II. O‘quv jarayonini takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlarini joriy etish
5.
|
Universitet o‘quv-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish.
|
1. Universitetda o‘qitilayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish, asosiy bo‘lmagan fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish hamda mustaqil ta’lim salmog‘ini oshirish.
|
2022-yil 1-sentabr
|
-
|
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Toshkent davlat pedagogika universiteti
(A. Kirgizbayev)
|
2. Ta’lim yo‘nalishlari xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirish.
|
2022-yil 1-sentabr
|
3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar iste’molchilari talablari va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish.
|
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
|
6.
|
Universitet faoliyatini akademik mustaqillik tamoyili asosida tashkil etish.
|
1. Malaka talabalari, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini kasbiy standartlar asosida qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash.
3. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun o‘qish davomiyligi muddatlarini belgilash.
4. Doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo‘shimcha ravishda talabgorlarni qabul qilish.
5. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar hamda kasbiy malakalar berish tizimini joriy qilish.
6. O‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan ichki akademik mobillikni amalga oshirish.
7. Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish.
8. Ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish.
|
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab
|
-
|
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Toshkent davlat pedagogika universiteti
(A. Kirgizbayev)
|
7.
|
Universitetning iqtidorli talabalarini maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qitish.
|
1. Universitetda ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan (barcha fanlardan yaxshi va a’lo o‘z�ashtirishga erishgan) talabalar o‘rtasida, tashqi baholovchilarni jalb qilgan holda, tanlov o‘tkazish.
2. Tanlov natijalari bo‘yicha maqsadli tayyorlov dasturi asosida o‘qitiladigan talabalarni saralab olish.
3. Ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida tayyorlangan maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qishga tanlab olingan talabalarga oshirilgan miqdorda stipendiya tayinlash, ularni istiqbolli kadrlar “Oltin zaxirasi”ga nomzod sifatida hisobga olish va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishga jalb qilish.
4. Maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan o‘qishni bitirganlaridan so‘ng majburiy taqsimot asosida kamida besh yil ishlab berish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirish.
5. Maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga maxsus sertifikat berish.
|
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab
|
Xalq ta’limi vazirligi hamda Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Xalq ta’limi vazirligi
|