Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti geografiya kafedrasi



Download 1,66 Mb.
bet13/165
Sana20.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#682402
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165
Bog'liq
O\'quv uslubiy majmua strategik menejment 2021 T (2)

«beshta kuch» modeli
Garvard universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruhlagan:

  1. Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat.

  2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tamoqdagi xaridorlarni egallab olishga harakat qilishi.

  3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi.

  4. Xom ashyo va butlovchi qismlar etkazib beruvchilarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.

  5. Xaridorlarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.

  6. Bu tahlil firma mazkur tarmokda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay shtlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.

Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (7-chizma) U mazkur modelni asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini ta’kidlagan edi. Buning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlar vujudga keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin.
Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga tahdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o’z daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Bu omilning
raqobatchilik kuchi to’sio’larining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli dara-jada bog’liq. Bunday to’sio’larning uch asosiy manbai bor.
-xaridorlarning savdo markasiga sodio’ligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);
-xarajatlar bo’yicha mutlaq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi mavjud kompaniyalar uchun, yangi kompaniyalar erishishi qiyin bo’lgan katta ustunliklarni beradi);
-ko’lamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega bo’ladilap). U ya’ni standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta mikdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va hokazolar bilan bog’liq. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi.
Porter nazariyasi bo’yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo’lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu erda ham to’rt omilning ta’sirini ko’rsatib o’tish mumkin:
-tarmoqdagi;
-raqobat tuzilmasi;
-talabning shart-sharoitlari;
-tarmoqqa kirish to’sio’larining balandligi.

Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi




Etkazib beruvchilarning
«savdolashish» imkoniyati


Amaldagi firmalar (sotuvchilar) o’rtasidagi raqobat


Xaridorlarning
«savdolashish»


O’rinbosar mahsulotlar xavfi



3.2.chizma. M. Porterning «beshta kuch» modeli

Tarmoqdagi raqobatning tuzilmasi tarmokdagi konsolidatsiya dara-jasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoit-lari mavjudligi) bog’liq. Fragmentlangan tarmokda potentsia xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda ko’proq bo’ladi, chunki bunday tarmokdarga kirib kelish nisbatan engil.
Konsolidatsiyalangan tarmoo’larda odatda katta va musta kompa-niyalar faoliyat ko’rsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchi-lik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’-sir qiladi, natijada ular
tezda bunga javoban harakat qiladi va raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning
«narx urushi» olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday hollarda kompaniyalar sifat ustunliklari bo’yicha raqobatlashishga intiladilar ya’ni
«rakrbatchilik urushi» savdo markasiga sodio’lik va «narx urushi» exdgsholini kamay-tirish mavqelaridan olib boriladi. Bundam taktikaning muvaf- faqiyati tarmokda mahsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog’liq.
Tarmokda talabning o’sib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlar vujudga kelishiga olib keladi Talab bozor bilan birga o’sib boradi. Kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ularga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi. Aksincha, o’sishning sekinlashuvi raqobatni kuchaytirib yubo-radi, natijada, kompaniyalar sotish bozorlarini faqat boshqa kompa-niyalardan tortib olish hisobigagina qo’lga kiritishlari mumkin bo’lib qoladi. Shunday qilib, talabning kamayishi raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xavfdir.
Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish to’siqlari jiddiy xavfga ayla-nadi. Chiqish to’siqlari iqtisodiy va hissiy omillar bo’lib, ular kompaniyaning daromadi juda oz bo’lgan hollarda ham qo’llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo bo’ladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor turgan iuvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yubordilar.
Odatda chiqish to’siqlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil ishlarga ishlatib bo’lmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, uskunalarni tashlab yuborishga to’g’ri keladi;

  • chiqish qiymatining ishdan bo’shatiladigan ishchilarga to’lanadigan mablag’lar hisobiga qat’iy belgilab qo’yilganligi;

  • xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi strategik o’zaro munosabatlar, masalan, senergizm yoki ular o’rtasidagi integratsiya;

-tarmoqqa iqtisodiy bog’lio’lik; masalan, agar kompaniya diversiyalanmagan bo’lsa, u tarmokda qolishga majbur bo’ladi.
Tarmoqdagi firmaga ta’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning tsikli mobaynida o’zgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal suratlar bilan o’sishi raqobat kuchlarini zaiflashtirib qo’yadi. Bu bosqichda ekspansiya va bozor sohalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. O’sish sekinlashgan paytda raqobat-ning va ayniqsa napx raqobatining xavfi kuchayib ketadi. Etuklik bosqichida raqobat xavfi kamayadi, narx raqobatini narx peshqa-damlarining kelishuvi hisobiga cheklash imkoniyati vujudga keladi. Shuning uchun bu bosqichda daromadlar nisbatan yuqori bo’ladi. Bu bos-qichda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat katta rol o’ynashi
mumkin bo’lib, u mahsulotlarni tabaqalash ustunliklaridan foydalanadigan kompaniyalar uchun juda muhimdir. Tanazzul bosqichida vaziyat o’zgaradi Chiqish to’sio’lari yuqori bo’lsa, raqobat juda kuchayadi, daromad kamayadi va narx urushi xavfi vujudga keladi.
Porterning «uchinchi kuchi» xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga tazyiq ko’rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o’sishiga va daromadning ortishiga yo’l qo’yadilar. Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchli bo’ladi:

  • etkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, xaridorlar kam bo’lganda;

  • xaridorlar tovarlarni katta mikdorda sotib olganda;

-tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan holda xaridorlarga kuchli darajada bog’liq bo’lganda;

  • xaridorlar bir necha etkazib beruvchi tarmoo’lar ichidan eng past iklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu trmokda narx raqobatini kuchaypiradi);

  • xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar soting olishni pdtsy jihatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va hokazo.

To’rtinchi raqobat kuchi - etkazib beruvchilarning tazyiq ko’rsatishidir. Bu tazyiq natijasida etkazib beruvchilar narxlarni kutarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni etkazib berilayotgan lot mikdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif etkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga bulgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi hollarda etkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan tazyiq ayniqsa, kuchli bo’ladi:

  • etkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bulib, u kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda;

  • tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi firmalar uchun bo’lmaganda;

  • etkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati yuqoriligi tus kompaniyalarning boshqa mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda;

-etkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;
-sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.
Beshinchi raqobatchi kuch - tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini to’liq oladigan mahsulotlarning mavjudligi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniya narxlarini hamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu dalildan foydalana olishi lozim.
Tarmokdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: Shafqatsiz raqobat.
Jadal raqobat. Me’yordagi raqobat.
Jalb qiluvchi zaif raqobat.
Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish quvva-tiga, ayrim hollarda kattagina resurslarga ham ega bo’lish mumkin. Bunday firmalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lishi quyida omil-larga bog’liq:
bozorga kirish borasidagi to’sio’lar;
bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi;
ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi {bunday ustunli bozorda ishlayotgan katta hajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi firma esa bozorga birdaniga katta hajm bilan chiqolmaydi);
texnologiya va nou-xau ga erishish imkoniyatining yo’o’ligi;
«o’qitish tajriba» egri chizig’ining samarasi; xaridorlarning ma’lum tovar markalariga moyilligi;

  • korxona hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlarning teng emasliga;

  • sotish kanallariga kira olish;

-nazorat qiluvchi organlarning harakatlari (litsenziya| ruxsatnomalar);

  • tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi| qonunchilik, mahalliy firmalarning majburiy ishtiroki).

      1. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.

Bozordagi vaziyat tez-tez o’zgarib turadi, chunki bozorda" ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar
«raqobatni harakatlantiruvchi kuchlar», deb ataladi. Bu kuchlarni taxlil qilish ikki bosqichdan iborat:
1.Harakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash. 2.Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.
Bozorda eng ko’p uchraydigan harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish;

  • iste’molchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi;

  • yangi mahsulotlarni joriy qilish;

-texnologik o’zgarishlar;

  • marketing tizimidagi o’zgarishlar;

  • -yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi;

-nou-xau ning tarqalish darajasi;

  • tarmoqlar keng qamrovliligining o’sishi;

  • unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi;

-xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi;
-davlat qonunchiliga va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri;

  • ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi;

-noanio’lik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi.


      1. Download 1,66 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish