Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti “5110100-matematika o’qitish metodikasi”



Download 67,7 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi67,7 Kb.
#247249
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Doribayev Doston Xasanboy o`g`li

2-§. Bizning Galaktika

Oysiz yulduzlar charaqlagan tunlarida butun osmon bo'ylab cho'zilgan Somon Yo'lini ko'rmaganlar bo'lmasa kerak. Somon Yo'liga teleskop bilan qaralsa, u g'ij-g'ij yulduzlardan tashkil topganini ko'rish mumkin. Ana shu yulduzlarnig barchasi (ular 150 mlrd. ga yaqin) birgalikda Bizning Galaktikamizni tashkil qiladi.

Galaktikamizning shakli, qo'polroq qilib aytganda, ikkita tarelkani og'zini-og'ziga qaratib bir-birining ustiga qo'ygandagi ko'rinishga juda o'xshab ketadi. U asosan yulduzlardan, qisman gaz chang tumanliklar, kosmik nurlardan tashkil topgan. Galaktikamizda alohida yulduzlardan tashqari talay yulduzlarning to'dalari ham mavjud. Bunday to'dalar tarqoq va sharsimon ko'rinishda bo'lib, Hulkar va Giadlar deb ataluvchi mashhur sochma va Gerkules yulduz turkumida proyeksiyalanuvchi sharsimon ko'rinishga ega. Shuningdek, Galaktikamizda katta miqdorda siyrak gazlar va chang zarralaridan tashkil topgan diffuz va gaz-chang tumanliklar ham mavjud.

Bizning Galaktikamizning diametri 100 ming yorug'lik yiliga teng bo'lib, uning markazidan taxminan 30 000 yorug'lik yili masofada Quyosh sistemasi joylashgan. Galaktikamizning bizga eng yaqin joylashgan yulduzigacha masofa 4,3 yorug'lik yiliga, bizdan eng uzoq qismlarigacha masofa salkam 80 ming yorug'lik yiligacha boradi.

Galaktikamiz strukturasi elementlari bilan oldingi paragraflarda tanishgan ma’lumotlarimizni umumlashtirsak, u markaziy quyulmadan, spekralyenglardan yoki shoxobchalardan va disk kabi tashkiliy qismlardan iborat ekanligi ayon bo'ladi. Galaktikamizning markaziy quyulmasi Qavs yulduz turkumiga proyeksiyalanib, u bu yo'nalishdagi mavjud qora-nur o'tkazmaydigan gaz-chang moddadan tashkil topgan noshaffof materiya tufayli bizga ko'rinmaydi. Infraqizil nurlarda uni kuzatganda, markaziy quyilmaning burchak o'lchami 28°xl8° atrofida bo'lib, taxminan 4,8x3,1 kpk chiziqli o'lchamga mos keladi.

Galaktikamiz sinfiga ko'ra spiral galaktika bo'lib, u S6-sinfga mos keladi. Uning markazida o'lchami 10 pk atrofidagi o'lchamga ega bo'lgan sharsimon to'daga o'xshash tez aylanuvchi obyekt kuzatiladi. Aftidan u, quyuq gaz-chang materiya bilan o'ralgan hamda ultrabinafsha va ko'zga ko'rinadigan nurlarni kuchli yutadigan o'ta zich yulduzlar to'dasidir. Shuningdek, u tabiati jihatidan bizga hozircha butunlay nom a’lum obyekt bo'lishi ham ehtim oldan xoli emas. G alaktika markazidan 3 kpk masofada radio astronomik metod yordamida, markazdan chetga tomon 50 km/s tezlik bilan kengayayotgan vodorod yengi topilgan.

Galaktikamizning Quyosh joy olgan qismi atrofidan bir necha spiral yen glar topilgan bo'lib, ular bo'ylab yosh yulduzlarning to'dalari, yulduzlararo gaz-chang materiya joylashgan

Orion yulduz turkumida joylashgan qaynoq yulduzlar «Orion yengi» deb ataluvchi yengni hosil qilib, uning bir chetida Quyosh joylashgan. Bundan tashqari Galaktikamizda yana ikki yirik yeng Qavs yengi (Galaktika markazi tomonda) va Persey yengi (Galaktika markazidan qarama-qarshi tomonda)ning mavjudligi aniqlangan.

Yulduzlargacha masofalarni bilish ularning fazodagi taqsimotini aniqlashga, binobarin, Galaktika sktrukturasini o'rganishga imkon beradi. Galaktikaning turli qismlarida yulduzlar sonini xarakterlash uchun yulduzlar zichligi tushunchasi kiritiladi. Yulduzlar zichligi 1 kub parsek hajmdagi yulduzlarning sonini xarakterlaydi. Hisob-kitoblar Quyosh atrofidagi zonada yulduzlarning zichligi 0,12 ekanligini ma’lum qildi.

Osmonning turli qismlarida yulduzlar zichligini aniqlash uchun har bir kvadrat gradusdagi yulduzlar sonini hisoblash zarur bo'ladi. Bunday hisoblashlar Somon Yo'liga yaqinlashgan sayin yulduzlar konsentratsiyasi keskin ortib borishini ko'rsatdi. Bu hoi Galaktikamiz o'qi bo'ylab siqilgan ko'rinishda bo'lib, Somon Yo'li uning o'qidan eng katta radiusli qismiga to'g'ri kelishini va Quyosh (aniqrog'i Quyosh sistemasi) aynan shu simmetriya tekisligi yaqinida yotishini bildiradi.

Galaktikamiz strukturasiga tegishli boshqa bir muhim xulosaga, uning m a’lum bir sohasida barcha yulduzlar hisobini birdaniga emas, balki yulduzlar sonini har bir yulduz kattaligigacha alohida-alohida, ya’ni dastlab ko'rinma yulduz kattaligini mk yulduzgacha bo'lgan Nk yulduzlar sonini, so'ngra mk+t kattalikkacha bo'lgan NM yulduzlar sonini va hokazo hisoblash orqali erishish mumkin.

Galaktika (yun. Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 mlrd.dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. G.da yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy koʻrinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, oʻlchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxminan 30 ming parsek (pk); 1 pk=206264,8 astronomik birlik (a.b.)=3,2615 yorugʻlik yili (yo.y.)=30,8561015 m; umumiy massasi taxminan 2–1041 kg (10y ta Quyosh massasiga teng). Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10"21 kg/m3. G.ning oʻzbek tilidagi nomi Somon yoʻli, chunki qadimdan yulduzlar maʼlum bir tekislikka (G. ek-vatoriga) nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan boʻlib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan toʻkilib borgan somondan hosil boʻlgan yoʻlga, yunonlar esa yerga toʻkilgan sutga oʻxshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit Somon yoʻli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi boʻlib G. Galiley isbotladi (1610). Ingliz astronomi V. Gershel 18-asrda G.ni izchil oʻrgana boshladi. Keyinchalik uni jahondagi koʻp olimlar oʻrganishdi va G.ning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. Oʻzbekistonda G.ga doir masalalar asosan Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida va Oʻzbekiston Milliy unti astronomiya kafedrasida oʻrganiladi.

G. massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yoʻli markazi G. oʻzagida boʻlib, G. uning atrofida differensial tarzda aylanish xususiyatiga ega. G. aylanish oʻqi Somon yoʻli tekisligiga perpendikulyar boʻlib, uning shim. qugbi Veronika sochlari yulduz turkumi yoʻnalishida, jan. qutbi esa Hay-kaltarosh yulduz turkumida joylashgan. G. oʻzagidan Quyoshgacha boʻlgan masofa 32,6 ming yo. y.=30,85610"m ga teng . Quyosh sistemasi Somon yoʻli markazi atrofida 250 km/sek tezlik bilan hara-kat qilib, 230 mln. yil ichida bir marta toʻla aylanib chikddi. Quyosh sistemasi G.ning ekvatorial tekisligidan atigi 66,22–1013 km ga teng masofada yotadi. Bu masofa G.miz oʻrtacha qalinligidan taxminan 150 marta kichik.

G.ning optik diapazonda koʻrinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u choʻzinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri boʻyicha joylashgan asosiy massa Somon yoʻlini tashkil qiladi. G. tuzilishiga doyr tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. G.mizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gamma-nurlar manbalari topildi. G. tarkibi, massasi va b. parametrlari boʻyicha u turlicha alohida komponentlar — oʻzak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematik jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2 marta kichik. Yulduzlarning fizik harakteristikalari nuqtai nazaridan va tarkibi jihatidan esa G. asosan ikkita tashkil etuvchi toʻplamlarga boʻlinadi. I tur yulduz toʻplamiga eng yosh, qaynoq yudduzlar, oʻta gigantlar, uzun davrli sefeidalar, yangi va oʻta yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon toʻdalari kiradi. Bu toʻplam obʼyektlari faqat Somon yoʻlida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida . joylashib, G.ning boshqa joylarida, xususan, oʻzak yoki galo kismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism obʼyektlari ham deyiladi. I tur toʻplamidagi yudduzlar Somon yoʻli tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning G. spiral galaktika-lar sinfiga kiradi. II tur yulduz toʻplamiga qisqa davrli sefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon toʻdalari kiradi. Ular, asosan, G.ning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu toʻplamdagi yulduzlarning G. simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur toʻplamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi G.miz kelib chiqishi va evolyutsiyasi bilan bogʻliq. II tur obʼyektlari bor yerda I tur toʻplamidan birorta obʼyekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur obʼyektlari tekislik tashkil etuvchi qismida koʻrinmaydi. Ushbu dalil G.miz sferik shakldagi gazeimon ulkan bulutning gravitatsion sikilishi natijasida paydo boʻlganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini koʻrsatadi.

G. markazi Qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U koʻproq changdan iborat qalin qatlam bilan oʻralgan. G. markazining yorqinligi 1042 erg/s. Oʻzak, asosan, qizil gigantlar, quyi spektralsinflarning mitti yudduzlaridan iborat. G.miz oʻzagi va Somon yoʻli qismi bir qarashda tinch, sokin boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va joʻshqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab toʻqnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora oʻralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi.

Galaktika yulduzlar, yulduz qoldiqlari, yulduzlararo gaz-chang va qora moddadan iborat katta, gravitatsiya bilan bogʻlangan tizimdir. „Galaktika“ soʻzi yunoncha galaksias (grekcha: γαλαξίας) dan olingan boʻlib, „sutli“, degan maʼnoni bildiradi (Somon Yoʻlining toʻkilgan sutga oʻxshashidan). Galaktikalar turli xil: yulduzlari soni 10 milliondan (107) oshmaydigan mitti galaktikalardan to yuzlab trillion (1014) yulduzlarga ega bahaybat galaktikalargacha maʼlum.

Galaktikalarda turli miqdorda yulduz tizimlari, klasterlari va yulduzlararo bulut topiladi. Ushbu jismlar orasida siyrak gaz-chang va kosmik nurlar boʻladi. Qora modda aksariyat galaktikalarning massasining 90 %ini tashkil etishi taxmin qilinadi. Kuzatuvlar shuningdek deyarli barcha galaktikalar markazida oʻta katta qora tuynuklar borligidan dalolat bermoqda. Somon Yoʻli markazida kamida bitta shunday jism mavjud.

Galaktikalar tarixan ularning shakliga binoan turkumlarga ajratilgan. Keng tarqalgan shakl elliptik galaktikadir, uning profili ellipsni eslatadi. Spiral galaktikalar esa spiralsimon disk shaklidadir. Noaniq yoki gʻayrioddiy shakllilar notoʻgʻri galaktika deyiladi, bunday shaklga ular qoʻshni galaktikalar taʼsiri tufayli kelgan.

Kuzatiladigan olamda 170 milliarddan (1,7 × 1011) ortiq galaktika mavjud. Aksariyat galaktikalar diametri 1 000 - 100 000[7] parsek va bir-biridan millionlab parsek (megaparsek) uzoqlida joylashgan. Galaktikalararo fazo juda siyrak gazdan (~1 atom/m3) iborat. Koʻpchilik galaktikalar galaktika guruhlariga yigʻilgan, ular esa oʻz navbatida superklasterlarga toʻplangan. Eng katta miqyosda galaktikalar iplarga jamlangan va nihoyatda keng boʻshliq bilan oʻralgandir.


Download 67,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish