy tahlili berildi.
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar Respublikada qabul qilingan hukumatning eng so‘nggi qarorlari, me’yoriy hujjatlari va boshqa instruktiv ma’lumotlar bilan boyitildi, adabiyotlar ro‘yxatiga 2005 yildan keyin Rossiya va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar VEB saytlar kiritildi, glosariylar boyitildi.
Xorijdagi ilg`or g`oyalarni va ta’lim usullarini yetkazish uchun universitetning xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalari faollashmoqda. Janubiy Koreya, Gollandiya, Rossiya, Avstriya, Angliya, AQSH, YAponiya davlatlarining yetakchi professorlari universitetga kelib ingliz tilida mashg`ulot o‘tishmoqda. Xalqaro Biznes, Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar fakultetlarida mashg`ulotlar ingliz tilida o‘tilishi tashkil etilgan.
Muntazam ravishda professor-o‘qituvchilar uchun pedagogik (keys) texnologiyalarni yaratish bo‘yicha seminar treninglar o‘tkaziladi. 2008 yil yanvar oyidan - mart oyigacha 55 fandan keys texnologiyalar yaratildi. Mashg‘ulotlarni interaktivligini oshirish maqsadida axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘lash bo‘yicha o‘qituvchilar va talabalar
uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.
Italiyaning Turin politexnka universiteti bilan hamkorlik

Toshkent shahridagi Turin politexnka universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yil 29 apreldagi PQ 1106-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Universitet tarkibida:

  1. Mashinasozlik texnologiyasi;

  2. Energetika;

  3. Sanoat va xo‘jalik qurilish injiniringi va arxitektura;

  4. Sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. O‘quv dasturlari universitetning

ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro standartlashtirish tashkilotining ta’lim sifatiga qo‘yilgan talablariga javob beradi. Universitet o‘quv binosi 4 qavatli binodan tashkil topgan bo‘lib, unda o‘quv auditoriyalari, fizika va kimyo lobaratoriyalari, amaliyot darslarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan
auditoriyalar mavjud. O‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallari o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari balan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning yuqori darajada bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Axborot-resurs markazi 250 o‘ringa mo‘ljallangan 2 qavali binodan iborat bo‘lib, ARMning 1-qavatida o‘quv zali, davriy matbuot nashrlari va universitet bo‘yicha ma’lumot ayirboshlovchi INFOkiosk mavjud. 2-qavat esa lokal tarmoqqa ulangan universal korporativ ARMning avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT-U) o‘rnatilgan elektron kutubxonadir. Kutubxonaning umumiy fondi 100 ming kitobdan va 40 ming ta elektron darslikdan iborat. Mutaxassislar tayyorlashda msahsus labaratoriyalarning zamon talablariga mos ravishda jixozlanganligi, talabalarning nazariy bilimlari bilan birga amaliy ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Mahsus lobaratoriyalarda mutaxassis fanlardan lobaratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi, talabalar hozirgi zamon talablariga mos texnika va texnologiyalarni va ularning ishlash prinsplarini amaliy jixatdan o‘rganib tajriba sinov darslarida ularni qo‘llaydilar.
Mahsus laboratoriya 4 qismdan iborat:

  • ichki yonuv dvigatellar bo‘limi;

  • materiallar tarkibini o‘rganish bo‘limi;

  • mexotronika;

  • robotino;

bu laboratoriyalarda mashinasozlik texnologiyasi, sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi, qurilish injiiniringi va arxitektura ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zlarining amaliy mashg‘ulotlarini o‘tadilar. Universitet tarkibida yuqori ilmiy-texnologik jixatdan jixozlangan TEXNOPARK mavjud bo‘lib, u ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar yaratish maqsadlariga xizmat qiladi.
Texnopark hozirgi kunda zamonning eng qulay va avtomatlash o‘tirilgan stanoklari bilan ta’minlangan bo‘lib, 2 qismdan iborat:

  1. Mashinasozlik texnoparki;

  2. Injenerlik sesmologiya markazidan iborat.

Amerika, G‘arbiy Evropa, Osiyo mamlakatlaridagi Oliy o‘quv muassasalarini moliyalashtirish xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida oliy ta’lim muassasasi resurslarini boshqarish – murakkab vazifa. U oliy ta’lim muassasasi aktivlari ko‘rsatkichlari va baholash tamoyillarini ishlab chiqishni, ularni inventarizatsiyalash, moddiy texnika negizini aniq tasavvur etish, oliy o‘quv yurt resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish talab etadi. Faqat davlat tashqi soliq siyosatini hisobga olib byudjetdan tashqari faoliyat yo‘nalishlari va turlari majmuini boshqarib hamda ular bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining cheklangan resurslarini samarali taqsimlab, shuningdek, rag‘batlantiruvchi ish hajmini va markazlashtirilgan fondga qayta investitsiyalash
ichki to‘lovlar miqdorini belgilab, oliy ta’lim muassasasi o‘zi tanlagan strategik rivojlanishiga muvofiq eng yuqori daromadga ega bo‘ladi.
Bu hol ta’lim darajasini oshiradi deb faraz qilinadi, chunki talabalar universitetlarga ancha yuqori talablar qo‘yadi, oliy ta’lim muassasalari esa o‘z navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratadi.
Vaholanki talabalar oliy ta’lim tizimida va keyinchalik o‘z ish haqlari oshishini kutishlari mumkin, butun bunyoda ular ta’lim xarajatlarini moliyalash adolatli va oќilona deb hisoblaydi. O‘rtacha olganda mehnatning ancha yuqori samaradorligini va umuman aholi daromadi ancha yuqori bo‘lishini ta’minlovchi mehnat resurslari ta’lim xarajatlari bir qismini xukumat moliyalashi foydasiga ishonchli dalildir. Amaldagi baxslar xukumat va talabalar (ular ota-onalari)ning adolatli nisbati xususida boradi.
Ko‘pincha G‘arb mamlakatlarida bu nisbatdagi ulush hozirgi vaqtda talabalar hisobidan moliyalashni oshirish, xukumat hisobidan kamaytirish tomon o‘zgarmoqda. Shunday qilib, talabalarni yangi tartibda byudjetdan moliyalash holati yuzaga kelmoqda, bu o‘z navbatida ta’lim xarajatlarini tobora kata qismini byudjetdan qoplashga olib keladi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish