Umumiy o’rta ta’lim maktablari fizika kursida „Kondensatorning elektr sig’imi“ mavzusida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan bir soatlik dars ishlanmasi
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga magnit maydoni, magnit maydonni tavsiflovchi asosiy kattaliklar haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda hamdo’stlik, mehnatsevarlik tuyg’ularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Darsning turi: noan’anaviy.
Darsda qo’llaniladigan metod: “savol-javob”, “Venn diagrammasi” usuli.
Darsning jihozlanishi: darslik, tarqatmalar.
Darsning rejasi
T/r
|
Darsning qismlari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuning bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash
|
2 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) sinf holati bilan tanishish va davomat aniqlash; c) siyosiy daqiqa – yangiliklarni so’rash.
2. Takrorlash.
O’tgan mavzu savol-javob asosida yodga olinadi
1. Tok manbai deganda nimani tushunasiz?
2. Tok manbalari necha xil usulda ulanadi?
3. Tok manbaini ketma-ket va parallel ulashni tushuntiring?
O’quvchilar savollarga qanchalik darajada javob berishlariga qarab o’qituvchi yangi mavzuni tushuntirishda nimalarga ko’proq e’tibor berishi kerakligini bilib oladi.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Elektr sigʻimi — oʻtkazgichning elektr zaryad toʻplash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik. Miqsor jihatidan yakkalangan oʻtkazgichning potensialini bir birlikka oʻzgartirish uchun zarur zaryad miqdoriga teng . Amalda kondensatorlarni parallel, ketma-ket yoki aralash ulash yoʻli bilan zarur Elektr sigʻimi olinadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, agar o’tkazgichlar o’zaro yaqinlashtirilsa, ularning umumiy sig’imi keskin ortadi. Agar o’tkazgichlar orasiga dielektrik muhit kiritilsa, o’tkazgichlar sistemasining sig’imi yanada ortadi. Bu prinsip o’tkazgichlardan kondensator yasashda ishlatiladi
Elektr sig’imi tushunchasini aniqlab olish uchun quyidagi tajribaga murojaat qilamiz. Buning uchun elektrometr sterjenigakovak metall shar o’rnatiladi va elektrometrning korpusi yerga ulanadi. Elektrofor mashinada zaryadlar hosil qilinib, uning konduktoriga sinash sharchasini izolatsiyalangan dastasidan ushlagan holda tekkizib olinadi, so’ngra bu zaryadlangan sharchani shar o’rnatilgan elektrometrga tekkiziladi.
Sinash sharchasini zaryadlab, sharga bir necha marta ketma-ket tekkizganimizda, elektrometrga o’rnatilgan shardagi zaryad ko’payadi. Bu shardagi zaryad ko’paygan sari sharning potensiali ham proporsional ravishda ortib borishini elektrometr strelkasining og’ishidan ko’ramiz.
Agar xuddi shunday tajribani birorta boshqa o’tkazgichda ham bajarib ko’rilsa, zaryad bilan o’tkazgichning potensiali orasida yuqoridagidek bog’lanish borligini ko’rish mumkin. Bu tajribalardan ko’rinadiki, yakkalangan o’tkazgichning potensiali o’tkazgichning zaryadiga to’g’ri proporsional ravishda o’zgarar ekan:
Bundan
Bunda C — proporsionallik koeffitsiyenti; u tashqi sharoitlarga, o’tkazgichning o’lchamlari va shakliga bog’liq bo’lgan fizik kattalik bo’lib, o’tkazgichning elektr sig’imi yoki sig’imi deyiladi. Demak, o’tkazgichning potensialini bir birlikka o’zgartirish uchun kerak bo’lgan elektr miqdoriga son jihatidan teng bo’lgan kattalik elektr sig’imi deyiladi.
Kondensator deb, qoplamalari deb ataladigan bir-biriga cheksiz yaqin joylashtirilgan va dielektrik muhit bilan ajratilgan o’tkazgichlar sistemasiga aytiladi.
Ikkita o’tkazgichdan iborat bo’lgan tizimning elektr sig’imi bitta o’tkazgachning sig’imidan juda katta bo’ladi. Bir-biridan dielektrik bilan ajratilgan ikkita o’tkazgichdan iborat bo’lgan har qanday tizim kondensatorlar deyiladi. Kondensator yakkalangan o’tkazgichlardan asosiy farqi shundaki, uni o’lchamlari juda kichik bo’lsa ham, sig’imi juda katta bo’ladi.
Kondensatorni hosil qilgan o’tkazgichlar kondensatorning qoplamalari deyiladi.
Qoplamalari ikkita parallel yasi tekislikdan iborat bo’lgan kondensatorga deyiladi. Yassi kondensatorning elektr sig’imi, kondensator qoplamlaridan biridagi zaryad miqtorining qoplamlari orasidagi potensiallar ayirmasiga nisbati bilan aniqlanadi :
Do'stlaringiz bilan baham: |