III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash
17.
|
Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish.
|
1. Tegishli ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura qabul kvotasini Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga umumiy qabul kvotasi doirasida Universitetning ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari umumiy sonidan kamida 60 foiz miqdorida belgilash.
|
2023-yil 1-sentabrdan boshlab
|
Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lari,
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov),
Toshkent davlat pedagogika universiteti
(A. Kirgizbayev)
|
2. Universitet tomonidan respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
|
Doimiy
|
3. Professor-o‘qituvchilar uchun Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro ma’lumotlar bazalarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib borish.
|
Doimiy
|
4. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
|
Doimiy
|
18.
|
Universitetda olib borilayotgan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning natijadorligini oshirish, ilmiy ishlanmalar transferini samarali tashkil etish.
|
1. Amaliy va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolariga yo‘naltirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.
2. Pedagogik ta’limning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish.
3. Ilmiy ishlanmalar hamda innovatsiyalar transferini joriy etish va ularni tijoratlashtirish uchun sharoitla? yaratish.
|
2022 — 2026-yillar davomida
|
Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lari
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Toshkent davlat pedagogika universiteti
(A. Kirgizbayev)
|
19.
|
Universitetda o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil qilish.
|
1. Laboratoriyalar joylashadigan xonalarni xalqaro standartlarga mos asbob-uskunalar bilan jihozlash.
|
2023-yil 1-avgust
|
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylik xayriyalari
|
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Toshkent davlat pedagogika universiteti
(A. Kirgizbayev)
|
2. Hududiy muammolar bankini yaratish va laboratoriyalarda olib borilayotgan tadqiqotlarni mazkur muammolar yechimiga yo‘naltirish.
|
2023-yil 1-sentabr
|
20.
|
Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim oluvchilarning akademik almashinuvini rivojlantirish.
|
1. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonini hamkor mamlakat tili yoki ingliz tilida tashkil etish.
|
Kelishuvga muvofiq
|
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
Toshkent davlat pedagogika universiteti
(A. Kirgizbayev)
|
2. Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim oluvchilarning akademik almashinuvini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish.
|
2023-yil 1-yanvar
|
3. Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim oluvchilarning akademik almashinuvini tashkil etish.
|
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab
|
|