strategiyalari.
8.2-jadval.
Portfelning kamchiliklari
|
Kirish strategiyasi
|
«daromad» ishlab chiqaruvchilarining
kamchiliklari
|
kompaniyaning etuk tarmoqlardagi xaridlari
|
«g’oliblar»ning kamchiliklari
|
-
|
«so’roq belgilari»ning yoki
«rivojlanayotgan g’oliblar»ning kamchiligi
|
paydo bulayotgan yoki usib borayotgan
soxalardagi ichki tadbirkorlik
|
Shuni ham nazarda tutish kerakki, sotib olish strategiyasi etarlicha ishlab chiqilmasa, «g’oliblar»ni yoki «daromad ishlab chiqaruvchi»larning urniga portfelda
«kuchuklar» paydo bulib qolishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bulishi mumkin:
kompaniya turli korporativ madaniyatlarni integratsiyalashga uringanda kupincha qiyinchiliklarga duch keladi;
kompaniya sinergizmning potentsial samarasiga ortiqcha baxo beradilar;
sotib olish katta xarajatlarga sabab buladi;
kompaniyalar kupincha sotib olishdan kuzlanayotgan maqsadlarni aniq tasavvur qila olmaydilar.
Yuqorida aytib utilganidek, portfelni boshqarish texnikasiga oid atamalarda yangi ichki korxonalar «suroq belgilari» sifatida ishtirok etadi. Quyidagi tipik xatolarni xisobga olish xatolar extimolini kamaytirishga imkon berishi mumkin:
kirishning kulami kichik;
yangi tadbirkorlik yomon tijoriylashtiriladi;
korporatsiya menejeri tadbirkorlik jarayonini yomon boshqaradi.
Biznes kichik yoki katta bulganda bozorga kirish xhajmi, daromad va pul oqimlari urtasidagi mutanosibliklarni quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin.
D aromadlik darajasi. Pul yo’qotishlar
Katta xajm Kichik xajm Vaqt
8.2-rasm. Biznes hajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta’siri
Biznes kichik bulganda zararlar ham kichik buladi, biroq uzoq muddatli istiqbolda katta xajmlar qaytish tezligining katta bulishiga sabab buladi.
Ba’zi xollarda kompaniyalar sotib olish strategiyasining ichki yangi tadbirkorligini afzal kuradilar, biroq ular yangi investitsiyalar zarurligidan, yangi xatarlardan xavfsiraydilar (masalan, «rivojlanayotgan g’olib»larning tug’ilish va usish bosqichlarida). Bu ularning xamkorlikda tadbirkorlik qilishlariga olib keladi va yangi loyixalarning investitsiyalari va xavfini innovatsiyalashga imkon beradi.
Ammo ushbu kirish usulining quyidagi kamchiliklari borligini ham aytib utish kerak:
investitsiyalarni va xatarlarni innovatsiyalashdan tashqari, yangi ishning etarlicha daromadli bulishi ham kafolatlanishini talab qiladi;
bunday xamkorlikka kirishayotgan kompaniyalar «nou-xau»dagi ustunlikni qo’ldan boy berib qo’yishlari ham mumkin;
xamkorlar, ayniqsa, biznes falsafalari, rejalashtirish istiqbollari, investitsiyaning ustivor yunalishlari turlicha bulganda bir-birini nazorat qilishlari lozim, aks xolda ziddiyatlar vujudga keladi.
Odatda, kompaniyada «yutqazuvchilar» yoki «suroq belgilari» kup bulsa, ba’zida esa «rivojlanayotgan g’oliblar» kup bulganda ham ketish talab qilinadi. Kompaniya bu xolda uch xil strategiyaga ega buladi:
«echintirish»;
«hosilni yig’ib olish»;
«tugatish».
«Echintirish» biznesni boshqa kompaniyaga sotishni yoki kompaniyaning ichkaridan turib boshqarilishini uz ichiga oladi. «Rivojlanayotgan g’oliblar» yoki ba’zi hollarda «suroq belgilari» oson sotiladi, «yutqazuvchilar»ni sotish esa juda qiyin kechadi.
P ul oqimlari
«xosilni yig’ib» olish strategiyasining boshlanishi
0
bozor xajmi
T ugatish
8.3-rasm. «Hosilni yig’ib olish» strategiyasining pul oqimlariga ta’siri
«Xosilni yig’ib olish» kompaniya ushbu tarmoqdan chiqayotganda pul oqimlarini oqillashtirish uchun sarmoyalarni qaytarib olishni nazarda tutadi. Ichki pul oqimlarini ko’paytirish uchun firma boshqaruvi yangi sarmoyalarni bartaraf qiladi yoki cheklaydi, foydalanish xarajatlarini cheklaydi. ITTKI xarajatlarini pasaytiradi. O’tgan omadli davrlar foydasini sarflaydi. Buning samarasi 14-rasmda keltirilgan.
Ketish strategiyasini tanlash
8.3-jadval
Urta korxonalarni tavsiflari
|
Qulay tarmoq
|
Noqulay tarmoq
|
«Rivojlanayotgan g’olib»
|
|
«Echintirish»
|
«Yutqazuvchi»
|
«xosilni yig’ib olish» /
«echintirish»
|
«xosilni yig’ib olish» yoki
tugatish
|
«Suroq belgisi»
|
«Echintirish»
|
Tugatish
|
Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari sotuvlar xajmi bo’yicha bozorni yo’qotadi, biroq pul tushumlari xajmi vaqtincha ko’payadi. Bu mablag’lar korporatsiyaning boshqa o’rta korxonalarini rivojlantirishga sarflanadi. Pul tushimlari kamaysa o’rta korxonalar faoliyati tugatiladi.
Ketish strategiyasi o’rta korxonalar ta’rifi va tarmoqda raqobatning jadalligiga qarab tanlanadi.
Nazorat savollari:
1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash qanday omillarga bog’liq ? 2.Matritsali taxlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baxolashni
tushuntiring.
3.O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi tahlili. 4.Diversifikatsiyalangan firmaning strategiyasini aniqlang.
Korporativ strategiyani ishlab chikish qanday tashqi va ichki omillarga bog’liq ?
Bozorga kirish va chiqish strategiyasi haqida tushuncha bering. 9.Tarmoqdagi ustuvor kompaniyalarga qanday firmalar kiradi? 10.Tor diversiyalangan kompaniya qanday bo’ladi?
11.Keng diversiyalangan kompaniya qanday bo’ladi? 12.Ko’ptarmoqli kompaniya qanday belgilarga ega bo’ladi? 13.Turdosh diversiyalanish qanday bo’ladi?
14.Noturdosh diversiyalanish qanday bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |