Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Download 225,44 Kb.
bet1/9
Sana30.05.2023
Hajmi225,44 Kb.
#945968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, universitet faoliyatiga ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy qilish hamda zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 — 2026-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) xalqaro talablarga muvofiq transformatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq ta’limi vaziri zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ixtisoslik kafedralariga kamida 15 nafar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
b) 2023-yil 1-sentabrga qadar xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Universitetda kamida 3 ta qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish;
v) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Universitet faoliyatida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to‘liq joriy etish;
Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritish;
g) 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Universitetning Times Higher Education yoki Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentliklarining sohaviy, mintaqaviy yoxud tematik reytinglariga kirishini ta’minlash;
vakolatli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;
Universitet boshqaruv tizimini ISO:21001 (Educational organizations — Management systems for educational organizations) talablari asosida tashkil etish;
d) mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash.
4. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitetga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son va 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorlarida belgilangan akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Universitet faoliyati davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan hamda xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari va grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Belgilansinki, 2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) qabul jarayonlari ikki bosqichda, jumladan birinchi bosqichda — dastlabki imtihon shaklida, ikkinchi bosqichda — kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bunda:
dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;
dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;
kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.
6. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) hamda Davlat test markazi (M. Karimov):
2024-yil 1-yanvarga qadar Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlarini ikki bosqichda o‘tkazish tartibini pedagog kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalariga ham tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. Universitet tuzilmasida Universitet, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Milliy-tadqiqot instituti), Respublika ta’lim markazi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining malakali mutaxassislaridan iborat bo‘lgan Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limi tashkil qilinsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Universitet ta’lim dasturlarining maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari bilan uyg‘unligini ta’minlash;
Universitet talabalarini ta’lim muassasalari faoliyati, shuningdek, pedagog kasbining xususiyatlari bilan tanishtirish;
talabalarning pedagogik kasbga bo‘lgan munosabatlarini va ularni pedagogik faoliyatga motivatsiya qilish usullarini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish;
Universitetda ta’lim olish jozibadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bitiruvchilarning o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishdagi amaliyotni tashkil etish borasida fikr-mulohazalarini o‘rganish;
Universitet faoliyatini xalqaro talablarga muvofiq takomillashtirish, uning xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytinglariga kirishi borasidagi mavjud muammolarni tadqiq qilish va natijalari yuzasidan takliflar kiritish;
ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Universitetning kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritish.
8. Belgilansinki:
Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limi xodimlari tarkibi har bir tashkilotning vakillaridan shakllantiriladi;
Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limi boshlig‘i o‘z lavozimiga Universitet rektori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi;
Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limi xodimlari bo‘limdagi faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limi xodimlari bo‘limdagi faoliyati davomida ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda asosiy mehnat faoliyatidan ozod qilinadi;
Universitetga o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limi xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirishga ruxsat etiladi.
Universitet (A. Kirgizbayev) ikki oy muddatda Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limi faoliyatini lozim darajada tashkil etish maqsadida bo‘lim uchun zarur mebel, inventar, kompyuter va aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) bir oy muddatda Pedagogik ta’lim va amaliyot bo‘limida faoliyat yuritish uchun malakali mutaxassislarni belgilangan tartibda safarbar etsin.
9. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Universitet va Milliy-tadqiqot institutining quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishini ta’minlasin:
xalq ta’limi tizimini takomillashtirish, pedagogik ta’lim nazariyasi va ishlab chiqarish amaliyoti integratsiyasini kuchaytirish, pedagoglarni tayyorlash va ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashning dolzarb masalalari bo‘yicha birgalikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
Universitet professor-o‘qituvchilarini xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslariga, Milliy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlarini Universitetning bakalavriat va magistraturasida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga jalb qilish;
Universitet va Milliy-tadqiqot institutining malakali mutaxassislarini doktorant, mustaqil tadqiqotchi va magistratura talabalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun jalb qilish;
hamkorlikda ilmiy konferensiya, seminar va treninglarni, shuningdek, doktorlik dissertatsiyalari muhokamalarini tashkil qilish;
xodimlar, tinglovchilar va talabalar uchun Universitet va Milliy-tadqiqot institutining axborot-resurs markazlari va kutubxonalari manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
talabalar va tinglovchilar uchun darslik, o‘quv hamda metodik qo‘llanmalar yaratish.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoniga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga:
2022-yil 1-dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikatini berish tizimini;
2023-yil 1-avgustga qadar ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish vazifalari yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Milliy-tadqiqot instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
a) Markaz tomonidan quyidagilar tashkil etiladi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktori lavozimiga nomzodlarni maxsus dasturlar asosida o‘qitish, ularning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasidan kelib chiqib, talabgorlarga menejerlik sertifikatini (keyingi o‘rinlarda — menejerlik sertifikati) berish;
pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash hamda baholash natijasidan kelib chiqib, talabgorlarga umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi milliy sertifikatni (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim fanlar bo‘yicha sertifikat) berish;
b) Markaz faoliyati Milliy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
v) Markaz Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6B-uy manzilida joylashgan binoning bir qismida joylashtiriladi;
g) menejerlik sertifikati va umumta’lim fanlar bo‘yicha sertifikatni berish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi va ushbu mablag‘lar Milliy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
11. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tashkil etilsin.
Belgilansinki:
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining metodistlari shtat birliklarining bir qismini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi;
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyati Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ta’lim markazi) tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlarining rahbarlarini ishga qabul qilish Respublika ta’lim markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari xodimlarining malakasini doimiy oshirib borish, ularni ko‘rsatma materiallari bilan ta’minlash vazifasi Respublika ta’lim markazi zimmasiga yuklatiladi;
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari metodistlarining bazaviy tarif stavkasi miqdori umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oliy toifali o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasiga, bo‘lim boshliqlariniki esa — umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oliy toifali o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdorining 1,1 baravariga tenglashtiriladi;
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tomonidan Respublika ta’lim markazining maxsus dasturi, shuningdek, ishlab chiqilgan yangi maktab darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
12. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) 2023-yil 1-martga qadar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning Global Teaching InSights loyihasi tajribasidan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ilg‘or o‘qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
14. Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Download 225,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish