Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti “5110100-matematika o’qitish metodikasi”



Download 67,7 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi67,7 Kb.
#247249
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Doribayev Doston Xasanboy o`g`li

3-§. Galaktikalarning sniflanishi

Galaktikamizdan tashqi astoronomiya shakllanishi, XX asrning 20-yillarida yulduz turkumlarida proyeksiyalangan ayrim tumanliklar, Galaktikamizdan (boshqacha aytganda Quyoshni o'z ichiga olgan yulduzlar sistemasidan) tashqarida yotuvchi, biznikiga o'xshash tashqi galaktikalar ekanligi aniqlanishi bilan boshlandi.

Ulkan galaktikalardan biri - Andromeda yulduz turkumida proyeksiyalanib ko'rinadi va shu yulduz turkumining nomi bilan Andromeda galaktikasi (ba’zan Andromeda tumanligi) deb yuritiladi. Andromeda tumanligi bizdan 2 million yorug'lik yiliga teng masofada yotadi. Havo tiniq bo'lgan tog'li rayonlarda tunda uni oddiy ko'z bilan ko'rsa ham bo'ladi. U, Andromeda yulduz turkumida yorug' tuman dog' shaklida ko'rinadi.

Spiral galaktikalar koinotda keng tarqalgan bo'lib, bizga qo'shni boshqa shunday galaktika M -51 nomi bilan mashhur. Ungacha masofa 1,8 million yorug'lik yilini tashkil qiladi. Osmonning Janubiy yarim sharida joylashgan noto'g'ri formadagi bizga qo'shni galaktikalar Katta va Kichik Magellan bulutlari deb nom olgan.

Tashqi Galaktikalar o ‘z o ‘lchamlariga ko‘ra turlicha kattaliklarda uchrab, eng yiriklari milliardlab, mittilari esa bir necha millionlab yulduzni o‘z ichiga oladi. Gigant galaktikalarning o'lchamlari 50 ming parsekkacha (ya’ni diametri 150 ming yorug'lik yiligacha) borgani holda, eng kichiklari bir necha 100 parsekdan ortmaydi.

Hozirgi zamonning quvvatli teleskop-lari yordamida rasmga tushirilgan galaktikalar soni bir necha milliardni tashkil etadi. Biroq ulardan bir qismigina kataloglardan joy olib, tuzilishi o ‘rga-nilgan va statistik tahlil etilgan, xolos. Galaktikalar haqidagi ma’lumotlami o'z ichiga olgan kataloglardan biri B.A.Vorontsov-Velyaminov rahbarligida tuzilgan 4 tomlik «Galaktikalarning morfologik katalogi» bo'lib, u yulduz kattaligi 10,1 dan ravshan 30000 ga yaqin galaktikani o'z ichiga oladi. Galaktikalami tashqi ko'rinishlariga ko'ra ba’zi o'xshash tomonlarini inobatga olib, bir necha tipga ajratish mumkin. Birinchi bo'lib 1925-yilda astronom E.Habbl (AQSH) galaktikalarning tashqi ko'rinishiga ko'ra quyidagi uchta sinfga bo'lishni taklif etdi: elliptik (E), spiral (S) va noto'g'ri (Ir).

Elliptik galaktikalar, tashqi ko'rinishi ellips yoxud doira ko'rinishga ega bo'lgan galaktikalardir. Bunday galaktikalar uchun xarakterli xususiyatlardan biri, ularning ravshanligi markazidan chetga tomon bir tekis pasayib boradi. Ular ichida ajralgan biron bir struktura elementi kuzatilmaydi.

Spiral galaktikalar juda keng tarqalgan, kuzatiladigan galaktikalarning qariyb yarmi shu xildagi galaktikalardan hisoblanadi. Boshqa galaktikalardan farq qilib, ularning strukturasi aniq spiral yenglardan iborat. Andromeda va Bizning Galaktikamiz spiral galaktikalarning tipik vakillaridan hisoblanadi. Spiral galaktikalar ham ikkiga boiinadi. Ularnig biri, bizning Galaktikamizga o ‘xshashlari S (yoki Sa) bilan belgilanib, spiral struktura markaziy quyulma-yadrodan boshlanadi. SB deb belgilanuvchi ikkinchi xilida esa spiral shahobchalar, yadro o‘rnida diametr bo'ylab cho'zilgan k priksimon strukturaning uchlaridan boshlanadi. Spiral galaktikalar, yenglarining rivojlanish darajasiga ko‘ra, yana qo'shimcha Sa, Sb, Sc, Sd (yoki S Ba, S Bb, S Bs, S Bd) sinflarga bo'linadi.

Spiral va elliptik galaktikalar oralig'idagi (strukturaga ko'ra) galaktikalar linzasimon galaktikalar (SO) tipini tashkil qiladi.

Noto‘g‘ri galaktikalarda yadro bor-yo'qligi bilinmaydi. Shuningdek, ular aylanma simmetriyali strukturaga ega emas. Bunday galaktikalarga misol qilib Katta Magellan bulutini (KMB), Kichik Magellan Bulutini (KichMB) (158-rasm) (ular Somon yo'li atrofida kuzatiladi) keltirish mumkin. Noto'g'ri galaktikalarga pekulyar galaktikalar ham kiradi. Bunday galaktikalar uchun umumiy ko'rinish strukturasi mavjud bo'lmay, ularning har biri o'zicha noyob ko'rinishga ega.

Galaktikadan tashqi tumanliklar spektri, yulduzlar spektrini eslatib, yutilish chiziqlaridan tashkil topadi. Ular tarkibiga ko‘ra A, F va G sinflariga kiruvchi yulduzlar spektridan faqat ayrim gaz-tumanliklari spektrlarida uchraydigan emission chiziqlari bilan farq qiladi. Bundan kuzatilayotgan tumanliklar, yulduzlar sistemasi va diffuz materiyadan tashkil topganligi ayon bo'ladi.

Noto'g'ri galaktikalar spektri A va F spektral sinflarga, spiral galaktikalarniki F va G sinflarga va nihoyat, elliptik galaktikalarniki G va К sinflarga kiruvchi yulduzlar spektrini eslatadi. Bu spiral va noto'g'ri galaktikalarda boshlang'ich spektral sinflarga kiruvchi qaynoq va yosh yulduzlar ko'pligidan, elliptik galaktikalar esa, nisbatan yoshi o'tgan keyingi spektral sinflarga mansub yulduzlarga boyligidan darak beradi.

Galaktikaning rangiga qarab ham unda ko'pchilikni tashkil etgan yulduzlarning spektral sinflari haqida xulosa qilish mumkin. Galaktikalar yoki ular qismlarining rang ko'rsatkichlari ham yulduzlarning rang ko'rsatgichlarini aniqlash metodi asosida topiladi.

Xulosa

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev qaroriga asosan mamlakatimizda umumta’lim maktablarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash boshlandi va shuningdek,ko’plab yangi maktablar qurildi. Hozirgi kunda maktablarda o’quvchilarni bilim olishlari uchun yaxshi sharoitlar yaratib berildi.Ularni bilim olishlari uchun zamonaviy texnologiyalar,multimediayali dasturlar orqali ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha ishlar olib borildi.Buning natijasida o’quvchilar bilimlarni o’zlashtirishda yangi multimediyali dasturlarni ishlatishni o’rganishmoqda bu esa o’z navbatida bilim olishni sifatini va tezligini oshirishi shubhasiz.

Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o‘zlashtirish, ta’sir etishning yangi yo‘llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir.Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o‘zaro ta’siri natijasida shaxsda tadqiqotchilik va jadal ijodiy harakterli faoliyat yo‘li boshlanadi.O‘quv jarayonining texnologik shakl modeli va uning amaliy tadbiqi yangilik xususiyatiga ega bo‘lib, an’anaviy ta’limni qayta shakllantiradi. “Pedagogik texnologiya” so‘z birikmasi asosida “Texnologiya”, “Texnologik jarayon” tushunchasi yotadi. Bu tushuncha orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma – ketligi haqidagi hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi.Pedagogik texnologiyada asosiy yo‘l aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti – harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olish kerak.Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo‘yish usuli, o‘qitish maqsadlari o‘quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan hamda o‘lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Maqsadlar o‘qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsatish, aytib berish va hokazo atamalar orqali qo‘yiladi. O‘quvchining harakatlarida ifodalanadigan vazifalar esa ta’limining natijalarda ifodalanadi. Natija, talabaning tugallangan xatti –harakatini ifodalovchi keltirib chiqaring, sanab o‘ting, so‘zlab bering, tanlang, ko‘rsatib bering, hisoblang kabi atamalar ifodalanishi kerak.Shunday qilib, an’anaviy o‘quv jarayonlarida asosiy omil – bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o‘ringa o‘qish jarayonidagi o‘quvchilarning faoliyati qo‘yiladi.

Zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalangan holda kvadrat tenglamalarni o’quvchilarga o’rgatish ta;lim sifatiga o’zining ijobiy samarasini ko’rsatmoqda.Shuningdek,davlat rahbarimiz tashabbuslari bilan har bir maktab internet tarmog’iga ulash bo’yicha ishlar olib borilmoqda.Bu esa yaqin kelajakda chekka-chekka maktablarda ham ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarga bilim berish imkoniyatini yaratib beradi.




Download 67,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish