Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti “5110100-matematika o’qitish metodikasi”



Download 67,7 Kb.
bet4/7
Sana31.12.2021
Hajmi67,7 Kb.
#247249
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Doribayev Doston Xasanboy o`g`li

Kurs ishining metodlari. Kurs ishida matematik analiz, hisoblash matematikasi va kompyuter tizimlaridan foydalanilgan.

Kurs ishining hajmi va tuzilishi. Mazkur kurs ishi mundarija, 3 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

1-§. Axborot texnologiyalar asosida zamonaviy o`qitish

Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

Axborotlar oqimining ortib borishi va ta'lim metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o‘quv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi:


  • differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi;

  • teskari aloqa bog‘lashi: o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi;

  • darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanilishi;

  • o‘quvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o‘z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda ta'limga bo‘lgan qiziqishni va bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o‘stirishga, uni qo‘ya bilishni o‘rgatishdan iborat.

Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo‘lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy islohotlar qilishni o‘z ichiga oluvchi jarayon bo‘lib, u ta'limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi.

Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi:

manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash;

jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir.

Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

• yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish;

• ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo‘llash;

• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;

• zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.

Axborot ta'lim muhiti (ATM) – bu o‘rganuvchi, o‘rgatuvchi (o‘qituvchi) va axborot texnologiyalari vositalari o‘rtasidagi o‘quv axborotli xatti – harakatlar jarayoni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beruvchi shart – sharoitlari majmuasi hamda muayyan o‘quv kursi bo‘yicha predmetli mazmuni muhiti komponentlari (kompyuterga ulashuvchi turli xil o‘quv, namoyish qiluvchi jihozlar, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv ko‘rgazmali va boshqalar) jamlangan sharoitda o‘rganuvchining (o‘rgatuvchining ham) faol bilish faoliyatini shakllantirish jarayonidir.

ATM ning maqsadi: shaxsning ijodiy tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirish asosida ta'lum oluvchilarga bilimlarni mustaqil egallash va ularni sifatli o‘zlashtirish uchun shart – sharoit yaratish hamda o‘qitish natijalarini tahlil qilishni avtomatlashtirishni ta'minlash58.O‘qitishning elektron vositalari. O‘qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zaro ta'siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi59.Darsni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish o‘qituvchi va ta'lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.

Xususan, boshlang‘ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida o‘qitish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

O‘qituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;

yaqqol tasvirlar natijasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi;

O‘quvchilarning ish tartibini tez o‘zlashtirishini ta'minlaydi;

Fanga oid nazariy ma'lumotlar ko‘rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko‘rinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada talabalarda ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi;

O‘quvchining ekranda sodir bo‘layotgan voqea, hodisalarni tahlil etish va sintez qilishi juda muhim ahamiyatga ega. Analiz va sintez o‘quvchining bilish jarayonini tezlatadi. Analiz – sintez murakkab ob'ektlarni oddiy elementlarga, muhim va nomuhimlarga, voqea va hodisalarni turkumlarga ajratish shartlaridan biridir. Tahlil etishdan asosiy maqsad qism (element) larni butun (shakl, jism) ning unsurlari sifatida bilish, ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, namoyish qilinayotgan material qanchalik sodda, tushunarli bo‘lmasin, hayot bilan uzviy bog‘lab tushuntirilmasa, materialni esda saqlab qolish va o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga xizmat qilmasligi mumkin.

Ma'lumki, kompyuter axborotlarni kiritish, to‘plash va ular ustida turli xil arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish xamda ularni taxlil etish uchun mo’ljallangan.

Axborot oqimlari bilan ishlash.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo‘shilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida rivojlanish ketayotganligi uchun axborotlar almashuvi masalasi tug‘ildi.

Insoniyat jamiyati ba'zi bir murakkab masalalarni yechish, odamlarni ma'lum bir jamoaga to‘plashni talab etadi. Bu maqsadda mukammalroq tizimlar inson muloqotining o‘rnini bosa olmaydi, lekin axborot texnologiyalari ular ishtirokining samarasini oshirishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi.

Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma'lumotlarni ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarda bilimlarga barqaror qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo‘r berish o‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi.

Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanadilar. Chunki kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo‘r berishdan xalos qiladi.

Axborot, uni olish vositalari va o‘qitish dasturlariga boy. Bunday o‘quv muhitida o‘qituvchining roli qanday?

Birinchidan, an'anaviy o‘qitishdagi o‘qituvchining bilim berish vazifasi o‘rniga o‘quv jarayonini boshqarish, o‘quv dasturlarining barcha bosqichlarida o‘quvchiga maslahat berish, uning bilimi sifatini nazorat qilish vazifasi yuzaga keladi.

Ikkinchidan, tarbiyalash vazifasi. Ta'lim bu - professional va shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi murakkab va ko‘p qirrali jarayon. Shaxsni tarbiyalash jarayonidagi «jonli» muloqot insoniyat jamiyatining mavjudligi asosidir.

Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogning asosiy vazifalari.

Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan – yangi vazifalarni yuklamoqda. Ushbu tarmoqni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo‘lib, talimda axborot texnalogiyalarini qo‘llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:

- axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;

- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;

- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;

- sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari;

- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari;

- o‘quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo‘llay olish;

- universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni;

- axborotni modellashtirish asoslari;

- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi;

- global internet kompyuter tarmog‘idan foydalanish;

- o‘quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo‘llash;

- o‘quv jarayonida elektron pochtadan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

- diskka yozilishi mo‘ljallangan o‘quv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab chiqish.

- mustaqil ishlash, o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to‘plamini ishlab chiqish.

- bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o‘tkazish.

- materialni chuqur o‘rganish uchun manbalar ro‘yxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqish.

- telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular ro‘yxatini tayyorlash.

- o‘quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash.

- o‘qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha taklif berish.

- nazorat ishlarini o‘tkazish.

Ta'kidlash joizki, ta'lim va tarbiya elektron resurslar pedagoglar imkoniyatlarini oshiruvchi vosita bo‘lib xizmat kiladi, lekin ular pedagog o‘rnini bosa olmasligi tabiiy.

Kompyuter va kishilarning birgalikdagi faoliyatida kishilar ehtiyoji o‘z aksini topadi. Bunda ushbu jarayonning boshqaruvchisi bo‘lgan pedagog ta'lim oluvchi maqsadlarini ma'lum bir asosda yo‘naltirib boradi. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro‘y beradi.

Bu jarayon esa ta'lim oluvchi va kompyuter o‘rtasida o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi o‘z vazifalarining bir qismini kompyuter zimmasiga yuklaydi, ammo, boshqaruvchilik rolini o‘zida saqlab qoladi. “Teskari aloqa” turlarini ham belgilab boradi. Ya'ni kompyuterda natijalarning qayd qilib borilishi, nazoratlarning olib borilishi va shu asosda o‘quvchilarning bilimini nazorat qilib borishi kabilar.

Texnologiyalar takomillashib borgani sari o‘qituvchining roli ta'lim jarayonini boshqarish bo‘lib qoladi. Lekin bu holat o‘qituvchining ta'limdagi o‘rnini hech kamaytirmaydi va uni chetga surib chiqarmaydi. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi vazifasini tubdan o‘zgartiradi. An'anaviy ta'limda o‘qituvchining vazifasi axborot berish (mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash va h.k.) bo‘lsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanganda bu vazifalarni kompyuter bajaradi (o‘quv materiali kompyuter xotirasiga yoki SD disklarga kiritilgan bo‘ladi), o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchining anglash faoliyatini boshqarish, o‘quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish bo‘ladi.

Axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan darslarning o‘ziga xosliklari mavjud va quyidagilardan iborat:

- o‘quv materiallari alohida – alohida bo‘laklarga (bloklarga) bo‘linadi.;

- o‘quv jarayoni ham ketma –ket olib boriladi. O‘quv materiali ma'lum bo‘laklarda fikr yuritib o‘zlashtirishga moslashtiriladi;

- o‘quvchining o‘zlashtirishdagi har bir harakati nazoratga olinib, monitoring yo‘lga qo‘yiladi.

- o‘quv – vazifani bajarib bo‘lishi bilan o‘quvchini o‘zlashtirish uchun navbatdagi vazifa berib boriladi. Shu tariqa bosqichma – bosqich o‘zlashtirishga muhit yaratilib boriladi.

- vazifalarni bajarishda o‘quvchi noto‘g‘ri javob qilsa, o‘sha zahotiyoq yordam ko‘rsatiladi.

- bunday tashkil etilgan darslarda har bir o‘quvchi alohida – alohida mustaqil ish yuritadi, shu asosda har bir o‘quvchi o‘z imkoniyat darajasida o‘quv materiali va mazmunini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

- masalaning yana bir jihati shundaki, berilgan mavzu materiali mazmuni, bajariladigan natijalar o‘quvchiga ham, o‘qituvchiga ham ayon bo‘ladi. Ta'lim jarayoniga kompyuter texnikasining kirib kelishi ta'lim mazmunini yanada boyitdi. Xususan, “Masofaviy ta'lim”, “Media ta'lim”, “Internet forum” va boshqalar. Bunda eng asosiy e'tibor ta'lim oluvchilarning mustaqil ta'lim olishlariga qaratiladi. Ushbu jarayonda esa o‘quvchilarning ta'limga bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv – biluv motivlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida darslarning sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi:

o‘quv dasturining sifatli shakllantirilganligi;

kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari;

shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan o‘zlashtirib olish malakalarining shakllanishi

Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak:

ta'lim oluvchilarda o‘quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi,

Kompyuter bilan o‘zaro muloqot jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichi;

O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;

Erishilgan yutuq va natijalarini o‘zini – o‘zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi;

Nazorat bosqichi;

O‘zini – o‘zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko‘ra o‘quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.

Ta'limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tashkil etilgan darslardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.

Uning o‘quv-tarbiyaviy jihatlari:

- o‘qituvchi o‘quvchi bilimining hajmi va to‘g‘riligini emas, balki anglanganlik darajasini hisobga oladi;

- hozirjavobligi va bilimni amaliyotga tatbiq qila olish darajasini tekshirish;

- o‘quvchi javoblariga uning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatib taqriz berish;

- ayrim o‘quvchilarning bilimini tekshirishda butun sinfning faol ishtiroki.

- kompyuter vositalarini qo‘llashning yana bir muhim jihati jamoaviy tadqiqot xarakgeriga ega bo‘lgan innovatsion metodlardan foydalanishdir. Bu metodlar o‘quvchining mustaqil ijodiy faoliyatida muammolar yechimini izlash va mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Kompyuter o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qilish bilan birga, o‘quv jarayonining bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Bunda ma'lumotlarni saqlash uchun uning xotirasi va qayta ishlash uchun multimedia vositalari bor. Shu bilan birga, turli ma'lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyati mavjud. Shu sababli o‘quvchi tarmoq orqali istagan ma'lumotini olishi mumkin.

O‘quv materiallarining gipermatnli strukturaga ega ekanligi jadal o‘qitishga imkon yaratadi.

Axborot texnalogiyalari, kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.

Shuning uchun ham axborot texnologiyalari, kompyuter asosida darslarda qiziqish, o‘zini-o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.




Download 67,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish